Qarori 2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 379.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana28.03.2023
Hajmi379.56 Kb.
#1303577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
781-сон 14.12.2020. 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.12.2020 yildagi 781-son
Кучга кириш санаси
14.12.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
2020 — 2025-YILLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH VA QO‘LLAB-
QUVVATLASH MILLIY DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan
tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili”da amalga oshirishga oid 
Davlat dasturi 
ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi
qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy
dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 
1-ilovaga 
muvofiq;
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy
dasturini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 
2-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan
kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish,
bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlash;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini
yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini
rivojlantirish;
kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni
yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish;
kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish, infratuzilmani
yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning
elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va
elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;
aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi
kadrlar salohiyatini oshirish;
xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va
tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni
kengaytirish.
3. Belgilansinki, Dastur quyidagilarni nazarda tutuvchi uch bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — 2020-2021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha
tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ikkinchi bosqich — 2022-2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
uchinchi bosqich — 2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal
rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.
4. Quyidagilar Dastur ijrosini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
mas’ul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari),
grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153/0266-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish bo‘yicha keyingi
Қўшимча ахборот

Улашиш

Download 379.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling