5-bob. Dasturni qo‘llab-quvvatlash va mablag‘ bilan ta’minlash
Dastur quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
mas’ul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari),
grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bobning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153/0266-son)
6-bob. Kutilayotgan natijalar
Dasturning amalga oshirilishi kelgusida quyidagi natijalarga olib kelishi kutilmoqda:
aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular orasida
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlangan davlatlar bilan
taqqoslanadigan darajaga ko‘tarish hamda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal
rivojlantirishga, ularning madaniy savodxonligi o‘sishi orqali inson kapitali sifatini yaxshilashga
erishiladi;
kitobxonlikni ommalashtirish, infratuzilma va o‘quv tizimi, kitobxonlik bilan bog‘liq
muammolarni ilmiy-metodik o‘rganish tizimi yaratiladi;
kitobxonlikni rivojlantirish, infratuzilma, shuningdek, muassasalar va boshqaruv tizimi
o‘rtasida tegishli ijtimoiy-madaniy makonni tartibga solishni ta’minlaydigan samarali axborot
almashish tizimi yaratiladi;
kitobxonlik madaniyati rivojlangan va faol rivojlanayotgan mamlakatlar bilan
taqqoslanadigan darajaga ko‘tariladi;
aholining o‘qiyotgan, faol o‘qiyotgan kitobxonlar ulushining doimiy monitoringi yo‘lga
qo‘yiladi;
kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadigan fuqarolar
ulushi ortadi;
kutubxonalar faoliyati takomillashtiriladi;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish muammolari ilmiy o‘rganiladi va targ‘ib qilish
usullari ishlab chiqiladi;
kitobxonlikni
rivojlantirish
borasida
amalga
oshirilayotgan
chora-tadbirlar
samaradorligini baholash tizimi yaratiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |