3-bob. Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan
kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash;
noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, sog‘lom raqobatga
asoslangan bosma va elektron kitoblar bozorini rivojlantirish;
joylarga, ta’lim muassasalariga maqbul narxlarda yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish
tizimini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish;
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini
yuksaltirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish;
kitob savdosini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilovchi mezonlarni soddalashtirishga
qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaratish;
axborot manbalarini (kitoblar, gazetalar, jurnallar, qog‘oz va elektron hujjatlar ommaviy
axborot vositalarini) tarqatish tizimini takomillashtirish;
yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan manzilli chora-
tadbirlarni belgilash, maktabgacha ta’lim, maktab, professional ta’lim, oliy ta’lim va korxonalar,
tashkilotlar, muassasalarda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlarni ishlab
chiqish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha moddiy-texnik bazani (kutubxonalar
holati, kitoblar bilan ta’minlash, sohalar bo‘yicha kitoblarni ko‘paytirish) takomillashtirish;
viloyat, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari fondlarini hududda chop
etiladigan barcha bosma nashrlarning (kitob, jurnal, gazeta va boshqa nashrlarning) majburiy
bosma va elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
o‘quvchilarning kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini turli sotsiologik so‘rovlar orqali
o‘rganish, natijalarni e’lon qilish orqali ijodkorlar va nashriyotlar faoliyatiga ko‘maklashish;
kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;
kitob ishlab chiqaruvchi infratuzilmani rivojlantirish va ularning zamonaviy ijtimoiy
ehtiyojlarga muvofiqligini ta’minlash;
aholining kitob mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda qulaylik yaratish
maqsadida mualliflik huquqlarini buzmagan holda elektron kitoblar yaratish tizimini
takomillashtirish;
mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yaratish va tizimli
ravishda yangilab borish;
xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va
tarqatish tizimini joriy qilish;
bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
respublikaning chekka hududlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda chop
etilgan kitoblarni raqamlashtirish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |