1-bob. Dasturning maqsadlari, vazifalari va asosiy tamoyillari
Dasturning maqsadi — kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar, noshirlar va
kitob tarqatuvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini izchil va samarali tashkil etish orqali
faol kitobxonlar safini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini
oshirishdan iborat.
Dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
kitobxonlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning tarmoqlararo ilmiy-metodik
asoslarini ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish;
kitobxonlik sohasidagi infratuzilmani (kutubxonalar, axborot-resurs markazlari, kitob
do‘konlarini) rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va
mualliflarni rag‘batlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish;
noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona va kitob savdosi tashkilotlarining samarali faoliyati
uchun qulay sharoitlarni ta’minlash hamda ularga imtiyoz, preferensiyalar berishning iqtisodiy
asoslarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalar adabiyoti, brayl alifbosiga
asoslangan adabiyotlar chop etilishi, elektron va audio kitoblar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash;
respublika bo‘ylab kitoblarni tarqatish va xorijiy mamlakatlar bilan kitob almashish
uchun shart-sharoitlar yaratish, turli mulkchilik shakllaridagi kitoblarni sotish tarmoqlarini
rivojlantirish;
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash
to‘g‘risida
1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik
madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash MILLIY DASTURI
1-bob. Dasturning maqsadlari,
Do'stlaringiz bilan baham: |