Qarori davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarining pensiya tayinlash vaqtida


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana23.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1717219
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
592-сон 13.10.2022

Patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarining pensiya tayinlash vaqtida
mehnat staji bir yarim baravar ko‘paytiriladigan tibbiyot xodimlari ayrim toifalarining
RO‘YXATI
Ishlar nomi
Lavozimlar nomi


I. Respublika, viloyat va shaharlar patologoanatomiya byurolarining umumiy, bolalar va yuqumli kasalliklar patologiyasi bo‘limlari,
shahar, tuman, tumanlararo va markazlashtirilgan bo‘limlar
Murdani patologoanatomik yorish hamda operatsiyalar va biopsiyalar paytida
olib tashlangan murda materialini, organlar va to‘qimalarni gistologik tadqiq
qilish
Patologoanatom vrachlar
Murdani patologoanatomik yorishda ishtirok etish, namuna uchun olingan
materiallarga va murdaga ishlov berish
O‘rta va kichik tibbiyot xodimlari
II. Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosining tuman, tumanlararo va shahar bo‘limlari
Murdani va murda materialini sud-tibbiyot maqsadlarida yorib ko‘rish va tadqiq
qilish
Sud-tibbiyot ekspertizasi vrachlari
Murdani sud-tibbiyot maqsadlarida yorishda ishtirok etish va murda materialiga
ishlov berish
O‘rta va kichik tibbiyot xodimlari, vrach-laborant
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash
tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
4-ILOVA
Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan ish
stajini hisoblash
TARTIBI
1. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatini
hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
1.1. Samolyotlarda uchishlarning har 20 soati (mazkur bandning
1.2

1.3
,
1.4-kichik bandlarida 
nazarda
tutilgan ishlar va uchishlardan tashqari) — belgilangan xizmat muddatining bir oyiga o‘tadi.
1.2. Vertolyotlarda, maxsus qo‘llaniladigan aviatsiyadagi (sanitariya parvozlari, aviakimyo ishlari,
aerofotos’yomkalar, patrullik qilish, atmosferani tekshirish va ishlarning boshqa turlari), chet el havo kemalarini
kuzatib boruvchi guruh tarkibidagi lavozimlarda (boshlovchi sifatida), komandirlik-uchuvchi va instruktorlik
tarkibidagi lavozimlarda, shu jumladan, aviatsiyaning uchuvchilar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish
oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida uchishlarning har 12 soati — belgilangan xizmat muddatining bir oyiga o‘tadi.
1.3. Avariya-qutqaruv (qidiruv-qutqaruv) havo kemalari ekipaji tarkibida bir yil ishlash — belgilangan xizmat
muddatining bir yarim yiliga o‘tadi.
1.4. “Vatanparvar” o‘quv va sport aviatsiyasi tashkilotlarining uchuvchilar tarkibidagi lavozimlarda bir yil
ishlash, tayyorgarlikning o‘quv-uchish rejasini bajargan taqdirda — belgilangan xizmat muddatining bir yarim
yiliga, murakkab va oliy pilotaj elementlarini bajargan taqdirda esa — 2 yiliga o‘tadi.
1.5. Yoshi tufayli imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beradigan parashyutchilar (barcha nomlardagi),
qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchi-desantchilar (barcha nomlardagi), avia o‘t o‘chirish xizmati instruktorlari, parashyut
(parashyutchi-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv) bo‘linmalari rahbarlari, parashyutchi-desant guruhlarining shtatdagi
va shtatdan tashqari xodimlari sifatida bir yil ishlash, porshenli samolyotlardan, vertolyotlardan, dirijabllardan va
aerostatlardan sakrashning, balandligi 10 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda vertolyotdan osilib turib, maxsus
tushish va ko‘tarilish moslamalarida ish bajarishning yillik normalari bajarilgan taqdirda — belgilangan xizmat
muddatining bir yarim yiliga, reaktiv samolyotlar va vertolyotlardan sakrashning yillik normasi bajarilganda esa
— 2 yiliga o‘tadi.
1.6.
1.4
va 
1.5-kichik bandlarda 
nazarda tutilganlarga muvofiq belgilangan xizmat muddatlarini imtiyozli
hisobga olish huquqini beruvchi shartlar bajarilmagan taqdirda bir yil xizmat — belgilangan xizmat muddatining
bir yiliga o‘tadi.
2. 
1.1
va 
1.2-kichik bandlarga 
muvofiq belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash uchuvchilar tarkibi
lavozimlaridagi barcha parvoz etgan davrdagi haqiqiy uchgan soatlarni tegishli ravishda 20 va 12 soatlarga bo‘lish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Belgilangan xizmat muddatining yillik hisobi belgilangan xizmat muddatining to‘liq
oylar sonini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
3. Yil davomida 
1.1 — 1.5-kichik bandlarda 
ko‘rsatilgan turli ishlar bajarilgan taqdirda xizmat muddatlari har
bir ishda mutanosib ravishda uchish soatlarining qancha davom etganligi (band bo‘lganlik)ga qarab hisoblanadi.
4. Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatini
hisoblashda quyidagilar hisobga olinadi:
4.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son
 qarori 
bilan tasdiqlangan
1-ro‘yxatning III qismi 2-bandining 1-kichik bandida (keyingi o‘rinlarda — 1-ro‘yxat) ko‘rsatilgan lavozimlarda bir yil
ishlash — sinov uchishlari mazkur yil davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, ikki yilga o‘tadi.
4.2. 1-ro‘yxatning III qismi 2-bandining 2-kichik bandida ko‘rsatilgan lavozimlarda bir yil ishlab, yiliga 120 va
undan ortiq soat uchilgan bo‘lsa — ikki yilga, 50 soatdan 120 soatgacha uchilgan bo‘lsa — bir yarim yilga, 50
soatdan kam bo‘lganda — bir yilga o‘tadi. Ko‘rsatib o‘tilgan uchishlarning kamida 50 foizi manyovrli aviatsiya
kemalarida va vertolyotlarda bajarilgan bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati shu tariqa hisoblanadi.
4.3. 1-ro‘yxatning III qismi 2-bandining 3-kichik bandida ko‘rsatilgan lavozimlarda bir yil ishlash, uchish
soatlarining belgilangan normalari bajarilgan taqdirda, ikki yilga o‘tadi.
5. Agar sinovchi-uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodim bir yil davomida sinov uchishlarida ishtirok etmagan
bo‘lsa, ammo boshqa turdagi (transport aviatsiyasida, uchishga tayyorgarlik tartibida va hokazo) uchishlarda
ishtirok etgan bo‘lsa, belgilangan xizmat muddati fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tarkibiga kiruvchilarga pensiya
tayinlash uchun belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.
6. Sinovchi-uchuvchilar tarkibidagi xodimda yil davomida uchish soatlari umuman bo‘lmasa, mazkur yil
belgilangan xizmat muddatiga kirmaydi. Biroq ushbu yil umumiy mehnat stajiga qo‘shiladi.


Uchishlarda ishtirok etmaslik sinov parvozlarini bajarishdagi mehnat shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa,
belgilangan xizmat muddati haqiqiy uchish davri bo‘yicha hisobga olinadi.
7. Quyidagilar uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilarning belgilangan xizmat muddatiga kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchuvchilar tarkibi lavozimlaridagi xizmat vaqtlari,
aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilar va uchuvchilar tarkibida bo‘lgan lavozimlarda ishlash davri — pensiya
tayinlashda tegishli ravishda harbiy xizmatchilar, aviatsiyaning sinovchi-uchuvchilari tarkibiga va uchuvchilar
tarkibiga kiruvchilar uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
1992-yilning 1-yanvaridan boshlab chet ellarda xorijiy aviatsiya uchuvchilari tarkibidagi lavozimlarda ishlash
vaqti — bunda xizmat muddati Pensiya jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta
badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, uchish ishlarining turiga qarab
ushbu Tartibning
 1-bandida 
belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi;
uchuvchilar tarkibidagi xodimlar uchun — aviatsiya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish vaqti (haqiqiy o‘qish
vaqti bo‘yicha) — agar o‘qishga kirishdan oldin uchish lavozimlarida ishlagan bo‘lsa.
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash
tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
5-ILOVA

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling