Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida
-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari
Download 84.34 Kb.
|
331 карор
5-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari
23. To‘garak a’zolari, ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), tashabbuskorlar va pedagog xodimlar Maktab ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi. To‘garak a’zolari: Maktabda ixtiyoriy ravishda maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ta’lim olish; qiziqishlariga ko‘ra to‘garak turini tanlash; bir necha to‘garaklarda qatnashish, yil davomida qiziqish va istaklariga qarab bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lsa boshqa to‘garaklarga o‘tish; Maktabning jamoatchilik organlarini saylashda ishtirok etish va ularga saylanish; Maktabning ish faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar kiritish huquqiga ega. 24. To‘garak a’zolari: qonunchilik hujjatlariga rioya qilishga; Maktabning moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab-avaylashga; Maktab ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur. 25. Ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar): o‘z farzandlari uchun to‘garak turini tanlash; Maktab ma’muriyatidan uning ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlarni yaratishni talab qilish; bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish; Maktabni jamoatchilik asosida boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega. 26. Ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar): farzandining jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilishga; bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga; farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalashga; farzandiga to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga; ota-ona to‘lovlarini belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lab borishga majbur. 27. Maktabning pedagog xodimlari: o‘z kasbiy obro‘si va qadr-qimmatini himoya qilish; Maktab faoliyatini boshqarishda ishtirok etish; Maktab ma’muriyatiga Maktabning va to‘garaklar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish; kasb faoliyati uchun sharoitlar bilan ta’minlanish, malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, ta’lim shakli, uslubi va vositalarini tanlash huquqiga ega. 28. Maktabning pedagog xodimlari: maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv qo‘llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga; pedagog axloq-odobiga qat’iy rioya qilishga; o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish vositalarini yaratishda faol qatnashishga; bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, ona Vataniga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga; belgilangan tartibda va muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishga; o‘zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va o‘z ustida muntazam ishlashga; o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga; o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va tashabbuskorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga majbur. Download 84.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling