Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 1.2 Mb.
bet20/27
Sana14.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1196803
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
731 30.12.2022

3-bob. Yakuniy qoidalar
28. Ushbu me’yorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilishda, unga Markazning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘quvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
29. Shtatlar jadvaliga boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning kiritilishining to‘g‘riligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu ta’lim muassasa rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
30. Shtatlar jadvalini tuzishda kalendar yilning 1-yanvar holatidagi ro‘yxatida mavjud bo‘lgan o‘quvchilar soni hisobga olinadi hamda o‘quvchilar soni o‘zgarishiga ko‘ra o‘quv yilining 1-sentabr holati bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga
7-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash me’yorlari va tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) direktorlari, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda — direktor o‘rinbosarlari), trenerlari, shuningdek, tibbiyot bo‘limi xodimlari, katta instruktor-metodist, instruktor-metodistlar va sport psixologlari (keyingi o‘rinlarda — markazning ayrim xodimlari) mehnatiga haq to‘lash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Markazning:
direktor, direktor o‘rinbosarlari, professional ta’lim bo‘g‘ini fan o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari ish haqi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga, umumiy o‘rta ta’limning tayanch ta’limi bo‘g‘ini fan o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori hamda “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
direktor, direktor o‘rinbosarlari, harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari va kutubxonachining bazaviy tarif stavkalari professional ta’lim muassasalarining tegishli xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi;
tibbiyot bo‘limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq belgilanadi;
trenerlar, instruktor-metodist, sport psixologlarining bazaviy tarif stavkasi miqdorlari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
boshqa toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Direktor, direktor o‘rinbosarlari, trenerlar hamda Markazning ayrim xodimlarining ish haqi bazaviy tarif stavkasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomda belgilangan me’yorlar asosida ustama va qo‘shimchalardan tashkil topadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq davlat sport ta’lim muassasalarida paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorida qo‘llaniladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling