Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Markaz xodimlariga ustamalar belgilash
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaz o‘quvchi-sportchilarining sportdagi natijalari
- Direktorga Direktor o‘rinbosarlari, katta instruktor-metodist, instruktor-metodistlarga
2-bob. Markaz xodimlariga ustamalar belgilash
5. Direktor, direktor o‘rinbosarlari, trenerlar va Markazning ayrim xodimlari mehnatiga ustamalar olimpiya, paralimpiya, milliy va boshqa sport turlaridan (keyingi o‘rinlarda — sport turlari) yuqori sport natijalariga erishgan o‘quvchi-sportchiga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
6. Direktor, direktor o‘rinbosarlari, Markazning ayrim xodimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasiga qo‘shimcha Markaz o‘quvchi-sportchilari tomonidan erishilgan sport natijalarini hisoblagan holda 300 foizgacha har oylik ustama haq belgilanadi. 7. O‘quvchi-sportchi bir vaqtning o‘zida turli sport natijalariga erishgan taqdirda, unga nisbatan foiz belgilashda eng yuqori daraja hisobga olinadi. 8. Mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan direktor, direktor o‘rinbosarlari, trenerlar va Markaz ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lashdagi har oylik ustamalar direktor huzuridagi kollegial organ hisoblangan Trenerlar kengashining qaroriga asosan direktorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 9. Lavozimga tayinlangan yoki ishga qabul qilinganda ustama haq belgilanadigan direktor, direktor o‘rinbosarlari, trenerlar va Markaz ayrim xodimlarining o‘quvchi-sportchilarni tayyorlashda hissasi bo‘lmagan taqdirda, birinchi moliya yili uchun terma jamoaning asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan o‘quvchi-sportchilar hamda sport tayyorgarlik bosqichiga mos ravishda 20-bandning ikkinchi xatboshisiga, paralimpiya sport turlari bo‘yicha trenerlar uchun 22-bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq ustama belgilanadi. 10. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan ustamalar o‘quv va kalendar yili uchun trenerlar tarifikatsiyasi hamda xodimlar shtatlar jadvalida o‘quvchi-sportchilarning oldingi yilda erishgan sport natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yil davomida ustamalar miqdorining o‘zgartirilishi tasdiqlangan ish haqi fondi mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. Bunda, ish haqi fondi bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ talab etiladigan holatlarda belgilangan tartibda ish haqqi fondiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 11. O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘iga asosan Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklarida sovrinli o‘rinlarni (1 — 3 o‘rinlar) egallagan o‘quvchi-sportchilarning trenerlariga besh yuz foizigacha miqdorda har oylik ustama belgilanishi mumkin. 12. Direktor, direktor o‘rinbosari, Markazning ayrim xodimlari va trenerlariga ustamalar: Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi-sportchilar tomonidan tegishli natijaga (1 — 3 o‘rinlar) erishilgan vaqtdan boshlab ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari) o‘tkazilgunga qadar saqlab qolinadi; O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi-sportchi tomonidan tegishli natijaga (1 — 3 o‘rinlar) erishilgan vaqtdan boshlab ushbu darajadagi musobaqalar o‘tkazilgunga qadar biroq bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlanib qoladi; o‘quvchi-sportchi sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasining asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan oyning birinchi sanasidan e’tiboran belgilanadi va o‘quvchi-sportchining jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrida saqlab qolinadi. 13. Markazning ayrim xodimlariga o‘quvchi-sportchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni to‘lash o‘quvchi-sportchining Markaz tarkibidan rasman chiqib ketish sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran to‘xtatiladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling