Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari trenerining ish haqini hisoblashdagi foiz me’yorlari
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport musobaqalari darajasi Sport natijasi O‘quv davri
- I. O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblariga hamda respublika va xalqaro musobaqalarga o‘quvchi-sportchilarni tayyorlash
- II. Sport turlari bo‘yicha sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha o‘quvchi-sportchilarni tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori
- (Paralimpiya sport turlari bo‘yicha) O‘quvchi-sportchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
- Sport turlari guruhlari I II III
- I. O‘zbekiston Respublikasi parasport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblari, respublika va xalqaro musobaqalarga o‘quvchi-sportchilarni tayyorlash
- II. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha o‘quvchi-sportchilarni tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori
4-bob. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari trenerining ish haqini hisoblashdagi foiz me’yorlari
18. Markaz trenerlariga lavozim maoshlari mehnatga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkasidan, belgilangan normativlaridan yoki o‘quv mashg‘ulot ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni o‘quv va kalendar yili boshida tarifikatsiyalashda belgilanadi. 19. Markazning trenerlari mehnatiga haq to‘lash har bir o‘quvchi uchun me’yor bo‘yicha amalga oshiriladi. 20. Bir nafar o‘quvchiga nisbatan Markaz trenerlarining mehnatiga haq to‘lashda trenerning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlar belgilanadi:
Markaz trenerining o‘quv guruhidagi o‘quvchi-sportchilarning har biri uchun erishilgan sport natijalarini hisobga olgan holda trener-o‘qituvchining ustama va qo‘shimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch yuz foizidan oshmasligi kerak. 21. Paralimpiya sport turlari bo‘yicha tayyorgarlik bosqichlari, funksional guruhlar, o‘quv guruhlarining to‘ldirilishi, o‘quv yuklamalarining hajmi quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Izoh: futbol (5x5) sport turidan jamoani shakllantirishda jamoa tarkibini inobatga olgan holda 5 — 7 nafargacha sportchilardan guruh shakllantirishga ruxsat etiladi. 22. Bir nafar sportchi uchun markazning sport turlari bo‘yicha para trenerlari mehnatiga haq to‘lash normativlari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlar hisobida quyidagi miqdorlarda belgilanadi.
23. Agar Markazning trenerlari mehnatiga haq to‘lash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy yoki zaxira tarkibi a’zosi, Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida sovrindori bo‘lsa), trenerlarning mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori o‘quvchi-sportchi yutuqlarini hisobga olgan holda, eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblanadi. 24. Agar Markazning treneri mehnatiga haq to‘lashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchi mazkur trenerning o‘quv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener rahbarligidagi boshqa o‘quv guruhiga, boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilsa, Markazni bitirganda va shu kabi holatlarda), trener mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori: sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun o‘quvchi-sportchi trenerning o‘quv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran kamayish tomoniga qayta ko‘rib chiqiladi; Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi. 25. O‘quv guruhiga yil mobaynida boshqa trener rahbarligida, shuningdek, boshqa ta’lim muassasasidan o‘quvchi-sportchilar safiga qabul qilingan, yuqori sport natijalariga erishgan o‘quvchi-sportchi o‘tkazilgan Markaz trenerlari mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori: Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlari va kuboklari g‘olib yoki sovrindori bo‘lgan o‘quvchi-sportchi biriktirilgan trener rahbarligida ko‘rsatib o‘tilgan musobaqalarda takroran natijaga erishgunga qadar belgilanmaydi; boshqa ta’lim muassasasidan o‘quvchi-sportchilar safiga qabul qilingan o‘quvchi-sportchi uchun trenerning mehnatiga haq to‘lash, o‘quvchi-sportchining sport tayyorgarlik guruhiga mos ravishda rasman o‘quvchi-sportchilar safiga qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi. 26. Sport tayyorgarlik faoliyatini amalga oshirish, yuqori malakali o‘quvchi-sportchilarni tayyorlashda samaradorlikni oshirish maqsadida, Markaz trenerlari faoliyati quyidagicha tashkil etilishi mumkin: o‘quvchi-sportchilar bilan o‘tkaziladigan o‘quv-mashq jarayoniga xoreograf va akrobatika bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish; o‘quv-mashq jarayonini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida brigadaga birikish. Brigadaga jalb qilingan trenerlar va o‘quvchi-sportchilar tarkibi Markaz trenerlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Brigada ishtirokida erishilgan sport natijasi, ularni tayyorlashdagi mehnatga haq to‘lash me’yori brigadaning barcha a’zolariga nisbatan hisoblanishi mumkin. Brigadaga a’zo bo‘lgan har bir trenerning o‘quvchi-sportchini tayyorlashdagi ulushi trenerlarning umumiy yig‘ilishida aniqlanadi va Markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 27. Markaz trenerlarining o‘quv mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni olib borishi, shuningdek, jamoani (o‘quvchi-sportchini) musobaqaga tayyorlash uchun sarflagan vaqtiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. Trenerlarning sport tadbirlarida (respublika va xalqaro miqyosda) ishtiroki davrida oylik ish haqi saqlanib qolinadi. 28. Markazning sport turlari bo‘yicha katta trenerlari va katta instruktor-metodistlarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida har oylik to‘lovlar belgilanadi. 29. Faxriy unvonga ega bo‘lgan trenerlarga Vazirlar Mahkamasining “Faxriy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga asosan to‘lovlar belgilanadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling