5-bob. Yakuniy qoidalar
30. O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibi a’zolari qonunchilik hujjatlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish, to‘lashning to‘g‘riligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik Markaz rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
32. Markaz direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari va Markazning ayrim xodimlariga qo‘shimcha haq va ustamalarni to‘lash ularning ish haqini to‘lash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
33. Markaz direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari va Markazning ayrim xodimlariga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash me’yorlari va tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Markazning instruktor-metodisti, treneri, sport psixologi va o‘quv bo‘lim mudirining bazaviy tarif stavkalari
MIQDORLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |