Qarori Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yetakchi yoki birinchi malaka toifali
Download 1.2 Mb.
|
731 30.12.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 8-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar RO‘YXATI 1. Vazirlar Mahkamasining “Sport terma jamoalari to‘g‘risidagi nizomni hamda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda): a) 1-ilovada: 7-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalari-tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, sport turlari bo‘yicha tegishli hududiy federatsiya (assotsiatsiyalar)ning (ular mavjud bo‘lsa) taqdimnomasi bo‘yicha”; 13-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-bandda: birinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalarining trenerlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, sport turlari bo‘yicha tegishli hududiy federatsiya (assotsiatsiyalar)ning (ular mavjud bo‘lsa) va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining taqdimnomasiga ko‘ra tayinlanadi”; 15-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: 6-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “hududiy kalendar reja, u tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya-sport boshqarmalari, shuningdek, tuman (shahar) sportni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan shakllantiriladi, hududiy moliya boshqarmalari (bo‘limlari) bilan kelishiladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi”; beshinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13-bandda: “a” kichik banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) hududiy kalendar rejaga kiritish uchun — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga sport turlari bo‘yicha hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan (ular mavjud bo‘lsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan;” 23-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “respublika kalendar rejasini shakllantirishda — O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining, sport turlari bo‘yicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari)ning, sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablarining, shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasining vakillari kiritiladi. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish va sport turlari bo‘yicha moliyaviy mablag‘larni taqsimlash komissiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;”; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “hududiy kalendar rejani shakllantirishda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalarining, tumanlar (shaharlar) sportni rivojlantirish bo‘limlarining, sport turlari bo‘yicha tegishli hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari)ning (ular mavjud bo‘lsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining vakillari kiritiladi;” 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari o‘tkazilishi yakunlari to‘g‘risida” 2014-yil 1-iyuldagi 175-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 27-son, 328-modda) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Milliy olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari bilan birgalikda Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning xalqaro tajribasidan keng foydalangan, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida maqsadli tayyorlash uchun har bir viloyatdan har yili tanlab olish ko‘rsatkichini 100 kishigacha yetkazgan holda sport seksiyasi va maktab darajasidan boshlab iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi takomillashtirilishini ta’minlasin”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2015-yil 3-martdagi 41-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 101-modda) 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 7, 14, 17, 29, 30, 31-pozitsiyalarining “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” so‘zlari bilan, “Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi, “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 820-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi mavjud oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining pedagogik amaliyot o‘tashi belgilangan muassasalar ro‘yxatida: 1-pozitsiyaning “Pedagogik amaliyotga yuboriladigan muassasalar nomi” ustunidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati” ustuni “Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” ustuni bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida: 5-ilovaning “Terma jamoalar va sport zaxirasi” ustunidagi “olimpiya zaxirasi kollejiga” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilovaning “Tashkilotlar, ish xususiyatlari” ustunidagi “olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji”, “bolalar-o‘smirlar sport maktablarida” so‘zlari tegishlicha “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”, “sport maktablarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-martdagi 122-son qarorida: a) 2-ilovada: “Andijon viloyati” bo‘limining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buxoro viloyati” bo‘limining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qashqadaryo viloyati” bo‘limining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samarqand viloyati” bo‘limida: 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farg‘ona viloyati” bo‘limining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahri” bo‘limining 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-ilovaning 15-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “olimpiya zaxiralari kollejlariga” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-martdagi 143-son qarorida: a) 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har bir Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida, sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida badminton bo‘limlarini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilasin”; b) 2-ilovaning: 4-pozitsiyasi “Obyekt nomi” ustunidagi “Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-pozitsiyasi “Obyekt nomi” ustunidagi “Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining olimpiya zaxiralari kollejlariga” so‘zlari “Sportni rivojlantirish vazirligining Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Nizomga 2-ilovaning 11-bandidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qarorining 2-ilovasida: 1-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Farg‘ona olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunida: “Andijon olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunida: “Namangan olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari chiqarib tashlansin; 4-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Samarqand Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” hamda “G‘uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari chiqarib tashlansin; 6-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunida: “Termiz olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Denov tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” hamda “Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari chiqarib tashlansin; 8-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Navoiy Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” hamda “Xiva tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlari chiqarib tashlansin; 10-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Nukus olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari “Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-pozitsiyaning “O‘g‘il va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Respublika olimpiya zaxiralari kolleji”, “Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji” hamda “Guliston olimpiya zaxiralari kolleji” so‘zlari tegishlicha “Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”, “Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” hamda “Guliston Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 6-apreldagi 159-son qarori 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “olimpiya va paralimpiya zaxirasi kollejlarida” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-iyundagi 294-son qarorining 1-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” so‘zlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 9-ILOVA Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling