Xorazm viloyati Xiva shahar informatika fani mobil guruh trener o’qituvchilari
Download 1.91 Mb.
|
Informatika trenerlar xisoboti (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trener o`qituvchilar: U.Saidnazarova M.Yuldashev N.Saidov.
Xorazm viloyati Xiva shahar informatika fani mobil guruh trener o’qituvchilari HISOBOTI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 5- aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 27-sonli bayoni ijrosi yuzasidan viloyatimizda va shahrimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim sifati va shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda viloyatdagi oliy va birinchi toifali o‘qituvchilardan diagnostik test va yozma ishlar olinib, yuqori natijalarga erishgan 429 nafar trener o‘qituvchilar tanlab olindi va ular uchun viloyat hududiy malaka oshirish markazida 2022 yil 18 aprel sanasidan boshlab Urganch davlat universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘quv-seminarlariga xorijiy mutaxassislar ham jalb qilingan bo‘lib, bugun trener o‘qituvchilar uchun rossiyalik hamda Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan bir guruh Kembrij universiteti mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Prezident Adminstratsiyasi vakillari ham hududiy malaka oshirish markazida bo‘ldilar va o‘quv-seminar jarayonlarini kuzatdilar. O‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr mulohazalarini tingladilar. Shuningdek, mazkur yig‘ilish bayonida Prezident Administratsiyasiga maktab o‘qituvchilari uchun trenerlar tomonidan yangi zamonaviy metodikalarni (Konpetensiyaga asoslangan Kenbridj metodikalari) o‘qitish ishlarini nazoratga olish belgilangan Prezident Adminstratsiyasi vakillari ham hududiy malaka oshirish markazida bo‘ldilar va o‘quv-seminar jarayonlarini kuzatdilar. O‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr mulohazalarini tingladilar. Xorazm viloyatida tuman va shaharlarida tashkil etilgan mobil guruh trener o’qituvchilari tomonidan o’qitiladigan maktablar uchun DLSLOKATSIYA yaratildi va reja grafik tasdiqlandi. Reja asosida Xiva Shahar informatika fanining trener o’qituvchilari ish boshladi.Rejada ko’rsatilgan mavzularni Saidnazarova Umida Saidnazar qizi , Yo’ldashev Murodjon Djumanazarovich ,Saidov Norimboy Baxtiyorovich fanni chuqurroq darajada turli metodlar asosida o’rgatib boshladilar. Seminarimiz ikki bosqichda birinchi bosqich 11may kuni boshlandi 17 nafar mutaxasis va ikkinchi toifali o’qituvchlar ishtirok qildi ularga darslarni 144 soati onlayn 144 soati oflayn tarzda bo’lib otdi.Semnnarni birinchi kunida o’qituvchilardan kirish testi olindi.Kirish testi o’rtacha 40.5 % ni tashkil qildi. Trener o’qituvchilar AKTdan foydalanib,ma’ruzalar olib bordilar. Amaliy darslarda testlar,turli xil metodlardan foydalanib darslarni samarali tashkil qildilar. Dars jarayonlarida trener o’qituvchilar “Ta’lim texnologiyalari moduli”, ”Ta’lim texnologiyalari elementlari”, ”Ta’lim texnologiyalari turlari”, ”An’anaviy ta’lim texnologiyasi”, “Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi”, ”Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi”, ”Kompyuterli ta’lim texnologiyasi”, ”Ilg’or ta’lim texnologiyasi” va ularning afzalliklari haqida tushuncha berib bordilar. Bundan tashqari “Interfaol ta’lim metodlari “ bilan ham tanishtirib dars jarayonida shu metodlardan foydalanib borildi. Masalan: “klaster”metodi, “Insert” metodi, ”T-sxemasi”, ”Sirli quticha”, ”Nilufar guli”, ”Venn diagrammasi”, ”Baliq skleti” metodlari qo’llanildi. Amaliy mashg’ulotlar, STEAM asosida turli moddalarning tuzilish texnologiyalarini yaratdilar. O’qituvchilarga metodik, ilmiy,amaliy yordam ko’rsatildi. Bo’shliqlarni aniqlash borasida testlar tarqatmalar,aqliy hujum,amaliy kompitensiyalarni rivojlantirish yollari bilan mashg’ulotlar boyitib borildi.Seminar yakunida 27 may kuni o’qituvchlardan chiqish testi olindi. Chiqish testlari o’rtacha 90.8 % ni tashkil qilib 50.3% o’sish kuzatildi. Trener o’qituvchilarimiz 30 mayda buyon ikkinchi guruh bilan o’z ishlarini davom qildirib kelmoqdalar. Trener o`qituvchilar: U.Saidnazarova M.Yuldashev N.Saidov. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling