Qarori o‘zbekiston respublikasi davlat teatrlari va konsert tashkilotlarining maqomi to‘G‘risida
I. Teatr-tomosha muassasalarini boshqarish
Download 22.33 Kb.
|
11-son
I. Teatr-tomosha muassasalarini boshqarish
1. Teatr-tomosha muassasalarini boshqarish mazkur Maqom va teatr ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. Teatr boshqaruv organlari tuzilishini va uni saqlash xarajatlarini mustaqil belgilaydi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Teatr-tomosha muassasasining rahbari, agar teatr yoki konsert tashkiloti respublika bo‘ysunishida bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tayinlanadi. Boshqa teatr-tomosha muassasalarining rahbarlari mahalliy organlar bilan kelishilgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan tayinlanadi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 3. Teatr-tomosha muassasasining badiiy rahbarligida, odatda, maxsus oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki teatr-tomosha muassasasida kamida 5 yil rahbarlik lavozimida ishlagan shaxslar tayinlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 4. Agar teatr-tomosha muassasasi respublika bo‘ysunishida bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, boshqa hollarda esa viloyat madaniyat boshqarmalari va shahar madaniyat bo‘limlari teatr rahbari bilan mehnat shartnomasi (bitim) tuzadilar va shartnomaga muvofiq u quyidagilar uchun javob beradi: (4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) teatr-tomosha muassasasining butun ijodiy va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun; shartnoma (bitim) majburiyatlariga javob beruvchi maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy jarayonni tashkil etish; jamoada muvaffaqiyatli ishlash uchun qulay muhit yaratish, teatr ijodiy xodimlarining kasb mahoratini o‘stirish va ularda mas’uliyat hissini tarbiyalash. Shartnoma (bitim)ga tashkiliy va ijodiy xarakterdagi bandlar kiritiladi. Ular shartnoma (bitim) bo‘yicha hozirgi tarif stavkalari (okladlar)da ko‘rsatilmagan maosh belgilashni o‘z ichiga olgan bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Shartnoma shartlarini oshkor qilish yollanuvchi tomonga ham, yollovchi tomonga ham qat’iyan taqiqlanadi. 5. Teatr-tomosha muassasasi rahbari ushbu korxona nomidan mustaqil tarzda harakat qiladi, uning manfaatlarini himoya qiladi, teatr mulkini istifoda etadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonch xatlari beradi, hisob-kitob va boshqa hisoblab ochadi, mablag‘ni sarflash huquqiga ega bo‘ladi, shtatlarni tasdiqlaydi, teatrning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi, teatr faoliyati natijalari uchun javob beradi. 6. Teatr-tomosha muassasalarida uning rahbarining taklifi bilan teatr tomonidan mustaqil belgilangan tartibda tashkil etiluvchi va harakat qiluvchi badiiy kengash yoki boshqa bir maslahat kengashi tuzilishi mumkin. 7. Teatr-tomosha muassasasi jamoasining rahbar bilan o‘zaro munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish, tegishli jamg‘armalarni taqsimlashda xodimlarning ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va teatr ustavi asosida tartibga solinadi. Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling