Qarori o‘zbekiston respublikasi davlat teatrlari va konsert tashkilotlarining maqomi to‘G‘risida
Download 22.33 Kb.
|
11-son
II. Mablag‘ bilan ta’minlash
8. O‘zbekiston Respublikasida davlat teatr-tomosha muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash teatr san’atini rivojlantirishning kafolati sifatida davlatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy majburiyati hisoblanadi. 9. Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash quyidagilarni ta’minlamog‘i lozim: teatr-tomosha muassasasida ijodiy faoliyat uchun zarur sharoit yaratish va uning tijoratlashuvining oldini olish; teatr-tomosha muassasalarida xodimlarga to‘lanadigan ish haqi darajasini ularning yashash ehtiyojiga munosib tarzda saylash; teatr guruhlarini yuksak badiiy vazifalarni bajarishga qodir kishilardan tuzish; teatr-tomosha muassasasida ijodiy imkoniyatlarni to‘laqonli ro‘yobga chiqarishni ta’minlovchi ish rejimini qaror toptirish va saqlash; teatr jamoasining ijodiy niyatlarini badiiy jihatdan to‘laqonli ifoda etishi uchun zarur mablag‘ ajratish. Oldingi tahrirga qarang. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) Oldingi tahrirga qarang. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 12. Ijtimoiy-iqtisodiy normativlar faqat davlat mablag‘i bilan ta’minlash normativlarida ko‘rsatilgan mablag‘ni hisob-kitob qilishdagina qo‘llaniladi. Bunda har bir teatr rejalashtirish jarayonida o‘ziga xos sharoitlarni va jamoa iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda artistlar va badiiy xodimlar sonini, ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati ko‘rsatkichlarini mustaqil belgilaydi. Oldingi tahrirga qarang. 13. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi milliy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarning o‘ziga xosligiga bog‘liq ravishda normativ mablag‘ bilan ta’minlashni hisob-kitob qilayotganda jamoa ijodiy niyatlarini to‘laqonli badiiy ifodalashga keladigan sarflarni oshirishi va spektakllar sonini kamaytirishi mumkin. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 14. Davlat mablag‘i bilan ta’minlash normativ summasi joriy yilda quyidagi hollarda qayta qurib chiqiladi: teatr faoliyati sharoitlarida muhim o‘zgartishlar yuz berganda (boshqa binoga ko‘chish, rekonstruksiya, texnik qayta jihozlash va boshqalar); stavkalar va lavozim maoshlari, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqalarga oid umumdavlat tadbirlarini amalga oshirishda; narxlar bir marta jiddiy o‘zgarganda yoki teatr-tomosha muassasasi foydalanadigan xizmatlar tariflarining narxlari indekslari oshganda. Oldingi tahrirga qarang. 15. Davlat mablag‘i bilan ta’minlashning normativ summasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan metodikaga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy normativlar asosda belgilanadi. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) 16. Teatr-tomosha muassasalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi. 17. Teatr-tomosha muassasalari uchun quyidagi barqaror iqtisodiy normativlar belgilanadi; teatrlar uchun: a) bir tomoshabin hisobiga teatr, musiqa san’ati va konsert faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasidan budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash normativi; Oldingi tahrirga qarang. b) hozirgi vaqtda yuqorida aytib o‘tilgan normativ bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tilgunga qadar budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash limiti joriy etiladi, ya’ni teatrning kimga bo‘ysunishiga muvofiq uni mablag‘ bilan ta’minlash 70 va undan yuqori foizdan boshlab budjet hisobidan, qolgan mablag‘ esa teatrning o‘z daromadi va boshqa kirimlar hisobidan bo‘ladi. Teatrlarga respublika Madaniyat vazirligi, viloyat yoki shahar madaniyat boshqarmalari tomonidan moliyaviy yordam berish har bir teatr uchun alohida amalga oshiriladi va teatr rahbari bilan tuziladigan mehnat shartnomasida maxsus belgilab qo‘yiladi. (17-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda) v) belgilangan tartibda aniqlangan valyuta jamg‘armasini tuzish normativi; Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling