Qarori o‘zbekiston respublikasi davlat teatrlari va konsert tashkilotlarining maqomi to‘G‘risida
III. Teatr-tomosha muassasalarini rejalash, ularga narx belgilash
Download 22.33 Kb.
|
11-son
III. Teatr-tomosha muassasalarini rejalash, ularga narx belgilash
19. Teatr-tomosha muassasasi o‘z faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi va rivojlanish istiqbolini teatr rahbari bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan vazifalar (maqsadlar)dan, mavjud ijodiy va xo‘jalik resurslari va teatrni ijodiy va ijtimoiy rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqib belgilaydi. 20. Teatr-tomosha muassasasi biletlar narxini o‘zi Mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda aholining ijtimoiy himoya qilinmagan guruhlariga spektakl biletlarining kamida 20 foizini imtiyozli narxda sotish kafolatini beradi. Teatr tomonidan realizatsiya qilinadigan boshqa pulli xizmatlar va mahsulotlar narxi (tariflari) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. 21. Teatr-tomosha muassasasi o‘z xarajatlarini quyidagi ko‘rinishda olinadigan daromadlar hisobidan qoplaydi: budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash; barcha turdagi spektakllar va boshqa tomoshalarga sotiladigan biletlardan tushgan yig‘im; bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar, muassasalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan tushgan tushum; xayriya badallari, hadyalar, moliyaviy yordam pullari; bankdagi omonatlar foizidan; boshqa tushumlardan. 22. Teatrning sovet va xorijiy huquqiy shaxslar hamda fuqarolardan tekin xayr-ehson (hadyalar, moliyaviy yordam pullari) olish huquqi cheklanmaydi. 23. Moddiy va unga tenglashtirilgan xarajatlar, majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar, xodimlarga ish haqi berishdan keyin qolgan mablag‘lar mustaqil ravishda teatrning tegishli jamg‘armalariga taqsimlanadi. 24. Teatr-tomosha muassasasining ijodiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi mablag‘lari faqat muayyan maqsadlarga sarflanadi va ular ish haqi sifatida to‘lanmaydi. Teatr-tomosha muassasasi tomonidan uning asosiy jamg‘armalari tarkibiga qiruvchi buyumlarni sotishdan tushgan mablag‘ bevosita ijodiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi. 25. Teatr-tomosha muassasasi kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya qilinishi uchun to‘la javob beradi. Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling