IV. Ijodiy mehnat va ish haqi
Oldingi tahrirga qarang.
Teatr-tomosha muassasasi o‘z rahbari nomidan har bir xodim bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan mehnat shartnomasi (bitimi) asosida o‘zaro kelishuvga binoan muayyan muddatga shartnoma tuzadi.
(IV bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Xodimlarga ish haqi mehnat ulushi koeffitsiyenti qo‘llangan holda amaldagi qarorga muvofiq beriladi.
Barcha toifadagi xodimlar uchun asos bo‘luvchi (majburiy) mehnat normalari teatr badiiy kengashi qarori bilan belgilanadi.
V. Tashqi iqtisodiy faoliyat
26. Teatr-tomosha muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
27. Teatr-tomosha muassasasi chet el valyutasi hisobida sovet va xorijiy bank kreditlari va tijorat kreditlaridan foydalanishi, shuningdek, belgilangan tartibda valyuta sotib olishi hamda sotishi mumkin.
VI. Teatrni tugatish
Teatr-tomosha muassasasini tugatish (shuningdek, uni tubdan qayta tashkil etish) huquqi teatr bo‘ysunadigan organga tegishlidir;
tugatish (yoki qayta tashkil etish) teatr jamoasi g‘oyaviy-badiiy jihatdan eskirgan taqdirda amalga oshiriladi;
respublika miqyosidagi teatr-tomosha muassasalarini tugatish (yoki qayta tashkil etish) Respublika hukumati tomonidan tasdiqlanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |