Qarori o‘zbekiston respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 401.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana20.06.2023
Hajmi401.9 Kb.
#1632332
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
609-сон 18.10.2022. O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR STANSIYALARI VA TARMOQLARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH
QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va
muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son
Farmoniga
 muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik
ekspluatatsiya qilish qoidalari 
1-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab amalga
kiritilsin:
idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha energetika obyektlari, shuningdek,
ularga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyihalash, qurilish-montaj, ta’mirlash va sozlash tashkilotlari
hamda ularning xodimlari uchun majburiy bo‘lgan texnik ekspluatatsiya qilish;
energetika obyektlarining uskuna va qurilmalari hamda inshootlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish;
energetika obyektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish;
energetika obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish;
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi hamda texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining bajarilishi
uchun javobgarlik.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari
qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik
suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida” 2018-yil 12-dekabrdagi 1008-son 
qaroriga
 
2-ilovaga 
muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika
va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri J.T. Mirzamaxmudov
zimmasiga yuklansin.

Download 401.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling