Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Kontrakt tuzish va uni bekor qilish


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

5-bob. Kontrakt tuzish va uni bekor qilish
1-§. Kontraktni tuzish va uning amal qilishini to‘xtatish tartibi
70. Qurolli Kuchlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar
tarkibiga bo‘linadi.
Oddiy askarlar tarkibi — “oddiy askar” unvoniga ega bo‘lgan harbiy mutaxassislardir.
Serjantlar tarkibi — “kichik serjant”, “III darajadagi serjant”, “II darajadagi serjant”, “I darajadagi
serjant”, “katta serjant” (kema tarkibidagi ularga tenglashtirilgan) harbiy unvonlarga ega bo‘lgan


kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar.
Ofitserlar tarkibi — “leytenant”dan “armiya generali”gacha harbiy unvonlarga ega bo‘lgan
harbiy xizmatchilar.
71. Kontrakt yozma shaklda mazkur 
Nizomning 1-

2- 
va 
3-ilovalarida 
keltirilgan harbiy xizmatni
o‘tash to‘g‘risidagi Namunaviy kontraktga muvofiq tuziladi.
Harbiy xizmat uchun tuzilgan kontraktning kuchga kirgani komandirning (boshliqning)
buyrug‘i bilan e’lon qilinadi.
72. Kontrakt shartlari bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas, O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi shart va tomonlarning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
73. Kontrakt dastlabki yoki yangi bo‘lishi mumkin.
Dastlabki kontrakt bu ixtiyoriy ravishda birinchi marta harbiy xizmatga kiruvchi fuqaro bilan
tuzilgan kontrakt hisoblanadi.
Yangi kontrakt bu joriy kontraktning muddati tugagan harbiy xizmatchi yoki ilgari kontrakt
bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan fuqaro bilan tuzilgan kontrakt hisoblanadi.
74. Kontrakt tuzish, uni bekor qilish, shuningdek u bilan bog‘liq boshqa munosabatlar ushbu
Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
75. Kontrakt quyidagi harbiy xizmatchilar bilan tuzilishi mumkin emas:
haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning chegara yoshidan o‘tgan, shu jumladan ushbu Nizomda
ko‘zda tutilgan xizmat muddatini uzaytirishni hisobga olgan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan harbiy xizmatchilar bundan mustasno;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan;
muqaddam o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, jazo chorasidan,
sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan va amnistiya qo‘llanganidan
qat’iy nazar;
xizmati yuzasidan salbiy tavsiflangan.
76. Quyidagi holatlar ham nomzod bilan dastlabki kontrakt tuzishni rad etishga asos bo‘ladi:
a) nomzodning kasbiy tayyorgarligiga mos keluvchi vakant lavozimlarning yo‘qligi;
b) muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ofitserni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiruvchilar
uchun belgilangan talablarga mos kelmasligi to‘g‘risida attestatsiya (malaka) komissiyasining
qarori.
77. Kontrakt tuzishni rad etish to‘g‘risidagi qaror yozma ravishda rasmiylashtiriladi, tegishli
komandir (boshliq) tomonidan imzolanadi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Qaror fuqaroga (harbiy xizmatchiga) imzo ostida yetkaziladi va hisob hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Qarorda kontrakt tuzishni rad etish sabablari ko‘rsatiladi.
78. Kontraktda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) kontrakt tuzuvchi nomzodning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili,
kuni va oyi;
b) davlat manfaatlarini himoya qiluvchi vazirlikning nomi, mazkur vazirlik nomidan kontraktni
imzolovchi mansabdor shaxsning lavozimi, harbiy unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;
v) nomzod va vazirlik nomidan imzolovchi mansabdor shaxs tomonidan kontrakt imzolangan
sana.
Nomzod va mansabdor shaxsning imzolaridan keyin quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) kontrakt qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida e’lon qilingan buyruqning sanasi va raqami;
b) kontrakt bekor qilinishining sababi, buyruqning sanasi va raqami (u bekor qilingandan
keyin).
79. Kontrakt shartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) fuqaro (harbiy xizmatchi)ning majburiyatlari vazirlikning harbiy qismlarida kontraktda
belgilangan muddat mobaynida harbiy xizmatni o‘tash, harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston


Respublikasi qonunchiligida belgilangan umumiy, lavozim va maxsus majburiyatlarini vijdonan
bajarish;
b) davlatning harbiy xizmatchi oldidagi majburiyatlari, harbiy xizmatchi va uning oila
a’zolarining huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda saqlash va
himoya qilish;
v) kontrakt amal qiladigan muddatda harbiy xizmatchi va vazirlikning (idoraning) huquqlari;
g) kontrakt shartlarini buzganliklari uchun tomonlarning javobgarligi.
80. Tomonlarning kelishuvi asosida va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda harbiy
xizmatni o‘tash bo‘yicha qo‘shimcha shartlar belgilanishi mumkin.
81. Vazirlik nomidan kontraktni imzolash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning
ro‘yxati uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
82. Kontrakt ikki nusxada, davlat yoki rus tilida (nomzodning xohishiga ko‘ra) tuziladi, har biri
uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Kontraktni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi
gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
83. Kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi, uning qonuniy kuchga
kirishi to‘g‘risida komandir (boshliq)ning tegishli buyrug‘i chiqariladi. Buyruqdan ko‘chirma harbiy
xizmatchining shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
84. Kontrakt qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kontraktlarni qayd etish kitobida ro‘yxatga
olinib, birinchi nusxasi harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildiga qo‘shiladi, ikkinchi
nusxasi esa harbiy xizmatchiga beriladi.
85. Kontrakt muddati u qonuniy kuchga kirgan kundan (kalendar sanadan) boshlab
hisoblanadi.
86. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinadi:
a) harbiy xizmatchining kontrakt muddati tugamasdan harbiy xizmatdan bo‘shashi sababli
harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan o‘chirilgan kundan boshlab;
b) harbiy xizmatchining halok bo‘lishi (vafoti), bedarak yo‘qolgan deb tan olingan yoki vafot
etgan deb e’lon qilingani sababli harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan o‘chirilgan (chiqarilgan)
kundan boshlab;
v) kontrakt muddati tugaganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va
mazkur Nizomda belgilangan holatlar bundan mustasno;
g) mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda harbiy xizmatchi bilan yangi kontrakt tuzilgan
kundan boshlab.
87. Mazkur Nizomda belgilangan asoslarda kontrakt tomonlardan birining tashabbusi bilan
muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.
88. Tabiiy va texnogen xaraktyerga ega favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish va
aksilterror tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni bajarishga jalb etilgan harbiy xizmatchi bilan
tuzilgan kontrakt ko‘rsatib o‘tilgan holatlar tugaguniga qadar tomonlardan birining tashabbusi
bilan muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin emas.
89. Kontraktning muddatidan ilgari bekor qilingani haqida tegishli buyruq chiqariladi, bu
to‘g‘rida kontraktda uni bekor qilish sanasi va asoslari to‘g‘risidagi yozuvlar ko‘rsatiladi. Yozuvlar
kontraktning ikkala nusxasida ham ko‘rsatiladi va komandir (boshliq)ning imzosi hamda harbiy
qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
90. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan harbiy xizmatchi
kontrakt tuzmasdan harbiy xizmatni o‘taydi.
Bunda, ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxsning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining
barcha huquqlari saqlanib qoladi. Mansabdor shaxs ko‘rsatib o‘tilgan lavozimdan ozod etilganida, u
xizmatni oldingi kontrakt bo‘yicha davom ettiradi, agar lavozimda bo‘lish davrida belgilangan
kontraktning muddati tugagan yoxud u yo‘q bo‘lgan taqdirda, u bilan bir oy muddatda yangi
kontrakt tuziladi yoki uni bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.



Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling