Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Download 467.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)
quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklardan foydalanish; b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish; v) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish; g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish; d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish; e) sog‘lig‘ini saqlash; j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish; z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish; i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish. 3. _________________________________________________________________________________________ vazirlikning (idoraning) nomi a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash; b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tashi, yashashi va maishiy ta’minoti uchun zarur sharoitlarni yaratish; v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash; g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash; d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash. quyidagi huquqlarga ega: a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash; b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish; v) harbiy xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq holda harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish; g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish; d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish. Download 467.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling