Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va unining oila a’zolarining konstitutsiyaviy huquqlariga
rioya etilishini ta’minlash;
b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tash, professional jihatdan shakllanish va xizmat pog‘onasi
bo‘yicha ko‘tarilishida zarur sharoitlar yaratish;
v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;
g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni
qoplab berishni ta’minlash.
Quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan
alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda
belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish
bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan
hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs
majburiyatlari:
a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi
hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.
5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling