Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

Harbiy unvonlar
Harbiy qism va
qo‘shilmalarning
ofitserlari uchun
Harbiy okrug boshqarmalari,
okrug bazalari
va muassasalarining ofitserlari
uchun
leytenant harbiy unvonida
6 oy
1 yil
katta leytenant harbiy unvonida
8 oy
1 yil 6 oy
kapitan harbiy unvonida
8 oy
1 yil 6 oy
mayor harbiy unvonida
1 yil
1 yil 6 oy
podpolkovnik harbiy unvonida
1 yil
1 yil 6 oy
Urush davrida harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarda bo‘lmagan ofitserlar tarkibiga
mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va rezervdagi ofitserlarga navbatdagi harbiy
unvonlarni berishda mazkur Nizom 8-bobining 
3-paragrafida 
va 11-bobining 
3-paragrafida
belgilangan harbiy unvonlardagi xizmat muddatlari qo‘llaniladi.


351. Mansabdor shaxslarning urush davrida harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash
bo‘yicha huquqlari mazkur Nizom 6-bobining 
1-paragrafiga 
muvofiq belgilanadi.
352. Urush davrida harbiy lavozimlarga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar
vakant lavozimlarni o‘z vaqtida butlash maqsadida xizmat bo‘yicha yuqori lavozimga tayinlash
uchun serjant va ofitserlar tarkibiga munosib nomzodlar rezerviga doim ega bo‘lishi shart. Urush
davrida qo‘shinlarni boshqarish va ularning jangovar faoliyatini ta’minlashda yuksak kasbiy sifatlar
hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etgan, jangovar vazifalarni bajarishda
tashabbuskorlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar birinchi navbatda xizmat bo‘yicha yuqori
lavozimlarga tayinlanishi lozim. Jangovar vazifalarni bajarayotgan harbiy qism, qo‘shilma hamda
boshqaruv organlari birinchi navbatda va eng to‘liq butlanishi lozim.
353. Oliy harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan, rezerv va zaxiradan chaqirilgan, harbiy-
davolash muassasalarida davolanishni tugatgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga yuborish va
lavozimlarga tayinlash, shuningdek xizmat joyini o‘zgartirish tartibi vazirliklar rahbarlari tomonidan
belgilanadi.
354. Zarur hollarda urush davrida qo‘shilma komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori
turuvchi mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatchilarga o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga
ta’til berilishi mumkin. Urush davrida qo‘shilmalar komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori
turuvchi mansabdor shaxslarga ta’tillar belgilangan tartibda vazirliklar rahbarlari tomonidan
berilishi mumkin.
355. Harbiy xizmatchilarni davolash jarayoni davolash muassasasida yakuniga yetkazilishi
lozim. Istisnoli holatlarda harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan harbiy qism komandiri
tomonidan (harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilgan holda — harbiy-davolash
muassasasi boshlig‘i tomonidan) o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga kasalligi tufayli ta’til berilishi
mumkin. Bu muddat o‘tgandan so‘ng harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra kasalligi tufayli
beriladigan ta’til yana shuncha muddatga uzaytirilishi, tegishli tibbiy ko‘rsatkichlarda esa yana bir
bor uzaytirilishi mumkin. Kasalligi tufayli beriladigan ta’tilning umumiy muddati uch oydan
oshmasligi kerak. Kasalligi tufayli ta’til tugagandan keyin harbiy-tibbiy komissiya harbiy
xizmatchining harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
356. Urush davrida harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy hisobdan o‘chirilgan holda
harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
357. Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan
harbiy xizmatchilar safdan tashqari xizmat lavozimlariga tayinlanishi mumkin.
358. Urush davrida harbiy xizmatchilarni iste’foga chiqarish vazirlik rahbari yoki u tomonidan
tayinlangan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling