Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

3-§. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish tartibi
337. “Rezervdagi leytenant” boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga berilishi mumkin:
a) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz (urush davrida harbiy
xizmatga cheklangan yaroqli) deb topilgan, bevosita oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatganidan
so‘ng haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan bitiruvchilarga;
b) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o‘tagan hamda oliy
ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida rezerv va zaxira ofitserlarini
tayyorlash dasturi bo‘yicha tahsil olgan shaxslarga — ko‘rsatilgan ta’lim muassasasini va o‘quv
harbiy yig‘inlarini tamomlab, davlat imtihonlarini topshirganidan so‘ng;
v) ofitserlar tarkibining harbiy unvoniga ega bo‘lmagan oliy fuqarolik ma’lumoti bo‘lgan
rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga — o‘quv harbiy yig‘inlarini tugagach va davlat imtihonlarini
topshirganidan so‘ng.
338. Ushbu Nizomning 
341-bandida 
ko‘rsatilgan Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga
majburlarga ofitserlar tarkibining boshlang‘ich harbiy unvonlari ushbu Nizomning 
239-bandida
belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan berilishi mumkin.
339. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati
quyidagicha belgilanadi:
“oddiy askar” — belgilanmagan;
“kichik serjant” — uch yil;
“III darajali serjant” — to‘rt yil;
“II darajali serjant” — to‘rt yil;
“I darajali serjant” — besh yil;
“katta serjant” — belgilanmagan;
“leytenant” — uch yil;
“katta leytenant” — to‘rt yil;
“kapitan” — to‘rt yil;
“mayor” — besh yil;
“podpolkovnik” — belgilanmagan.
340. Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga tinchlik davrida navbatdagi
harbiy unvonlar ushbu Nizomning 
339-bandida 
belgilangan oldingi harbiy unvondagi xizmat
muddatlari tugagandan so‘ng, attestatsiya (malaka) komissiyaning ijobiy qarori qabul qilingan va u
o‘quv harbiy yig‘inlardan o‘tgan, navbatdagi harbiy unvonga mos keladigan lavozim uchun ta’lim
dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda berilishi mumkin.
Mansabdor shaxslarning rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy
unvonlarni berish bo‘yicha huquqlari ushbu Nizomning 
239-bandida 
belgilab berilgan.


341. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlar ketma-ketlikda
beriladi. Harbiy xizmatda foydalanish mumkin bo‘lgan ixtisoslik bo‘yicha yuqori tayyorgarlikka va
katta ish tajribasiga ega bo‘lgan rezervdagi (zaxiradagi) alohida ofitserlarni haqiqiy harbiy xizmatga
olish vaqtida ularga, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 
339-bandida 
ko‘zda tutilgan xizmat
muddatlaridan qat’i nazar amaldagi unvonga nisbatan bir-ikki daraja yuqori ofitserlik unvoni
berilishi mumkin.
342. Rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlarning harbiy unvonini bir darajaga
pasaytirish ushbu Nizomning 
236-bandga 
muvofiq 
239-bandida 
ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Rezervda turgan davrda harbiy unvoni pasaytirilgan hamda ishlab chiqarish va boshqa
ijtimoiy foydali ishda o‘zini oqlagan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonda pastlatish
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan mansabdor shaxslar tomonidan oldingi harbiy unvoniga tiklanishi
mumkin, biroq bunda harbiy unvon pasaytirilgandan so‘ng kamida uch yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
Harbiy xizmatni o‘tash davrida ushbu Nizomning 239-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor
shaxslar tomonidan harbiy unvoni pasaytirilgan rezervda turuvchi harbiy xizmatchilarga mazkur
shartlarda oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin.
343. Rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan harbiy unvonda pasaytirilishi, keyinchalik esa ijobiy tavsiflar berilgan taqdirda
harbiy unvonida tiklanishi mumkin (ushbu shaxslarga harbiy unvonlar berish tartibiga muvofiq).
Harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy unvonda pasaytirilgan rezervda turuvchi generallar tarkibiga
mansub shaxslarga oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling