Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

Oldingi
 tahrirga qarang.
312. Nogironligi bo‘lgan farzandlari yoki bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ayol
harbiy xizmatchilarni ushbu farzandlari o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar, shuningdek o‘n to‘rt
yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalar va otalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat
tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
(312-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli 
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
313. Vafot etgan (halok bo‘lgan) harbiy xizmatchi vafot etgan (halok bo‘lgan) kunning ertasiga,
belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan harbiy xizmatchi esa
tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunning ertasiga harbiy qism shaxsiy tarkibi
ro‘yxatlaridan chiqariladi.
314. Sodir etgan jinoyati uchun sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish yoki harbiy
unvondan mahrum etish jazosini olgan harbiy xizmatchi sud hukmi kuchga kirgan kundan boshlab


tegishli asosga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatiladi.
11-bob. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat
1-§. Qurolli Kuchlar rezervini shakllantirish
315. Qurolli Kuchlar rezervi O‘zbekiston Respublikasining “
Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to‘g‘risida
”gi va “
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat
to‘g‘risida
”gi Qonunlariga muvofiq shakllantiriladi.
Rezervchilarni harbiy ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga
olish to‘g‘risidagi 
Nizomga
 muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan, shuningdek boshqa davlat
fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi.
316. Qurolli Kuchlar rezervi harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan quyidagi fuqarolar orasidan
shakllantiriladi:
a) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan kontrakt bo‘yicha harbiy
xizmatchilar;
b) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar;
v) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan harbiy xizmatga majburlar;
g) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy
ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ofitserlarni tayyorlash dasturi
bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tamomlaganlar.
317. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 
Qonunga
 ko‘ra harbiy xizmatga
majburlar Qurolli Kuchlar rezervida bo‘lishining quyidagi yosh chegaralari belgilangan:

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling