3-§. Kasalligi tufayli ta’til berish tartibi
265. Kasalligi tufayli ta’til muddati kasallikning xususiyatiga qarab belgilanadi. Tinchlik davrida
davolash muassasalarida uzluksiz davolanish va kassaligi tufayli ta’tilda bo‘lishning muddati
hammasi bo‘lib to‘rt oydan oshmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan
alohida kasalliklar bo‘yicha uzoqroq muddat davolanishda bo‘lish hollari bundan mustasno. Bu
muddat davolash muassasaning xulosasiga asosan vazirlik rahbarining qarori bilan uzaytirilishi
mumkin. Uzluksiz davolanishda va kasalligi tufayli ta’tilda bo‘lishning belgilangan muddati tugashi
bilan harbiy xizmatchilar ularning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qilish uchun harbiy-
tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tishi lozim.
266. Kasalligi tufayli ta’til navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi.
267. Jangovar harakatlarda qatnashish, terrorchi tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini
aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni
bajarish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish vaqtida
jarohatlangan (yarador bo‘lgan, travma olgan, kontuziya bo‘lgan) harbiy xizmatchilarning harbiy
xizmatga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rik statsionar davolanishning muddatidan qat’i
nazar, u tugagandan so‘ng o‘tkaziladi.
4-§. Kanikulyar ta’tillar berish tartibi
268. Kanikulyar ta’tillar oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishning kunduzgi bo‘limida
o‘qiyotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv semestrlari tugagandan so‘ng quyidagi muddatlarga
beriladi:
a) yozgi kanikulyar ta’til — o‘ttiz sutka;
b) qishki kanikulyar ta’til — o‘n besh sutka.
Yozgi kanikulyar ta’til asosiy, qishkisi esa qo‘shimcha hisoblanadi.
269. Kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun qo‘shimcha vaqt
berilmaydi. Asosiy kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga (o‘qish yakunlanadigan yili — ta’tilni o‘tkazish va
harbiy xizmatni o‘tash joyiga) bepul borish va qaytib kelish huquqi har yili beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |