242. Serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish harbiy
xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun boshqa intizomiy jazo choralari
yetarli bo‘lmagan taqdirda sud yoki vazirlik rahbarining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
243. Ofitserlar yoki serjantlar tarkibining harbiy unvonidan mahrum
etilgan fuqarolar oddiy
askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hisoblanadi hamda oddiy askar
harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha (zaxiradagi, rezervdagi) harbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
244. Noqonuniy sudlanganligi sababli harbiy unvonidan
mahrum etilgan fuqaro, uning
oqlanganligi yoki noqonuniy hukm bekor qilingani to‘g‘risidagi sud qarori kuchga kirgandan so‘ng
o‘rnatilgan tartibda harbiy unvondan mahrum etilgan kundan boshlab avvalgi harbiy unvoniga
qayta tiklanadi.
Fuqaroni oldingi harbiy unvoniga tiklash uchun asoslar mavjud bo‘lganda
mudofaa ishlari
bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq
chiqarish uchun uni harbiy unvondan mahrum etgan vazirlikka yuboradi.
Bunday holatda fuqaroni harbiy unvonda tiklash uni harbiy unvondan mahrum qilgan vazirlik
rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.
245. Harbiy unvonda tiklangan fuqaro tiklangan harbiy unvoniga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan huquq va
imtiyozlardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: