b) harbiy
yoki maxsus tayyorgarligi,
xizmat muddati, qo‘shin
turiga mansubligi,
shuningdek
harbiy xizmat tajribasiga mos ravishda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilariga shaxsan beriladi;
v) harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda
mavqening katta-kichikligini
belgilaydi.
215. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qonun bilan harbiy xizmatchilarning (harbiy
xizmatga majburlarning) quyidagi tarkiblari va ularga tegishli harbiy unvonlar joriy etilgan:
Harbiy xizmatchilar tarkibi
Harbiy unvonlar
qo‘shin unvonlari
kema tarkibidagi unvonlar
Oddiy askarlar tarkibi
oddiy askar
matros
Serjantlar tarkibi
kichik serjant
III darajali serjant
II darajali serjant
I darajali serjant
katta serjant
starshina
III darajali starshina
II darajali starshina
I darajali starshina
bosh starshina
Kichik ofitserlar tarkibi
leytenant
katta leytenant
kapitan
leytenant
katta leytenant
kapitan-leytenant
Katta ofitserlar tarkibi
mayor
podpolkovnik
polkovnik
III rang kapitani
II rang kapitani
I rang kapitani
Generallar tarkibi
general-mayor
general-leytenant
general-polkovnik
armiya generali
216. Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisob ixtisosligi bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy
xizmatchilarning harbiy unvoniga mos ravishda “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.
217. Rezerv, zaxira yoki iste’fodagi shaxslarning harbiy unvoniga mos ravishda “rezervdagi”,
“zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
218. Harbiy unvon boshlang‘ich yoki navbatdagi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: