Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Qurolli Kuchlar rezervini tayyorlash


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

2-§. Qurolli Kuchlar rezervini tayyorlash
325. Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mazmuni ular ro‘yxatga olingan bo‘linmalar tarkibida
jangovar tayyorgarlik bo‘yicha individual bilim, malaka va mahoratlarni oshirish, harakatlar
taktikasini puxta o‘rganishdan iborat.
326. Rezervchilarni tayyorlash, qoidaga ko‘ra, hududiy prinsip bo‘yicha harbiy qismlar, o‘quv
markazlari qoshida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik
o‘quvlari va mashqlarini o‘tkazish davomida amalga oshiriladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan har yili tasdiqlanadigan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy
yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi asosida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy
yig‘inlarni o‘tkazish rejasidan ko‘chirmaga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi joriy
yilning 1-avgustiga qadar tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etiladigan takliflar asosida har yili
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tuziladi.
327. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati hisobida turuvchi rezervdagi harbiy xizmatga


majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish tartibi ushbu idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari bilan
belgilanadi.
328. Rejimli harbiy qismlardagi harbiy yig‘inlarda qatnashish, shuningdek batalon (divizion)
komandiri o‘rinbosaridan tortib ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi lavozimlarga tayyorlash
uchun nomzod sifatida tanlab olingan rezerv ofitserlari vazirliklarning vakillari bilan kelishilgan
holda mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining ruxsatnomasi talab etiladigan
rejimli va boshqa harbiy qism, muassasa va harbiy ta’lim muassasalaridagi harbiy yig‘inlarga
yuboriladigan rezervdagi barcha harbiy xizmatga majburlar o‘rnatilgan tartibda nazorat organlari
bilan kelishib olinadi.
Kelishib olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda harbiy guvohnomalar va
rezervdagi (zaxiradagi) ofitserlarning guvohnomalari, rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning
shaxsiy yig‘majildlari va boshqa harbiy-hisob hujjatlariga kiritilib, ularning harbiy yig‘inlarda o‘ta
maxfiy va maxfiy ishlar, texnika va hujjatlar bilan ishlashiga ruxsat berish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
329. Harbiy yig‘inlarga chaqirish uchun nomzod etib tanlab olingan rezervdagi harbiy
xizmatga majburlar hisob ma’lumotlarini tekshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida ular
oldindan xabardor qilinib, harbiy yig‘inlarda qatnashish uchun yetib borish vaqti va ularning
davomiyligi ko‘rsatilgan belgilangan namunadagi chaqiruv qog‘ozi taqdim etiladi. Tashkilot
rahbarining nomiga yuboriladigan bildiruv xatida rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning harbiy
yig‘inlarda bo‘lish vaqti yig‘inlarda qatnashish, harbiy qismga yetib borish va yig‘inlardan qaytish
vaqtini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga yuborish mudofaa ishlari organlari
tomonidan harbiy okruglar shtablaridan olingan ko‘rsatmalar va harbiy qism komandirlaridan
olingan talabnomalarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga olib borish va qaytarib olib kelish
harbiy yig‘inlar o‘tkazilayotgan tegishli vazirlik va muassasalarning mablag‘lari hisobiga temir yo‘l
yoki avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi.
330. Mudofaa ishlari organlari qo‘shilma, harbiy qism va muassasalarning komandirlariga
o‘quv harbiy yig‘inlarini o‘tashga chaqirilgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga doir quyidagi
hujjatlarni yuboradi:
a) rezervdagi ofitserlar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat va shaxsiy yig‘ma jildlar;
b) rezervdagi serjant va oddiy askarlar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat;
v) uchuvchilar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat, shaxsiy yig‘majildlar, parvoz va
tibbiy daftarchalari.
Nomma-nom tuzilgan ro‘yxatlar, parvoz va tibbiy daftarchalari muhrlangan holda komanda
boshlig‘iga tilxat bilan topshiriladi.
Parvoz daftarchalari bo‘lmagan shaxslarni uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha yig‘inlarga
chaqirish man etiladi.
Harbiy xizmatga majburlarni harbiy qism qabul qilib olganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan
ro‘yxatlarning ikkinchi nusxalarini tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshliqlari mudofaa
ishlari boshqarmalariga taqdim etadi.
331. Birinchi toifali rezervda bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar bir yilda ko‘pi bilan uch marta
o‘quv harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Ushbu harbiy yig‘inlarning umumiy davomiyligi bir yil
mobaynida o‘ttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ikkinchi toifali rezervda bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan ikki marta o‘quv
harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Ushbu harbiy yig‘inlarning umumiy davomiyligi bir yil
mobaynida o‘n besh sutkadan oshmasligi kerak.
332. Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan
o‘tkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yig‘inlarga bir yil davomida ko‘pi bilan ikki oy muddatga jalb
qilinadi.


333. Harbiy yig‘inlarning boshlanish vaqti deb rezervchining mudofaa ishlari organidan harbiy
yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga jo‘nagan kun, ularning tugash vaqti deb esa rezervchining harbiy qism
komandiri tomonidan berilgan yozma buyruqda ko‘rsatilgan mudofaa ishlari organiga yetib kelgan
kun hisoblanadi.
334. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan rezervdagi
harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
335. Rezervda turuvchi fuqarolarni harbiy kiyim-kechak kiyib yurish huquqidan mahrum etish
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
336. Rezervda turuvchi fuqarolarni harbiy kiyim-kechak kiyib yurish huquqidan mahrum etish,
harbiy unvondan bir pog‘ona pasaytirish, harbiy unvoniga qayta tiklash to‘g‘risidagi taqdimnomalar
vazirliklarning hududiy vakolatli organlari rahbarlari tomonidan kiritiladi va tegishli vazirlikning
rahbariga qaror qabul qilish uchun yuboriladi.

Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling