Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarishlash uchun ta’tillar berish tartibi


Download 467.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/56
Sana18.06.2023
Hajmi467.11 Kb.
#1598316
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
PQ-4447-сон 12.09.2019 (1)

6-§. Homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarishlash uchun ta’tillar berish tartibi
280. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish, bolani parvarishlash uchun
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ta’til beriladi.
Bunda ularga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va
kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
281. Bola (bolalarni) asrab olgan ayol harbiy xizmatchiga O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi.
282. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pul ta’minoti saqlangan holda,
bolani parvarishlash ta’tili esa pul ta’minoti saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda beriladi. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va
tug‘ish ta’tili ularning bildirgisi va tegishli tibbiy muassasalarning ma’lumotnomalariga asosan
beriladi. Ayol harbiy xizmatchilar bolani parvarishlash uchun berilgan ta’til muddati tugamasdan
xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Qonunchilikda belgilangan alohida hollarda bolani parvarishlash ta’tili erkak harbiy
xizmatchilarga ham berilishi mumkin.
283. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari vaqti harbiy unvonlar, oddiy askar, serjant va ofitserlar
tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga umumiy ish staji uchun foizli ustama haq to‘lash, uzluksiz
xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lash, shuningdek og‘ir iqlim sharoitli joylarda xizmat
qilganini hisobga olgan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Ayol harbiy xizmatchilarning farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun
jami uch yildan ko‘p bo‘lmagan ta’tilda bo‘lish vaqti oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi
lavozimlaridagi xizmat umumiy ish staji uchun foizli ustama haq to‘lash, shuningdek og‘ir iqlim
sharoitli joylarda xizmat qilganini hisobga olmagan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga
qo‘shib hisoblanadi. Bunda xizmat muddati uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini
to‘lashda ularga qo‘shib hisoblanmaydi.
284. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi. Homiladorlik va
tug‘ish ta’tili oldidan yoki bevosita undan keyin ayol harbiy xizmatchilarga ularning xohishiga ko‘ra
joriy yil uchun navbatdagi ta’til beriladi.
285. Bolani parvarishlash uchun ta’til tugaydigan yildagi navbatdagi ta’til kalendar yilning
oxirigacha bu ta’til tugagan kundan boshlab kalendar yilining oxirigacha bo‘lgan vaqtga
proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ikki yarim kun hisobida hisoblanadi va ushbu
Nizomning 
250-bandida 
belgilangan talablar hisobga olingan holda beriladi.
286. Ayol harbiy xizmatchilar kasal bolani parvarishlash uchun tibbiy muassasaning tegishli
hujjatlari bilan tasdiqlangan butun davr uchun maoshi saqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
287. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan erkak harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘i
tug‘ruq vaqtida vafot etgan taqdirda, shuningdek agar u o‘n to‘rt yoshgacha (nogironligi bo‘lgan
bolani o‘n olti yoshgacha) bo‘lgan bir yoki bir nechta bolalarni onasisiz (u vafot etgan yoki halok
bo‘lgan, onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat davolash muassasasida bo‘lgan va
bolalarga onalik parvarishi berilmagan boshqa holatlarda) tarbiyalayotgan bo‘lsa, uning iltimosiga
ko‘ra uch oygacha muddatga bir marta qo‘shimcha ta’til beriladi.



Download 467.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling