6-bob. Reyting natijalari asosida mas’ul xodimlar faoliyatini baholash
24. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va pedagog xodimlari faoliyatini baholash umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari asosida ishlab chiqilgan reyting natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari (keyingi o‘rinlarda — hokimlar va ularning maslahatchilari) faoliyatini baholash uchun reytingni aniqlash mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Hokimlar va ularning maslahatchilari faoliyatini baholash bo‘yicha reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun Ta’lim inspeksiyasiga:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan;
mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun tegishli mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘lar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladi.
27. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingi asosida tumanlar (shaharlar) reytingi, tumanlar (shaharlar) reytingi asosida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar reytinglari aniqlanadi.
Reytingda yuqori natijaga erishgan hokimlar va ularning maslahatchilari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
28. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasida besh yil mobaynida saqlanadi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |