Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlashni tashkil etish


Download 0.96 Mb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlashni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar




Ijrochilar




Tadbirlar




Muddatlar






















1-bosqich




Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tegishli hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlarini o‘tkazish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ishchi guruhlar tuzish.




Har yili 20-yanvar qadar




Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




2. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallarni Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga (monitoring.tdi.uz) joylashtirish.




Har yili 1-fevralga qadar






















2-bosqich




Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari




1. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallarga ma’lumotlar kiritish hamda ularni hududiy bo‘linmalarga taqdim etish.




Har yili 25-aprelga qadar




Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda tizimida umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik
va idoralarning hududiy bo‘linmalari




2. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallarni asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda maxsus platformaga joylashtirish.




Har yili 1-mayga qadar






















3-bosqich




Ishchi guruhlar




Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlarini o‘tkazish.




Har o‘quv yili davomida






















4-bosqich




Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari natijalari hamda hisoblash metodikasi asos�da umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash.
2. Reyting natijalarini ommaviy axborot vositalarida va Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.




Har yili
1-sentabrga qadar










Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash
METODIKASI

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingi orqali baholash mezonlari va hisoblash
METODIKASI


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga
2-ILOVA
Akademik litseylar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom akademik litseylarning faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini (keyingi o‘rinlarda — reyting) aniqlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari hamda boshqa harbiylashtirilgan yo‘nalishdagi akademik litseylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Reyting O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) tomonidan har yili aniqlanadi.
3. Reytingni aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
2-bob. Reytingni aniqlashning maqsad va vazifalari
4. Akademik litseylar reytingini aniqlash mazkur ta’lim muassasalarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish, o‘qitish sifati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishish hamda ta’limning keyingi bosqichi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
akademik litseylar faoliyati samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritish, ko‘rsatkichlari past bo‘lgan litseylarning faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taqdim etish;
keng jamoatchilikni akademik litseylar faoliyati hamda o‘quv-tarbiya jarayonlarining samaradorligi haqida xolis axborotlar bilan ta’minlash.
3-bob. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish
6. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni shakllantirish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida amalga oshiriladi.
7. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida reytingni aniqlash mezonlariga mos ravishda jadvallar ishlab chiqiladi va reyting aniqlanayotgan yilning 10-dekabr sanasigacha Vazirlikka yetkaziladi.
8. Akademik litseylar tomonidan ma’lumotlar 1-fevralga qadar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga (monitoring.tdi.uz) (keyingi o‘rinlarda — maxsus platforma) joylashtiriladi.
Asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
9. Ta’lim inspeksiyasi taqdim etilgan ma’lumotlarni 1-aprelga qadar tahlil qiladi. Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun 10-aprelga qadar maxsus platformaga joylashtiradi.
10. Oliy ta’lim muassasasining mas’ul prorektori va akademik litsey direktori tomonidan ma’lumotlar tasdiqlanib, 1-mayga qadar maxsus platformaga joylashtiriladi.
Maxsus platformaga reyting aniqlanayotgan yilning 1-mayidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus platformaga joylashtirilgan ma’lumotlar bo‘yicha Ta’lim inspeksiyasi asoslantiruvchi hujjatlar so‘rab olishi mumkin.
Asoslantiruvchi hujjatlari taqdim etilmagan ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling