Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
XIV. Chorrahada harakatlanish
Download 1.63 Mb.
|
yo\'l harakati
- Bu sahifa navigatsiya:
- XV. Tartibga solingan chorrahalar
XIV. Chorrahada harakatlanish
96. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak. 97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. 98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart. Oldingi tahrirga qarang. Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega. (98-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) XV. Tartibga solingan chorrahalar 99. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o‘zaro ushbu qoidalarga amal qilishlari kerak. 100. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 102. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yo‘nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo‘l belgisi) bo‘lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart. 103. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling