Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
XIII. To‘xtash va to‘xtab turish
Download 1.63 Mb.
|
yo\'l harakati
XIII. To‘xtash va to‘xtab turish
88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomoni yoqasida, u bo‘lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatilgan hollarda trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. Oldingi tahrirga qarang. Aholi punktlaridagi ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. (88-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to‘xtashlari mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 89. Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi. (89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) Qatnov qismining ayrim kengaytirilgan joylarida boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda qo‘yishga ham ruxsat etiladi. Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 5.15 yo‘l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda ruxsat etiladi. 90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi. 91. Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa; tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida; bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab turish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda; piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismining xavfli burilishlarida; loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l do‘ngliklari yaqinida; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kam masofa qolganda (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab (etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash bundan mustasno); transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda; 3.27 yo‘l belgisi yoki 1.4 yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida. Oldingi tahrirga qarang. 5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno. (91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son) 92.To‘xtab turish taqiqlanadi: to‘xtash taqiqlangan joylarda; aholi yashash joylaridan tashqarida 2.1 yo‘l belgisi bilan belgilangan yo‘llarning qatnov qismida; temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada; 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari yoki 1.4, 1.10 yo‘l chiziqlari ta’siri doirasida. Oldingi tahrirga qarang. 5.15 va 7.17 yo‘l belgilari yoki 1.24 yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno. (92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son) 93.To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak. 94. Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi. 95. Transport vositasining o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan keyingina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling