Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida
Download 1.63 Mb.
|
yo\'l harakati
XXVII. Yuk tashish
160. Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. 161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to‘g‘ri joylashganligiga va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak. 162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi: agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko‘rinishini cheklamasa; transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa; tashqi yoritish asboblari va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarini, shuningdek qo‘l bilan beriladigan ishoralarni ko‘rishni to‘smasa; Oldingi tahrirga qarang. (avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda) yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa; (162-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof-muhitni iflos qilmasa. Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi harakatlanishni to‘xtatishi shart. 163. Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong‘i vaqtda va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. 164. O‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi bo‘yicha yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi bo‘yicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. (164-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi. Avtomobil transportida mamlakatlararo yuk tashish transport vositalariga qo‘yiladigan talablarga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda o‘rnatilgan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling