Qarori yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 1.63 Mb.
bet35/39
Sana09.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1760250
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
yo\'l harakati

2. Boshqaruv qurilmasi
2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak:

Transport vositasining
toifasi


Yo‘l qo‘yilgan lyuft ko‘rsatgichi (gradusda)

M1

100

M2, M3, N1

200

N2, N3

250

2.2. Detal va bog‘lamlarning Konstruksiyada ko‘zda tutilmagan qo‘zg‘alishlari bor. Rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan yoki o‘rnatilgan usulda qotirilmagan. Rul kolonkasining qulflovchi moslamasi ishlamasa.
2.3. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa.
2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo‘lgan qismlar o‘rnatilgan, shu transport vositasi turida ko‘zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo‘llangan bo‘lsa.
3. Tashqi yoritqichlar
3.1. Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa.
Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa.
3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa.
3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan bo‘lsa.
3.5. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchalarning o‘rnatilishi, ularning mahkamlanishi va yorug‘lik ishoraning ko‘rinishi belgilangan talablarga javob bermasa.
3.6. Transport vositasida quyidagilar:
old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilish ko‘rsatgichlari, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
orqa qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilish ko‘rsatgichlari, qizil rangdan boshqa rangli boshqa tashqi yoritqichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
yon qismida — sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli yoritqichlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling