Qarorlar birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarni qondirish uchun qabul qilinadi


Download 96.99 Kb.
bet8/8
Sana14.02.2023
Hajmi96.99 Kb.
#1197282
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Menejment.pdf

Boshqaruv – bu tashkilot maqsadlarini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’lida rejalashtirish, tashkil etish, motivlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish jarayonidan iborat.
Belgilangan maqsadlarni yakka insonlar, hattoki mustaqil faoliyat ko’rsatadigan bir necha insonlar ham, bajara olmasligi oqibatida tashkilotlar paydo bo’ladi. Menejerlar quyidagi uchta vazifani bajarish uchun tashkiliy faoliyat bilan shug’ullanadilar. Birinchisi tashkilot faoliyatining samaradorligini va sifatini oshirishdan iborat. Faqat tashkilotlarda sinergik samaradorlikdan foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi.

Ikkinchi vazifa javobgarlikni belgilash zaruriyati bilan bog’liq. Insonlar o’zlarining xizmat burchi bilan bog’liq mas’uliyatlarini tushunsalar, ularning faoliyat samaradorligi yuqoriroq bo’ladi. Bundan tashqari kimga hisobot berish va kimdan topshiriq olishni, kim nazorat qilishni xodimlar yaxshi bilishlari lozim.


Har bir xodim o’zi ishlaydigan tashkilotning hokimiyat strukturasi
bilan tanish bo’lishi foydadan xoli emas. Turli toifadagi hokimiyat

organlarining o’zaro munosabatlari hamma uchun, tashkiliy strukturaning qo’yi


pog’onasidan tortib, oliy rahbariyatga tushunarli bo’lishi lozim.
Uchinchi vazifa aloqa kommunikatsiyalarini soddalashtirish. Rasmiy kommunikatsiyalar tashkilotning boshqaruv strukturasiga mos bo’ulishi lozim. Kommunikatsion jarayon tashkilotning barcha xodimlarini qamrab
oladi.

SAMARADORLIKKA KOMPLEKS YONDASHUV


Boshqaruv samaradorligi ko’p jihatdan korxonaning ishlab–chiqarish samaradorligi bilan o’xshashdir. Lekin ishlab–chiqarishni boshqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda boshqariladigan ob’ektning samaradorlik darajasi asosiy iqtisodiy baholash mezoni hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv samaradorligi muammosi – boshqaruv iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, u quyidagilarni o’zida aks ettiradi:


■ boshqaruv potentsialini, ya’ni boshqaruv sistemasi foydalanadigan resurslar yig’indisini hisoblash. Boshqaruv potentsiali moddiy va ma’naviy shakllarda namoyon bo’ladi;





  1. tashkil etish, kerakli texnologiyani joriy etish va boshqarish funktsiyalarini bajarilishini ta’minlash uchun xarajatlarni aniqlash;




  1. boshqaruv mehnatining mazmunini va mohiyatini aniqlash;

  2. boshqaruv samaradorligini aniqlash.

Samaradorlik – bu boshqaruv sistemasining va jarayonining tashkilot faoliyatini kerakli natijasini ta’minlash qobiliyatidir, ya’ni boshqaruv unsurlarini o’zaro munosabatlarining integratsiyalashgan natijasidir.
Boshqaruv samaradorligi ishlab chiqarish samaradorligida namoyon

bo’ladi.Menejer faoliyatining samaradorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi, ya’ni: muayyan ishni bajara


olish qobiliyati, ishlab chiqarish vositalari, personalning va jamoani ijtimoiy faoliyatining jihatlari, tashkilotning madaniyati. Ushbu hamma omillar integratsiyalashgan ko’rinishda ta’sir qiladi.
Download 96.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling