Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet114/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

0‘quv maqsadi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosa- batlarining iqtisodiy asoslari, qishloq xo‘jaligida qiymat qonunining harakat qilishi, bozor iqtisodiyotida mahsulotlaming, xizmatlaming baholarini belgilash tartibini aniqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining, xizmatlariuing baholarini amaldagi darajasi, dinamikasini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari baholari, sanoat mahsulotlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni aniqlash, davlat buyurtmalariga o‘matiladigan baholar haqidagi bilimlami o‘rgatishdan iborat.
Tayanch iboralar: Tovar-pul munosabatlari, baho (narx), xizmat­lar, mahsulot bahosi, sanoat mahsulotlar bahosi, nomutanosiblik, davlat buyurtmasi, dotatsiya va subsidiya


  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlari

Baho(narx) - bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan biri. Iqtisodiy adabiyotlarda '‘baho” tushunchasining bir qancha belgilari mavjud.


Baho - tovar qiymatming puldagi ifodasi. Qiymat tovar ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari bilan belgilanadi, ya’ni mehnat tabiatiga ega. Biroq, bunday belgilash tabiiy cheklashlarga ega, chunki baho faqat mehnat mahsulotlariga qo‘llanadi. Shunga asosan, inson mehnatning mahsuli bo‘lmagan predmetlarga, yer mahsulotiga bunday narxlami qo‘llab bo‘lmaydi. Ana shunday yondashuvga muvofiq, ular mehnat o‘tmish qiymatiga, demak bahoga ega bo‘lmaydi.
Baho - bu qimmatliklammg pul shaklidagi ko‘rinishi va u almashuv jarayonida hosil bo‘ladi. Bunday shakllanishda baholarnmg ikkita shakli ajratiladi: birinchidan, tovar narxining u iste’mol ob’yekti sifatida ega bo‘lgan qimmatlilik, foydalilik bilan bevosita aloqasi ta’kidlanadi; ikkinchidan, tovaxning bahosi uni pulga yoki boshqa tovarga almashtirilgandagina iqtisodiy mohiyati sifatida yuzaga chiqadi. Bozorlarsiz, oldi-sottisiz baho haqida gapirilmaydi, baho (narx) ni faqat bozor belgilashga qodir. Tovaxning bahosi - bu xaridor ma’lum iste’mol sifatiga ega bo‘lgan tovarga to‘lashga tayyor bo‘lgan pul miqdori. Bahoni belgilashga bunday yondashuv anchagina universal va maqbuldir.
Narxlar xalq xo‘jaligi tarmoqlarining oziq-ovqat bozorlarini to‘ldirish orasida ustuvor va samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga almashuv ekvivalentUgini ta’minlashini talab qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘mini to‘ldirish ham, daromad ham (mahsulot) narxga bog‘liq. Baholaming yuzaga kelgan darajasi qishloq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida ishlab chiqarish rentabelligining past darajasini asoslaydi.
Bozor sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yuqori samaradorligi faqat baho va baholami shakllantirishning iqtisodiy asoslangan tizimi mavjud bo‘lgandagina mumkin, chunki baholar nafaqat bozor muvozanatiga, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va har bir tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy imkoniyatlari muvozanatiga ham bog‘liq.
Tovar ishlab chiqaruvchi uchun realizatsiya (sotish) baholari daromad olishga va takror ishlab chiqarishga imkon berishi muhim. Biroq, hozir qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqatlaming ko‘plab turiga hamma vaqt ham rentabellikning zarur darajasini ta’minlayvermaydigan, ko‘pincha, ayniqsa, chorvachilikda sarflangan mehnatga haq to‘lash va moddiy xarajatlami to‘ldirish imkonini bermaydigan narxlar amalda bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga taqqoslanganda, o‘ta nomutanosib baholar yuzaga keladi. 1990-2009 yillar uchun sanoat mahsulotlari bahosi 25,6 marta o‘sdi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariniki esa 7,8 marta ortdi, holos. Shu tariqa narxlar dispariteti paydo bo‘ldi va chuqurlashdi.
Disparitet, shu darajaga yetdiki, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarining awaigi shakllangan narxlar nisbatini hatto uzoq muddatda ham davlatning aralashuvisiz tiklashning ilojisi bo‘lmay qoldi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bahosini tartibga solishda davlatning roli ortishi kerak.
Baholar funksiyalari uning iqtisodiyotda o‘ynaydigan rolini xarakterlaydi. Uning dastlabki vazifasi - o‘lchovchi. Baholaming sharofati bilan tovaming qiymatini o‘lchash, belgilashga imkon tug‘iladi.
Baho (narx) o‘lchovchi sifatida hisoblash vazifasini olib boradi. Tovaming son va sifat ko‘rsatkichlarim pul birligida o‘lchanadigan moddiy ashyoviy ifodadagi ko‘rsatkichlarga o‘girilganda narx hisoblash vositasiga aylanadi. Narxlar yordamida hamma qiymatli ko‘rsatkichlar hisoblab chiqiladi: yalpi va tovar mahsulotlar, yalpi va sof daromad, tannarx, foyda va boshqalar.
Narx tartibga soluvchi vazifasini bajarishi mumkin. Bozor iqtisodiyotida narx - talab va taklifni muvofiqlashtirish imkonini beruvchi asosiy vosita. Narxlarning ortishi yoki pasayishi talab va taklifhing tenglashishiga olib keladi va shu bilan birga tovar chiqarilishining ko‘payishi yoki qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Narxlarning taqsimlovchi vazifasi shundaki, davlat narx shakllanishi orqali milhy daromadlami xalq xo‘jaligi tarmoqlari, mintaqalar, jamlash va iste’mol fondlari, aholining ijtimoiy guruhlari orasida qayta taqsimlashni amalga oshiradi. Bu fiinktsiya naixni qiymatdan ortishi, shuningdek, tannarxga, keyinchalik yo‘l fondiga, pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy sug‘urta, aholi bandligi fondlari va boshqalarga jamg‘arish manbasiga aylanuvchi, ko‘pgina soliqlami qo‘shish bilan amalga oshiriladi.
Rag ‘batlantiruvchi vazifasi shunda ko‘rinadiki, narx ma’lum sharoitlarda mahsulot chiqarishni va uning sifati ortishini (narx o‘sishi) rag‘batlantira oladi.
Shu tariqa, narx - bozor iqtisodiyotining nafaqat asosiy elementi, balki, vositasi, iqtisodiy jarayonlami boshqarishning qudratli dastagi hamdir. Narx (baho) - ob’yektiv kategoriya, uning kattaligi qiymat, talab va taklif qonuniyatlarining harakati (ta’siri)ga asoslangan. Ularda tovarlarga ijtimoiy xarajatlar, ularga bo’lgan talab va takliflar aks etadi.
Narxlarning shakllanish mexanizmi o‘zida yangi narxlarning shakllanishi va narxni shakllantiruvchi omillar ta’sirida amaldagisining o‘zgarishini aks ettiradi. Narxlarning shakllanishiga ikki xil yondashuv: xarajatli (ishlab chiqariladigan) va bozor narxi farqlanadi. Birinchi holatda tovar narxini belgilash asosiga uni ishlab chiqarish bilan bog‘liq ishlab chiqarish xarajatlari qo‘shib yuboriladi; ikkinchisida belgilovchi bozor kon’yunkturasi, tovarga talab va taklif bo'ladi.
Narxni shakllantirishning xarajatli metodining mohiyati shundaki, bunda tovaming bahosi mahsulot birligini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga pul shaklida qilingan xarajatlami bildiruvchi ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bogliq bo‘ladi. Biroq, bunday yondashuvga muvofiq tovar bahosi mahsulot birligini ishlab chiqish va realizatsiya xarajatlariga teng summada qabul qilinadi, deb xulosalab bo‘lmaydi. Narxni shakllantirishning xarajatli mexanizmi ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xarajatlami qoplabgina qolmay, ma’lum foyda ham olish kerakligini hisobga olgan holda quriladi. Xarajatli yondashuvga asosan aniqlanadigan mos holdagi narx formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
N=X+D,
bunda X - tovar birligi ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga ketgan o‘rtacha xarajat, so‘m; D - ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tovar birligiga olgan daromad, so‘m.
Narx shakllanishi bozor metodinmg mohiyati shundaki, narx ikki tomonning manfaatlari erkin bozorda to‘qnashgan sotuvchi va xaridoming talab va takliflarini tenglashtirish asosida belgilanadi. Bunday baho “bozor bahosi (narxi)” nomini olgan.
Ushbu jarayonni don (g‘alla) ekinlari misolida ко‘rib chiqamiz. Ekishga qadar ishlab chiqaruvchilar rasmiy manbalardan olingan marketing axborotlari yordamida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va birja ma’lumothn asosida g‘allaga bo‘ladigan talab darajasini bashorat qiladi. Bu ular stol atrofida o‘tirib, egri talab va takliflami hisoblab chiqadi, degani emas. Ular o‘tgan yilgi don zahirasi va bu yilgi hosildan qanchasi bozorga chiqarilishi mumkinligini, chorvachilik, eksport va qayta ishlash uchun g‘allaga talab qanday bo‘lishi mumkinligini baholaydilar. Shundan keyin egri talab va takliflar ishlay boshlaydi. Ishlab chiqaruvchilar yalpi yig‘imni rejalashtiradi, iste’molchilar esa qancha g‘alla sotib olishni belgilaydi. Ehtimohy takliflar hajmi bashorat qilingan talabga taqqoslanadi, natijada g‘allaga kutilayotgan narx shakllanadi (Nb). Bu narxlardan sotish haqidagi kelishuvlarda foydalaniladi, elevatorlarga kelgusidan keltirish shartnomalarida ifodalanadi. 0‘stirish mavsumida egri talab va takliflami surilishini keltirib chiqaruvchi boshqa omillar ham kelib chiqib, o‘z navbatida g‘allaning bozor bahosiga ta’sir etishi mumkin (gap inqiroz tufayli narx o‘sishi haqida ketayotgani yo‘q). Kutilayotgan hosil haqidagi bashoratlaming kelib tushishiga qarab narx ham o‘zgaradi. Masalan, vegetatsiya davrida tuproqda namlikning yetishmasligidan hosil kutilganidan past bo‘ladi, demak, egri taklif chapga suriladi va narx oshadi. Chorvachilikda mahsulot narxining tushishi har bosh mol sonini qisqarishiga olib kelishi mumkin, bu esa ozuqaga talabni pasaytiradi.
Qishloq xo‘jaligida narxlash davrining davomiyUgi ishlab chiqarish jarayonining uzunligiga bog‘liq. Masalan, broyler parrandachiligida narxlash davrini bir necha oy eg‘allaydi, ko‘pchilik dala ekinlarini yetishtirish uchun esa bir yil kerak bo‘ladi. Go‘sht chorvachiligida narxlash sikli olti yilgacha, chorva molini yetishtirish va bo‘rdoqiga boqish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda davom etadi. Bunday hollarda bozoming taklifga kechikish reaksiyasini kuzatish mumkin va bu tez-tez kuzatiladi.
Tabiiy, ishlab chiqaruvchilar mahsulotga bozor narxi eng yuqori bo‘lgan vaqtni tanlashga urinadilar. Bu eng past holatda tez buziluvchi mahsulotlarga, eng yuqorisida - sifati buzilmasdan uzoq vaqt saqlash mumkin bo‘lgan g‘allaga tegishli. Realizatsiya muddatlarini tanlash ehtimoli bo'yicha oraliq holatni mol va broyler go‘shtlari egallaydi.
Bozor bahosining darajasi va dinamikasiga talab va takUfiiing baho elastikligi singari omillar katta ta’sir o‘tkazadi.
Talabning baho elastikligi iste’molchilaming narx o‘zgarishiga ta’sir darajasini ko‘rsatadi:

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling