Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet116/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

261


Go‘sht (tirik vaznda)


4550


4600


4700


5200


5700


Sut


410


440


458


688


734


Parranda, tirik vaznda, jami


2900


3300


3600


3800


4000


Tuxum, ming dona


158,4


160,3


175,4


239,5


220,8

Ulguiji savdo, deb ataladigan sharoitlarda yirik partiyalar bilan sotiladigan mahsulotlar narxi ulguiji deyiladi. Odatda ulguiji narxlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlami yo bir-birlariga yoki savdo tashkilotlariga sotadilar.


Chakana baholar, deb tovarlar chakana savdo tarmoqlari orqali sotiladigan baholarga aytiladi. Chakana narxlar bo‘yicha odatda, tovarlar kamroq hajmda aholiga va undan ham kamrog'i korxonalarga realizatsiya qilinadi. Chakana baholar muomala xarajatlari hisobiga qoplanadigan miqdori bilan ulguiji naixdan yuqori va chakana savdoni tashkil etishdan foyda olinadi.
Xarid narxi - bu davlatning qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilaridan o‘z ehtiyoji uchun sotib oladigan narxi (paxta va g‘alla, hamda pilla).
Faoliyat turi sifatida taqdim etiladigan, moddiy-ashyoviy mahsulot yaratmaydigan, lekin mavjud mahsulot sifati o‘zgaradigan xizmatlarning narxlari ma’lum o‘ziga xoslikka ega. Turli xildagi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xizmatlariga (transport, kommunal, aloqa va b.) belgilanadigan narxlar tariflar deyiladi.
Shartnoma asosida (kontraktli) narxlar tomonlaming kelishuvi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, sotuvchi va xaridor shartnoma-kontrakt
tuzib, ulaming darajasini aniqlaydi. Qator holatlarda shartnomada narxlaming mutlaq miqdori emas, ulaming yuqori yoki pastki darajasi yohud boshqa narxlar bilan aloqasi ko‘rsatiladi. Shuningdek, inqiroz sharoitida, yangi qonunlar qabul qilinishidan narxlaming o‘zgarishi ham ko‘zda tutiladi.
Erkin (bozor) narx davlat organlarining bevosita narxga aralashuv- laridan ozod bo‘lib, bozor kon’yunkturasi, talab va takliflar ta’sirida shakllanadi. Qayd etilgan davlat narxlarining erkin bozor narxlariga o‘tishiga narxlaming liberallashuvi deyiladi.
Narx monopoliyasi. Odatda, monopoliyalar o‘z tovarlariga yuqori, sotib olingan tovarlarga past narx qo‘yadilar. Monopoliya bahosi davlat tomonidan tartibga solinmaydi.
Vaqt ta’siri bo‘yicha narxlar quyidagilarga bo‘linadi:
  • shartnomaning hamma amalda bo‘lish muddatida o‘zgarmaydigan doimiy (mustahkam);


  • bitta shartnoma doirasida o‘zgaruvchi va bozordagi vaziyatlar o‘zgarishini aks ettiruvchi joriy;


  • ma’lum davr mobaynida (chegarasida) amalda bo‘luvchi mavsumiy.


Iqtisodiy tahlilda va statistikada taqqoslama narxlardan keng foydalaniladi.


Taqqoslama narxlar - qaysidir bir holdagi bazaga yoki yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmini qiymatda ifodalab taqqoslanadigan yagona mamlakat narxlari.
Ko‘pincha narx turi bozorda shaldlanadigan turdan belgilanadi. Shu belgi bilan biija, auktsion, komission narxlar ajratiladi.
Turli mamlakatlarda bir xildagi tovarlarga turlicha narxlaming mavjudligi jahon narxi, ya’ni jahon bozori narxidan foydalanish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Jahon narxlari o‘zida yo butun jahon bozorlarida amalda bo‘lgan haqiqiy narxlami yoki xalqaro savdo olib boruvchi tashkilotlaming ma’lum davrda tan olgan narxlarini aks ettiradi.
Tartibga solinadigan narxlami davlat nazorat qiladi. Tartibga solishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Bevosita tartibga solish qayd etilgan, chegaralangan narxlami, qo‘shimchalar, narx o‘zgarishining chegaraviy koeffitsiyentlari, rentabellikning chegara darajalarini belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bilvosita tartibga solish soliqlar va foiz stavkalarining o‘zgarishi orqali nandarga ta’sir etishni ko‘zda tutadi.
Bugungi kunda bozor narxlari chorvachilikning deyarli hamma, o‘simlikchilikning esa alohida turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarish zarar keltirayotgan darajada, ya’ni tannarxdan past. Shundan davlat organlari tomonidan o‘matiladigan tartibga solinadigan narx darajasida, hech bo‘lmasa, ishlab chiqarishning minimal rentabelligiga erishish ehtiyoji kelib chiqadi. Tartibga solinadigan narxlarning turlichaligi - maqsadli va kafolatlangan narxlardir.
Maqsadli narxlami hukumat sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsu­lotlarining paritetli tenglashtirilishini ta’minlash, soliq olish va boshqa to‘lovlar tufayli kelib chiqqan sarflami qoplash, qishloq xo‘jaligi ishchilarining iqtisodiyot tarmoqlari ishchilari o‘rtacha daromad olishlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yetarlicha daromad olish. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga maqsadli narxlar kafolatlangan narxlami, qishloq xo'jalik mahsulotlarining garovida garov stavkalarini belgilash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga dotatsiya va kompensatsiyalami hisoblash uchun asos sifatida foydalaniladi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlariga kafolatlangan narxlar, agar o‘rtacha bozor narxi kafolatlangandan past bo‘lsa, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita davlatga sotganda yoki tovar ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilganda qo‘llaniladi. Ular maqsadli narxlar asosida hisoblab chiqiladi va davlat organlari tomonidan belgilanadi. Kafolatlangan narxlar qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarini takror ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yetarli bo‘ladigan daromad olishni davlat tomonidan qo‘llanadigan boshqa shakllarini hisobga olgan holda ta’minlashi kerak. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati, uning realizatsiya hajmi (kvotasi) kafolatlangan narx darajasi va ulami qo‘llash tartibi hukumat tomonidan belgilanadi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi aloqalaming ikki turi bor. Birinchisi - bozor yordamida tovar ishlab chiqarish va muomala qonunlariga mos ravishda amalga oshiriladigan almashtirish sifatida; ikkinchisi - ishlab chiqarilgan mahsulotlaming talab va balans tuzilishini (hisobga olgan holda) o‘rganib taqsimlash. Birinchi holatda bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi munosabatlar tizimi sifatida maydonga chiqadi; ikkinchisida - aloqa taqsimlovchi organlar qiyofasidagi vositachilar orqali ifodalanadi. Shu bilan birga yetakchi rol mahsulot ishlab chiqaruvchiga tegishli bo‘ladi.
Dastlab, bozorga bo‘shliqdagi savdo operatsiyalari amalga oshi- riladigan aniq joy sifatida qaralgan. Mehnatni ajratish va tovar ishlab chiqarishning chuqurlashuvi bilan bozor tushunchasi yanada murak- kabroq ahamiyat kasb eta boradi.
Bozoming quyidagi belgilari mavjud. Bozor - bu tovar, mahsulot, ish yoki xizmatlaming realizatsiya qilinishi bois yuzaga keladigan almashuv sohasidagi iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
Shunday qilib, bozor bozor (kapitalistik) iqtisodiyoti sharoitida ham, rejali iqtisodiyot sharoitida ham birdek mavjud bo‘ladi. Farq shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida almashish bevosita ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida amalga oshiriladi, rejali iqtisodiyotda esa bu jarayon davlat tomonidan bajariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi sohasida davlatning ishtiroki, savdo va sanoat tarmoqlaridagidan farqli ravishda, mavjud- ligicha qolmoqda. Shu bilan birga, bozor sharoitida almashish jarayoni qatnashchilarining iqtisodiy erkinligi saqlanib qoladi: ishlab chiqaruvchi, chiqariladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tarkibi va strukturasini, moddiy texnik resurslar ta’minotchisini, sotish bahosini o‘zi tanlaydi.


  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari


baholarini takomillashtirish va raqobat muhitmi shakllantirish
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida bozor munosabatlariga o‘tish zarurati quyidagi omillarga asoslanadi:
  • mamlakat iqtisodiyoti ma’muriy choralarga emas, tovar-pul munosabatlariga asoslanadigan bozor munosabatlariga o‘tishi bilan;


  • awal amalda bo‘lgan, ishlab chiqaruvchilarga ham, xaridorlarga ham iqtisodiy erkinlik chegaralanishida ko‘rinadigan agrosanoat kompleksini boshqarish tizimining samarasizligi bilan.


Bozor strukturasi - bu bozor raqobati mavjud bo‘lgan shart-sharoit. U o‘ziga firma (korxona, tashkilot) laming soni va hajmini, mahsulot turi, narxlar ustidan nazorat darajasini, tarmoqqa kirish va chiqish shartlarini, axborotlar imkoniyatlarini qo‘shib oladi.


Bozor mexanizmi - bu bozor muvozanatining talab va taklif orasida shakllanishi. Bozor mexanizmining asosiy elementlari: talab, taklif, raqobat, narx.
Talab - aniq bozorda, xaridor uchun to‘g‘ri keladigan narxda sotib olinishi mumkin bo‘lgan ma’lum nomenklaturadagi tovarlar soni.

Taklif- sotuvchi uchun maqbul narxda, aniq bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan ma’lum nomenklaturadagi tovarlar soni.


Raqobat - tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchining ko‘proq daromad olish maqsadida o‘z mahsulotlarini foydaliroq sharoitda ishlab chiqarish va sotish uchun raqobatlashuvi. Mahsulotini realizatsiya qiladigan alohida korxona bozorga qanchalik kam ta’sir o‘tkazsa, bozor shunchalik raqobatli hisoblanadi.
Narx (baho) - tovar qiymatining puldagi ifodasi, mehnatning uni ishlab chiqarishga qilgan xarajati jamiyat zaruriyatiga ko‘ra aniqlanadi.
Bozor sharoitida aholi sotib olishi mumkin bo‘lgan narx o‘zgarishi va tovar miqdori orasida ma’lum o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlik iqtisodiy adabiyotlarda talabning narxga nisbatan elastikligi nomini olgan. U xaridorlaming tovar va xizmatlar narxi o‘zgarishiga reaksiyalari jadalligini anglatadi:
  • tovaming uzoq saqlanish xususiyati va saqlash qiymati. Bu demak, uzoq muddat saqlanmaydigan tovar (sut, qatiq mahsulotlari va boshqalar);


  • ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xosligi. Agar korxona narxni oshirib, ma’lum tovar ishlab chiqariHshini kengaytirsa yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishga o‘tsa-yu bu mahsulotning narxini pasaytirsa


  • tovaming taklifi elastik bo'ladi;


  • vaqtinchalik omillar. Korxona (tovar ishlab chiqaruvchi) aniq tovaming narxi o‘zgarganligiga bir zumda javob bera olmaydi. Buning uchun ishlab chiqaruvchi uskunalar sotib olishi, ma’lum xom-ashyolar keltirishi, bankdan kredit olishi kabilar uchun ma’lum vaqt talab qilinadi.


Xaridor tanloviga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar (ushbu tovaming narxidan tashqari) quyidagilar hisoblanadi:


  • iste’molda ushbu tovamining o‘rnini bosuvchi tovarlar narxi;


  • iste’molda ushbu tovami toidiruvchi tovarlar narxi;


  • ushbu tovami sotib oluvchi iste’molchining daromadlari;


  • iste’molchilaming didi va afeal ko‘rishi va hokazolar.





  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling