Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet118/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

0‘quv maqsadi: Qishloq xo'jaligi korxonalarida takror ishlab chiqarish, uning turlari, ulaming korxona ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritish, qishloq xo‘jaligida yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, korxonaning yalpi va pul daromadi, ulaming ahamiyatini hisoblash, tartibini aniqlash, daromadlami hozirgi davrda taqsimlash tartibi, uning takomillashtirilishi, tarmoqning iqtisodiy samaradorligi haqida tushuncha, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ulami aniqlash tartibini o‘rganish, qishloq xo'jaligi dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarining hamda mahsulotlarining rentabellik darajasi, dinamikasini tahlil qilish, tarmoqning yalpi ichki mahsulotini, korxonalaming yalpi va pul daromadlarini hamda foydalarini ko‘paytirish masalalarini o‘rgatish.
Tayanch iboralar: Takror ishlab chiqarish, yalpi ichki mahsulot, yalpi va pul daromadi, yalpi, sof, iqtisodiy foyda, iqtisodiy samaradorlik, dehqonchilik, chorvachilik, rentabellik darajasi.


  1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida takror ishlab chiqarish, uning turlari, ulaming korxona ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmasmi rivojlantirishdagi ahamiyati

Insoniyat jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishning muhim shartlari-moddiy boyliklar ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonidir.


Takror ishlab chiqarish jarayoni bu doimiy aloqadorligi ko'rib chiqila- digan va muntazam yangidan boshlanib turadigan ishlab chiqarish jarayoni.
Jamiyat mahsulotlari yig'indisini takror ishlab chiqarish o‘ziga ishlab chiqarishning muntazam jarayonini, taqsimlash, almashish va iste’mol qismini qamrab oladi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hozirgi zamon ishchisini ijodiy ilmiy- texnika taraqqiyotini o'zlashtirishga qodir xo'jalik ishlab chiqarish tashkilotchisi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishidan iqtisodiy manfaatdor bo‘la oladigan ishchilami tayyorlashda ifodalanadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish ko‘p ukladlilik, demokratiya, bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy mexanizmlami yangilash asosida mulk egaligi munosabatlarini takror ishlab chiqarishni bildiradi.
Takror ishlab chiqarishning uchta turi mavjud:
  1. Siqilgan (toraygan) ishlab chiqarish o‘lchami kamayadi;


  2. Oddiy takror ishlab chiqarish o‘lchami o‘zgarmaydi;


  3. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi silddan-siklgacha o‘sib boradi.


Takror ishlab chiqarishning har bir turi miqdorigina emas, balki sifat tomonlariga ham ega. Toraygan takror ishlab chiqarishda son ko‘rsatkichlari kamayishi bilan bir qatorda sifat parametrlarinmg tanazzulga yuz tutishi va iqtisodda inqiroz paydo bo‘lish tahlili bilan ham izohlanadi. Bunday takror ishlab chiqarish noiqtisodiy tomondan kelib chiqqan (urushlar, siyosiy silsilalar) omillarga ham, iqtisodiy - faoliyatining noto‘g‘ri tanlangan maqsadlari yo tabiiy yoki boshqaruvdagi hato natijasida kelib chiqqan nomutanosiblik omillariga ham birdek bog‘liq bo‘ladi. Toraygan takror ishlab chiqarish alohida tarmoqlarda, hududlarda va yaxlitligicha xalq xo‘jaligida mavjud bo‘lishi mumkin.


Oddiy takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni awalgi son va sifat ko‘rsatkichlarida qoldirilgan holda qayta tuzishni bildiradi. Oddiy takror ishlab chiqarish barqarorlikning iqtisodiy asosi-ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi shartlari sifatida chiqadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, awalgi davrdagiga taqqoslan- ganda katta miqdorda mahsulot yaratish va ijtimoiy ishlab chiqarishida sifat o‘zgarishlari bilan izohlanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarida birinchi navbatda ishlab chiqarish vositalari ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida mukammallashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
  1. Iqtisodiy takror ishlab chiqarish tabiiylik bilan bog‘liq. Qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarishning iqtisodiy jarayonlari o‘simliklar va hayvonlar rivojlanishi bo‘ysunadigan tabiiy takror ishlab chiqarish bilan chatishib ketgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olish muddatlari o‘simlik va hayvonlaming ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq.


  2. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga tabiiy sharoit katta ta’sir o‘tkazadi. Tuproq - iqlim sharoiti korxona xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilaydi va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorhgini oshiradi.


  3. Yer qishloq xo‘jaligidagi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida o‘z moddiy shaklida takror ishlab chiqarilmaydi. Tuproq unumdordigini oshirish-tarmoqdagi kengaytiiilgan takror ishlab chiqarishning so‘zsiz shartidir.


  4. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiylik xarakteri unda ishchi davri va ishlab chiqarish davrining bir-biriga muvofiq kelmasligi bilan bog‘liq.


  5. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish jarayoniga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish muddatlariga mos keluvchi yillik siklning davomiyligi o‘ziga xos bo‘ladi.


  6. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida ham, iste’mol predmeti sifatida ham foydalaniladigan mahsulotlar yaratiladi, shuning uchun qator mahsulotlar navbatdagi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi (ozuqa, urug‘lik, chorva, xom-ashyo).


Qishloq xo‘jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ma’lum sharoitlar zarur. Ulardan eng muhimi- to‘g‘ri iqtisodiy mexanizmni yaratish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaJigining boshqa tarmoqlari orasida tovar almashishida narx paritetini o‘matish, inqiroz sur’atini pasaytirish. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun, ishlab chiqarishda qo‘llanilgan (iste’mol qilingan) mablaglaming natural va qiymat shaklida doimiy qoplab borish va qo‘shimcha resurslar sotib ohsh uchun jamg‘armalar ta’minlanishi talab qilinadi.


Qishloq xo‘jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning so‘zsiz sharti-izchillik bilan ishlab chiqarishni taqsimlash, almashish va iste’mol jarayonlari o‘tadigan vositalaming jarayonlari o‘tadigan vositalaming to'xtovsiz doirasimon aylanishi. Buning uchun koopyeratsiya va agrosanoat integratsiyasi asosida qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining ta’minotchi savdo moliya tashkilotlarining o‘zaro uyg‘unlikdagi ishlari zarur.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, tarmoqni ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradigan ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlashni talab etadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chqarishning manbalari asosiy va aylanma mablaglami toldirish uchun foydalaniladigan o‘z mablaglari va jalb etilgan mablaglar bo‘Ushi mumkin. 0‘z mablaglari manbalarga daromad, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bir qismi (ozuqa uruglik, chorva, xom-ashyo), qarzga banklaming qisqa va uzoq muddatli kreditlari, tovar krediti, jalb etilganga - pay badallari, dotatsiyalar kompensiyalar kiradi.
Qishloq xo'jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ko‘rsatkichlari o‘ta ko‘p sonli, ammo asosiysi yalpi mahsulotning o‘sishi hisoblanadi:

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling