Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet120/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

ASf+AYf
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning bilvosita ko‘rsatkichlari sifatida, ishlab chiqarish fondlarining o‘sishi, ishlab chiqarish quwati, ekin maydonlarining kengayishi, chorva mollari bosh sonining ortishi, ishchilar malakasining oshishi kabilardan foydalanish mumkin.
Qishloq xo‘jaligining tabiiy moddiy shaklidagi yalpi mahsuloti, ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlari ko‘rinishida ifodalangan ishlab chiqarish vositalariga qishloq xo‘jaligiing ichida ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar (urug‘lik ozuqa va boshqalar), shuningdek sanoat uchun xom-ashyo sifatida foydalaniladigan mahsulotlar kiradi. Iste’mol predmetlari — bu yalpi mahsulotning qayta ishlanmasdan bevosita iste’molga tushadigan qismi (sabzavotlar, mevalar, sut, tuxum va hokazo).
Qiymati bo‘yicha qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti ikki qismdan iborat bo‘ladi: ishlab chiqarishning iste’mol qilingan vositalari (S) qiymati va yangidan yaratilgan qiymat (v+m). Umuman, yalpi mahsulot qiymat shaklida quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: c+ v +m (13-rasm).
Takror ishlab chiqarishning asosiy sharti oddiy va kengaytirilgan ishlab chiqarish vositalarining iste’mol qilingan qismini qoplash. Buning uchun xarajatlami qoplash fondi shakllantiriladi. Yalpi daromad shaxsiy iste’mol fondi (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to‘lash) va sof daromadga bolinadi.
  1. Yalpi mahsulot (c+v+m)


  1. Qoplash fondi (moddiy xarajatlar, s);


  2. Shaxsiy iste’mol fondi (mehnatga xaq to‘lash, v);


  3. Byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar.


  4. Yalpi daromad (sof mahsulot, v+m);


  5. Sof daromad (m);


  6. Jamg‘arilgan fond


  7. Ijtimoiy iste’mol jamg‘armalari (bepul ta’lim olish, davolanish, dam olish va boshqalar).


Sof daromaddan byudjetga soliq to‘lash, byudjetdan tashqari jamg‘ar- malarga ajratmalar (nafaqa, ijtimoiy sug‘urta, bandlik va boshqalar), ijtimoiy iste’mol jamg'armasi va jamg‘arilgan fondlami shakllantirish uchun foydalaniladi.


Shu tariqa qishloq xo‘jahgi yalpi mahsulotlarini taqsimlashdan takror ishlab chiqarishning qoplash, iste’mol va jamg‘arilgan fondlari shakllanadi.
Qoplash fondi o‘zida ishlab chiqarish jarayonida, iste’mol qilingan predmet va mehnat vositalari yalpi mahsuloti qiymatining bir qismini ifodalaydi. U amortizatsiya ajratmalarini hisobga oUsh bilan moddiy xarajatlar so‘mmasiga teng.
Iste’mol fondi - yalpi daromadning bir qismi ya’ni mehnatga xaq to‘lash va jamoaning shaxsiy va umumiy ehtiyoj (talab)larini qondirishga ketadigan yangidan yaratilgan qiymat. U mehnatga haq to‘lash fondi va sof daromadning iste’molda foydalaniladigan bir qismidan iborat.
To‘plangan fond, sof daromadning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ajratilgan bir qismi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish, qiymat va natural shaklda amalga oshiriladi. Bu takror ishlab chiqarish fondlariga ham taalluqli. Qishloq xo‘jaligida bu fondlami natural holda shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunda natural-moddiy tarkib bo‘yicha fondlaming sezilarli qismi xususiy ishlab chiqarish mahsulotlaridan shakllantiriladi.
Sarflangan urug‘lik va ozuqa yig‘ilgan hosilning bir qismi bilan qoplanadi. Urug'lik va yem-xashak fondlarining ko‘payishi (jamg‘arilgan fond) ham asosan o‘z mahsulotlari hisobiga ishlab chiqariladi. 0‘rtacha darajada xo‘jalikda natural shaklda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta’minlanadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish iqtisodiy rivojlanishning mezoni bo‘lgan iqisodiy o‘sish kuzatilishini ifodalaydi.
Iqtisodiy o‘sish - bu ijtimoiy takror ishlab chiqarilishining ijtimoiy mahsulotlari va ulami ishlab chiqarish omillarining miqdorini ko‘payti- rish va sifat jihatdan mukammallashtirish ko‘rinishida ifodalangan maqsadli vazifasi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish, yalpi mahsu­lotning mutloq hajmda, ham ahoh jon boshiga, ham ko‘payishi sifatida aniqlanadi. Uning qishloq xo‘jaligidagi asosiy maqsadi - aholini oziq- ovqat mahsulotlari bilan qondirish, uning moddiy farovonhgini oshirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdir.
Iqtisodiy o'sish iste’molining mavjud darajasini pasaytirmasdan, investitsiya hajmini va ishlab chiqarishni qisqartirmay yangi ijtimoiy va iqtisodiy dasturlami amalga oshirishga imkon beradi.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlarini farqlash qabul qilingan.
Ekstensiv turda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarish fondlarining miqdorini orttirish bilan erishiladi. Yer, mehnat ishlab chiqarish fondlari awalgi texnik jihozlanish saqlanib qoladi. Natijada mehnat unumdorligi ortmaydi. Masalan, katta miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olish maqsadida quruq yerlami o‘zlashtirish-bu ekstensiv yo‘l.
Intensiv turi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mukammalroq texnikani, ilg‘or texnologiyani, o‘simlik va hayvonlaming yangi navlari va zotlarini, fan yutuqlarini qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish hisobiga ko‘paytirish bilan xarakterlanadi. Bu holatda mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot sifatining oshishi ishlab chiqarish resurslaridan samaraliroq foydalanish evaziga erishiladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini o‘zlashtirish bilan iqtisodiy o‘sishning intensiv turi ustunlik kasb etadi. Biroq amalda bu turlar sof holda mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun iqtisodiy o‘sishning ikkala turi haqida ham izoh berib o‘tish ma’qul.
Agar mahsulotning o‘sish ulushi o‘sishning intensiv omillari hisobiga olinib 50 % dan oshsa, iqtisod uchun intensiv tur afcal bo'ladi. Va aksincha intensiv omillar hisobiga mahsulot o‘sishining ulushi mahsulotni umumiy o‘sishining 50 % dan kamni tashkil etsa, o‘sishning ekstensiv turi afeal ko‘riladi.
Iqtisodiy o‘sish qator omillar bilan belgilanadi. Iqtisodiy o‘sish omillari deganda, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, o‘sish samaradorligi va sifatini orttirish imkoniyatlarini belgilaydigan holat va jarayonlar tushuniladi.
Iqtisodiy o‘sish omillari quyidagilar:
  • mehnat resurslari soni va sifatining ortishi;


  • asosiy vositalar hajmining о ‘ sishi va sifat tarkibining yaxshilanishi;


  • ishlab chiqarish texnologiyalari va tashkil qilishni mukam­mallashtirish;


  • xo‘jalik faoliyatiga jalb etiluvchi yer resurslarining hajmini oshirish va sifat tarkibini yaxshilash;


  • tadbirkorlikni rivojlantirish;


  • bozomi monopoliyalash darajasini pasaytirish;


  • ishlab chiqarish resurslari narxini pasaytirish;


  • daromadga soliqlami kamaytirish va hokazo.


Iqtisodiy adabiyotlarda ishlab chiqarishning mahsulot qiymatini yaratishda mos holda ishtirok etadigan uch omili nazariyasi - mehnat, yer kapital (ishlab chiqarishdagi asosiy va aylanma mablag‘) keng tarqalgan. Biroq, keyingi yillarda ishlab chiqarish omillarini sharhlash chuqurroq va kengroq tus oldi. Ularga mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ilmiy-texnik jarayonlar kiradi. Dastlabki ikki omil-moddiy qolgan ikkitasi


  • nomoddiy omillarga kiradi, biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida ular yetakchi bo‘lib qoladilar.


Agar ishlab chiqarishning hamma omillaridan to‘liq va o‘ta samarali foydalanilsa, ishlab chiqarishning hayotiy hajmi o‘zining maksimal qiymatiga - ishlab chiqarishning potentsial hajmiga etadi.


Iqtisodiy o‘sish tahlilining asosiy vositalaridan biri ishlab chiqarish vazifasi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ishlab chiqarishning uchta omili zarur: mehnat, yer kapital. Binobarin, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining hajmi mehnat resurslari (M) yer (S), kapital (K) o‘lchamlarida ifodalanadi:
Il-f (M, S, K)
Iqtisodiy o‘sishning vazifasi uchun ishlab chiqarish omillarining, ayrimlarini qoilash samaradorhgi o‘lchanadigan qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular: mehnat unumdorligi, yerdan olinadigan foyda, yer hajmi, qaytimi va fond sig‘imi kabilardan iborat.
Iqtisodiy o‘sish omillari o‘zaro aloqada va chatishib ketgan. Masalan, agar ishchi to‘g‘ri iqtisodiy mexanizm sharoitida, iqtidorli tadbirkor rahbarUgida, zamonaviy uskunalardan foydalansa, mehnat unumdorligi bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning u yoki bu omih ta’sir darajasini aniqlash qiyin.



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling