Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Qishloq xo‘ja!igi korxonalarining daromadlari, olingan foyda va iqtisodiy samaradorligi haqida tushuncha, uning ahamiyati


Download 1.68 Mb.
bet121/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Qishloq xo‘ja!igi korxonalarining daromadlari, olingan foyda va iqtisodiy samaradorligi haqida tushuncha, uning ahamiyati

Tovar ishlab chiqaruvchilaming iste’mol qiymatini ishlab chiqarishda resurslami maksimal ravishda tejashdagi manfaatdorhgi bilan samaradorlik muammosi vujudga keldi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyati va tavakkalchiligi asosida amalga oshiriladigan, bir sharoitda ishlab chiqarish, samaradorligi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.


Ishlab chiqarish samaradorligi o‘zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni, mohiyatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyani ko‘rsatadi. U kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan va iqtisodiy qonunlar tizimi bilan belgilanadigan asosiy maqsadlariga erishilganlik darajasini ifodalaydi.
Qator iqtisodchi olimlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini quyidagi turlarga ajratadilar: texnologik ishlab chiqarish, iqtisodiy ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik-iqtisodiy.
Texnologik ishlab chiqarish samaradorligi, ishlab chiqarish jarayonida yerga oid, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar yordamida, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini aniqlaydi. Asosiy ko‘rsatkichlar - yer fondidan foydalanish darajasi, moddiy va mehnat xarajatlari va boshqalar.
Ishlab chiqarish — iqtisodiy samaradorlik - texnologik ishlab chiqarish samaradorligi va iqtisodiy mexamzmlarming birgaiikdagi ta’siri natijalari. U qiymat ko‘rsatkichlari - tannarx, yalpi daromad va sof foyda va boshqalar bilan o‘lchanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - tayyorlangan iqtisodiy ishlab chiqarish samaradorligi, iqtisodiy manfaatlar realizatsiyasini ifodalaydi va korxonaning butunicha ish samaradorligini aniqlaydi. Uning tavsifnomasi uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: yer maydoni birligiga mahsulot qiymati, daromad normasi, rentabellik darajasi, bir ishchi hisobiga iste’mol fondi.
Ekologik-iqtisodiy samaradorlik - qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish jarayonining qishloq xo‘jaligiga atrof-muhitning ekologik ta’si- rini hisobga olgan holda birgalikdagi iqtisodiy natijaviyligini ko‘rsatadi. U moddiy va mehnat xarajatlari bilan bir qatorda qishloq xo‘jalik faoliyati jarayonida atrof-muhitning ifloslanganligi va buzilishining kelib chiqishini oldini ohsh, shuningdek, atrof-muhit ifloslanishi tufayh, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridagi yo‘qotishlar natijaviyligini ifodalaydi.
Boshqa guruh omillar faqat ikki turdagi: ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligiga bo‘linadi.
Ijtimoiy samaradorlik, birinchi navbatda, ishchi kuchlaming takror ishlab chiqarishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi va xalq farovonligi ortadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ijtimoiy samaradorlik nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan, balki, ijtimoiy natijalami hisobga olish bilan ham baholanadi (mehnat sharoitini yaxshilash, qishloqda ijtimoiy- madaniy xizmat, aniq ish haqini oshirish va hokazo).
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradoriigi ijtimoiy baholash, ekspertlik bahosi va hisoblash usuli bilan aniqlanishi mumkin.
Insonlar farovonligi o‘sishini kuzatib borish uchun birgalikdagi real daromad ko'rsatkichlari jiddiy ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlardagi keskinlik muammosini oshiradi, shuning uchun nafaqat daromadlar indeksini, balki, iste’mol savatidan kelib chiqib hayot qiymati indeksini ham aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Daromadlar va hayot qiymati indekslari dinamikasini taqqoslash tahlil qilinayotgan davrda ishchi va uning oilasi farovonligi o‘zgarishi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Ijtimoiy samaradorlikni baholashda ishsizlik darajasini ishsizlar sonining barcha mehnatga qobiliyatlilar nisbatiga solishtirib hisobga olmoqzarur.
Iqtisodiy samaradorlik olingan samarani foylanilgan resurslar yoki xarajatga taqqoslash yo‘h bilan aniqlanadi. Jonh va moddiylashgan mehnatning umumiy xarajatlari bilan qanday bo‘lsa, ishlab chiqarish resurslari bilan ham shu tarzda taqqoslama asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash, shuni bildiradiki, ishlab chiqarish natijasi uning xarajatlari, shuningdek, ushbu jarayonga jalb etilgan barcha resurslar hajmi bilan ham oldindan belgilanadi.
“Samara” va iqtisodiy “samaradorlik” tushunchalarini farqlash zarur. Samara - bu o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasi. Masalan, o‘g‘itlami qo‘llash samarasi hosildorlik ko‘payishida foydaliligini bildiradi. Buni olingan samarani uni olishga sarflangan xarajat bilan solishtiribgina bilish mumkin. Chunki, samara emas, iqtisodiy samaradorlik o‘g‘itlardan foydalanishning foydaliligini belgilaydi. Masalan, bir holatda 1 ga yerga o‘g‘it solingandan keyin g‘alla hosildorligi 3 s yoki pulda ifodalanganda 600 pul birligi, ikkinchisida - mos ravishda 6 s va 1200 pul birligi, ulami qo‘llash uchun qilingan ishlab chiqarish xarajatlari 1 gektar yerga 900 pul birligi. Bu sharoitlarda birinchi variantda o‘g‘it foydasiz, ikkinchisida esa foydali qo‘llanilgan.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikning quyidagi turlari mavjud: xalq xo‘jaligiga, tarmoqlarga, qishloq xo‘jaligining ayrim tarmoqlariga, xo‘jalik yuritishning turlicha shakllarida ishlab chiqarish, xo‘jalik ichidagi tarmoqlar alohida turdagi mahsulotlami ishlab chiqarish
  • paxta, g‘alla, sabzavot, sut va hokazo, alohida xo‘jalik tadbirlari - agrotexnik, zootexnika, veterinariya, iqtisodiy, tashkiliyga oid.


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining xalq xo‘jaligiga doir samaradorligi, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga talabini qondirish nuqtai nazaridan, sanoatda - xom-ashyoga, shuningdek, xalq xo‘jaligi masalalarini hal qilishda tarmoqning moliyaviy qo‘yilmalariga qarab baholanadi. Tarmoqqa doir samaradorlik qishloq xo‘jaligi resurslaridan va resurs salohiyatidan foydalanishning natijaviyligini aks ettiradi. Samaradorlikning boshqa turlari ham tarmoqqa oidga o‘xshash, lekin ishlab chiqarishning turlicha shakllarini, xo'jalik ichidagi bo‘limlar, alohida turdagi mahsulot ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan chora-tadbirlardan olingan samaralami resurslar yoki xarajatlar bilan taqqoslab, natijalami aniqlanadi.


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi mezon va ko‘rsatkichlar orqali ifodalanishi mumkin.
Mezon asosida samaradorlik baholanadigan belgidir. U maqsadga yetishda ishlab chiqarishni rivojlantirishning muqobil variantlarini o‘lchab va tanlab olish yordami bilan eng yaxshi vositalami ko‘rsatib beradi. Samaradorlikning asosiy mezoni - vaqt iqtisodining hamma uchun umumiy qonuni. Jamiyatda samaradorlik va iqtisodiy manfaatlaming turli xilllari asosiysiga bo‘ysunadigan va uning modifikatsiyasi bo‘lgan boshqa mezonlaming ham mavjudligini oldindan belgilaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni - bu umumiy ko‘rinishda samaraning ijtimoiy mehnatining har bir birligiga xarajatlaming maksimum samarasi. Alohida tovar ishlab chiqaruvchilar uchun daromadning maksimumi - xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi mezoni, boshqalar uchun mezon sifatida raqobatbardoshlik chiqadi. Bu mezonlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi maqsadlariga javob beradi. Bundan tashqari, ular integrallashgan ishlab chiqarish manfaatlarini ham, hamma korxonalar - integratsiya qatnashchilari manfaatlarini ham birdek aks ettiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ulaming darajalarining miqdoriy o‘lchash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikning o‘sishi, shu resurs salohiyati bilan yakuniy mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va mahsulot birligiga mehnat, hamda moddiy xarajatlami kamaytirish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi samaradorligi - takror tshlab chiqarish - mahsulot ishlab chiqarishgina emas, taqsimlash, almashish, iste’mol kabi davrlar faoliyatining natijaviyligiga ham bog‘liq. Iqtisodiy samaradorlik darajasiga ob-havo sharoiti ham ta’sir qiladi, shuning uchun uni aniqlashdagi majburiy paytlardan biri - kamida 3-5 yillik o‘sishni aks ettiruvchi haqiqiy ko‘rsatkichlar tahlilidir. Bu qishloq xo‘jaligi rivojlanishi, tendensiya va qonuniyatlarini ob’yektiv ravishda aniqlash va ishlab chiqarish natijalariga ob-havo sharoitining ta’sirini imkoni boricha kamaytirishga imkon beradi.
Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ikki xil usulda hisoblab chiqish mumkin: samaradorlikni samara ko‘rsatiladigan suratda kasr sifatida, maxrajda - resurslar yoki xarajatlar sifatida ifodalash; samaradan xarajatlami uning yutuqlariga ajratish.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun samarani turhcha omillar bilan qanday o‘lchasa, iqtisodiy tabiati bilan ajralib turadigan va hammaga ham taqqoslab bo‘lavyermaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Iqtisodiy samaradorlik darajasini ifodalovchi hamma ko‘rsatkichlami ikki guruhga ajratish mumkin. Bir guruh qo‘llanilgan resurslardan foydalanish samaradorhgini, boshqasi - joriy ishlab chiqarish xarajatlari. Birinchi guruhga yerdan olinadigan foyda, fond sig‘imi, mehnat unumdorligi, resurslardan keladigan foyda va boshqalar, ikkinchisiga - tannarx, moddiy sarflar, sermehnatlilik, rentabellik darajasi va boshqalar kiradi. Maqsad va o‘rganish ob’yektiga qarab ikkala guruh ko‘rsatkichlaridan ham bir vaqtda foydalanish mumkin.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari xususiy va umumlashtiruvchiga bo‘linadi. Xususiy ko‘rsatkichlar alohida turdagi resurslaridan yoki xarajatlardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi, umumlashtiruvchi esa resurs salohiyati va hamma joriy ishlab chiqarish xarajatlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorhgiga to‘liq baho beradi. Resurslardan foydalanishning xususiy samaradorlik ko‘rsat- kichlariga yerdan, fonddan keladigan foydalar, umumlashtiruvchiga - resurslardan foydalar kiritiladi; xarajatlardan foydalanishning xususiy ko‘rsatkichlariga - tannarx, moddiy sarflar, sermehnatlilik, umumlash­tiruvchiga - rentabellik darajasi kiradi.
Xarajatlardan foydalanish iqtisodiy samaradorligining umumlashti- ruvchi ko‘rsatkichlari
Rentabellik - korxona, tarmoqning foyda olishi, daromadliligini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya.
Ishlab chiqarish rentabelligi yalpi va sof foydani, daromad, mahsulot sotish darajasini, asosiy fondlami, xarajatlaming qoplanishi, daromad nonnasini ta’minlaydi.
Yalpi foyda - bu yalpi mahsulot qiymati va moddiy xarajatlar orasidagi farq, so‘m:

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling