Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Bs =Sux 0,5 Sk
bunda, Su — hisobot yilida poda bo‘yicha o‘rtacha sut sog‘ib olish; 0,5 - sog‘in va pushtsiz sigirlar sut ko‘rsatkichlari taqqoslanishini xarakterlovchi qisirlik koeffitsienti; Sk - sigirlaming qisirlik koeffitsienti. Kya = l-(Bu/365*100:(284+tcn), bunda, Bu - 100 bosh sigirdan olinadigan haqiqiy buzoq soni, bosh; 365 - kalendar yilidagi kunlar soni; 285 - sigirlaming bo‘g‘ozlik (buzoqlash) davriyHgi, kun; tcn - syerviz - davr davomiyligi, kun (tarmoqli yuritilish darajasiga qarab (30-60 kun)). Poda bo‘yicha sigiming qisir qolishidan sutning yo‘qotilishi, kg: Qk P, bunda Ps — podadagi soigir bosh soni. Poda bo‘yicha umuman olinmagan nasi tufayli shartli sut yo‘qotilishi: Sy= (106-Bu)x (P/100)*2,36 bunda 2,36-buzoqning shartli sutga aylanish koeffitsienti. Yo‘qotilgan sut yig‘indisi: sy= sk+ su Sigirlaming bepushtligidan ko‘rilgan zarar, so‘m: Sk = NxSy bunda N - 1 s sutni sotishning haqiqiy narxi, so‘m. Sigirlaming bepushtligidan keladigan zarar shunda ko‘rinadiki, xo‘jalik qishloq xo‘jaligi mahsulotini (sut, buzoq) va puldan ko‘riladigan foydani to‘liq ololmaydi. Ma’lum zootexnik va veterinaiiya tadbirlarining o‘tkazilishi bunday holning oldini olib, sutchilik samaradorligining sezilarli o‘sishiga yordam beradi. Yuqori inqiroz va qishloq xo‘jaligi hamda sanoat mahsulotlari dispariteti sharoitida hamma agrotexnik va zootexnik tadbirlar ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligi oshishiga yordam bera olmaydi, shuning uchun ulami o‘tkazishning uzluksiz sharti oldindan iqtisodiy baholanadi. Qishloq xo‘jaligidagi faol, lekin ko‘pincha oqilona bo‘lmagan faoliyat ta’sirida ekologik muammolar o‘tkirlashadi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda iqtisodiy manfaatdorlikning yo‘qligi, atrof-muhitni muhofaza qilishga ajratiladigan mablag‘lar yetarli emasligi, tabiatni qo‘riqlash va resurlami tejash texnologiyalami rad etishga olib keladi. Murakkab iqtisodiy vaziyat korxonalarda tuproq unumdorligini oshirish va yeming ekin ekish holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks ishlami to‘liq amalga oshirish imkonini bermayotir. Natijada yirik ko‘lamli degradatsiya va qishloq xo‘jaligi ekin yerlarining eroziya tufayli qisqarishi kuzatilmoqda, tuproqda gumus va boshqa ozuqa moddalari kamaymoqda, sho‘rlanish, botqoqlashuv, og‘ir texnikaning ortib ketishi, tabiiy hosildorlik kamayishi yuz bermoqda. Ekologik xavfiii oqova suvlami tozalash va ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiyalash masalalarini qiyinlashtirayotgan mayda konserva, sut va boshqa korxonalar sexlaming nazoratsiz qurilayotgani bo‘lmoqda. Shu sababH, ishlab chiqarishni rivojlantirish variantlarim tanlashda ulami amalga oshirishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. Zamonaviy sharoitda xo‘jalik faoliyatini bashorat qilishda nafaqat iqtisodiy, balki, ekologik iqtisodiy samaradorlikni, ya’ni ishlab chiqarishning ekologiya uchun oqibatini ham hisobga olib, belgilash kerak bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ekologik-iqtisodiy samaradorligining mezoni bo‘lib daromad va sof foyda odamlar sog‘ligi va tabiatni muhofaza qilish manfaatlariga javob beruvchi atrof-muhat sifatining naromativ talablariga rioya qilish hisoblanadi. Ushbu mezonga erishish darajasi joriy xarajat va kapital qo‘yihnalarining ekologik-iqtisodiy ta’sir etish ko‘rsatkichlari tizimi hisoblanadi. Ekologik-iqtisodiy ta’sir etish - bu ishlab chiqarish ta’siri ostida yuz beruvchi ekologik parametrlar o‘zgarishining pulda baholanishi. U ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy miqdor sifatida ekologik-iqtisodiy samara, salbiy sifatida ekologik-iqtisodiy zarar chiqadi. Ekologik-iqtisodiy samara — tabiatni qo‘riqlash tadbirlarini amalga oshirish natijasida foydaning qiymatli o‘sishidir. Uni hisoblashning asosi bo‘lib, tuproq, suv, havodagi ifloslanish darajasining pasayishi, tuproq hosildorligining oshishi, ekologik toza mahsulotlar chiqishining ortishi kabilar bo‘lishi mumkin. Ekologik-iqtisodiy zarar - atrof-muhit holatining yomonlashuvi natijasida qishloq xo‘jaligining qiymat shaklidagi haqiqiy yoki ehtimoliy zarari yoki bu zararlami qoplash uchun qo‘shimcha xarajatlardir. Qishloq xo‘jaligida zarar birinchi navbatda, havoning ifloslanishi va sug‘orish uchun ifloslangan suvdan foydalanishdan paydo bo‘ladi, natijada qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi kamayadi, tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurash sarflari ortadi, ayrim holatlarda qishloq xo‘jalik ekinlari assortimenti o‘zgaradi. Chorvachilikda zarar chorva mollari mahsuldorligining kamayishi ko‘rinishida, ya’ni yirik vazn, sut sog‘ib olish, tuxum soni kamayishi ko‘rinishida boiadi. Ekstremal holatlarda ko‘p miqdordagi o‘ta ifloslangan oqova suvlaming tashlanishi chorva mollari va parrandalaming to‘liq halokatiga olib keladi. Ekologik ta’simi hisoblashda tabiiy muhitning natural ko‘rsat- kichlardagi o‘zgarishi aniqlanadi, ya’ni korxona ishining ekologik parametrlarga ta’siri belgilanadi: bevosita xarajatlar, zararga tovon to‘lash; qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, chorvachilikda chorva mollari mahsuldorligi o'zgarishi natijasida mahsulot kamayishi. Qishloq xo‘jaligida yerga yetkazilgan ekologik-iqtisodiy zarar birinchi navbatda, tuproq unumdorligining pasayishi va qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, hosildorligining pasayishi natijasida mahsulotlaming yo‘qotilishi sifatida ifodalanidagan holatining sifat jihatdan yomon- lashuvini qiymatli baholashda ko‘rinadi. Dehqonchilik va ozuqa ishlab chiqarishda tuproq unumdorligining pasayishidan ekologik-iqtisodiy zarar formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling