Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Erta muddatlarda gektariga 4,0 mln unuvchan urug‘ ya’ni 200 kg. hisobida belgilanadi.
0‘rta muddatlarda gektariga 4,5 mln unuvchan urug‘ ya’ni 220 kg. hisobida belgilanadi. Kechki muddatlarda gektariga 5,0 mln unuvchan urug‘ ya’ni 240 kg. hisobida belgilanadi. G‘o‘za qator orasiga ekishdaurug‘ sarfi 10-15 foizga oshiriladi. G‘allachilikda ham o‘tgan yillarda bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, yalpi hosil 2004 yilda 4 mln 985 ming tonnani tashkil qilgan bo‘Isa, 2009 yilda bu ko‘rsatkich 1 mln 221 ming tonnaga oshib, 6 mln. 171 ming tonnani tashkil etdi yoki shu yillar davomida 21,7 foizga ortdi. 2004-2009 yillar davomida g‘alla hosildorligi 9 sentnyerga ortib, 51,2 sentnyemi tashkil qildi (16.3-jadval). 16.3-jadval Ekish muddatlarini to‘g‘ri belgilash
Dunyoda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar anchagina. 0‘zbeldston esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. Shunday bo'lsa-da, mamlakatimiz «oq oltin» yetishtirish bo‘yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Ochig‘i, bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi raqobat tobora keskinlashib borayotgan sharoitda oson emas. Mazkur jarayonda, tabiiyki, respublikamizda paxtachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va fermerlar mehnati munosib qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘layotir. Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik bo‘yicha boy tajriba to‘plangani, fermerlar hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quwatlanayotgani, ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani tufayli, tabiat injiqliklariga qaramay, har yili mo‘l va sifatli hosil olishga erishilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak (16.4-jadval). 16.4-jadval Ekish me’yorini aniqlashda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin, gektariga kg. Hisobida
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos tezpishar hamda serhosil, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o‘nlab yangi g‘o‘za navlari yaratildi. Xususan, bugungi kunda asosiy maydonlarda S-6524, «Buxoro - 6», «Buxoro - 102», «Namangan - 77», «Ап-Boyovut - 2» singari shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ulaming tolasi sanoatbopligi esa o‘zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini ta’minlamoqda. Gap shundaki, tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr ko‘rsatkichlari ustunligiga xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. Jahon to‘qimachilarining 0‘zbekistonga intilishi, tolamizni sotib olishga katta umid bog‘lashining sababi shunda. Qolaversa, an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro 0‘zbekiston paxta yarmarkasi ana shu masalalaming ro‘yobga chiqishi yo‘lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib borayotir. Buni yarmarkaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining ijrochi direktori T.Taunsend, «Sotton Outlook» xalqaro agentligi bosh muharriri R.Batiyer, Xitoy paxta uyushmasining vitse-Prezidenti SH.Jianvey, «Sotton Vangladesh» xalqaro agentligining bosh muharriri K.Axsan, «Dubai Multi Commodites Centyer» ijrochi direktori D.Rutlej va boshqalar alohida e’tirof etishdi. Quvonarlisi, ular tomonidan mamlakatimiz nafaqat sifatli paxta yetishtiruvchi, balki xom-ashyoni kafolatli ravishda yetkazib beruvchi ishonchli hamkor sifatida tan olindi. Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan ishlab chiqarish va bozor infratizilma subyektlari tomonidan amalga oshiriladi) o‘z muddatida bajarilmasligi yoki ayrim resurslami belgilangan me’yorlarda berilmasligi natijasida mumkin bo‘ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob Mtoblarini keltirish mumkin, ya’ni: chigit ekishni o‘z muddatida o‘tkazilmasligi, g‘o‘zaning kech unib chiqishi hosildorlikni o‘rtacha 3,4 s/gacha; sho‘rlangan maydonlaming sho‘rini yuvmaslik yoki sifatsiz sho‘r yuvish 9,0 s/gacha; nam saqlash uchun boronalashni o‘tkazilmasligi o‘rtacha 3,4 s/gacha; chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi o‘rtacha 2,8 ts/gacha; chigit ekishdan oldin mola bilan tekislamaslik esa 1,6 s/gacha; umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kesaklami maydalab tuproqni ekishga tayyorlamaslik o‘rtacha 8,8 s/gacha; chigit ekishdan oldin mineral о ‘g‘itlami bermaslik 2,5 s/gacha; chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/gacha; barcha turdagi mineral o‘g‘itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik s/gacha; yagonani kechikib o‘tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni s/gacha kamayishiga sabab boMadi; begona o‘tlar to‘liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/gacha; paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tekislash o‘rtacha 6,6 s/gacha; har gektar maydonga 12 tonna organik o‘g‘itlami berish hosildorlikni o‘rtacha 2,1 s/gacha oshiradi. ' Hisob kitoblardan ko‘rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xo‘jalik mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng awalo, fermer xo‘jaliklariga infratuzilma sub’yektlarining samarali xizmat ko‘rsatishi va ta’minot korxona tomonidan moddiy resurslami o‘z vaqtida yetkazib berilishiga bogiiq. Davlatning g‘alla mustaqilligi siyosati G‘alla yetishtirish - hamma qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosidir. G‘alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki, u hayvonlar va parrandalami ham muhim ozuqa bilan ta’minlaydi. G‘alla oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatning qator tarmoqlari uchun xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. U davlat non mahsulotlari resurslarini yaratish va yangilashda ham zarur, muhim eksport mahsuloti hamdir. G‘allani barqaror yetishtirish ilg‘or texnologiyalami joriy etmasdan, intensifikatsiyaning sifat jihatdan mehnat, moddiy va energiya resurslaridan, zamonaviy o‘simliklaming biologik jihatdan hosildor navlarini asoslangan, hosildorlik salohiyatiga asoslangan sifat jihatdan yangi darajalariga o‘tmay turib erishib bo‘lmaydi (16.2-rasm). Ш? D ‘t • iweaqHB- eigeerrahiJdt ммииИГ^' '■ ЧАлА * ТрЙ
rasm. Don mustaqiligigacha xorijdan xarid qilingan don, ming tonna Non mahsulotlari tayyorlashda bug‘doy (g‘alla) tarkibidagi shira, uning sifati miqdori o‘ta muhim ahamiyatga ega. G‘alla naturasi g‘allaning 1 1 massasida aniqlanadigan tegirmon jihozlari partiyasining muhim sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bug‘doy doni 720 grammdan Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling