Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet20/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Asosiy tarmoqlar deyilganda xo‘jalik iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan va tovar mahsulotda eng ko‘p taqqoslama og‘irlikka ega bo‘lgan tarmoqlar tushuniladi. Ulaming orasidan tovar strukturasidagi ulushi 50% dan oshgani asosiy tarmoq sifatida ajralib chiqishi mumkin.
Qo‘shimcha tarmoqlar - asosiy tovar mahsulotiga o‘xshaydi, lekin ular xo‘jalik iqtisodiyotida kamroq ahamiyatga ega, u asosiy tarmoqlaming rivojlanishiga yordam beradi. Bu tarmoqlar mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samaraliroq foydalanish va qo‘shimcha foyda olish imkonini beradi.
Qo‘shimcha tarmoqlar - notovar, asosiy va qo‘shimcha tarmoqlar rivojlanishiga yordam beradi, masalan, ozuqa ishlab chiqarish.
Qishloq xo‘jalik korxonasida qishloq xo‘jalik tarmoqlaridan boshqa yordamchi ishlab chiqarish (ta'mirlash ustaxonalari, avtogarajlar, suv va energiya ta‘minoti va boshqalar), qo‘shimcha sanoat ishlab chiqarish (qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qurilish materiallari, taralar va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Yordamchi ishlab chiqarishning vazifasi shundaki, u butun tarmoq va bo‘linmalaming to‘xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. Yordamchi ishlab chiqarish qish davrida mehnat resurslaridan to‘liqroq foydalanish va qo‘shimcha foyda olishga ham ko‘maklashadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarilarining oqilona ixtisoslashuvi quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
  • minimal mehnat va mablag1 sarfi bilan maksimal daromad olish uchun raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish;


  • tuproq-iqlim sharoitini hisobga olish;


  • texnologiya va tashkiliy tomondan bir-biriga bog‘liq tarmoqlami ustuvor rivojlantirish, paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va asalarichilik, issiqxona va ochiq tuproqdagi sabzavotchilik ishlab chiqarishi (parrandachilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik, ikkala tarmoq ham sermehnat, lekin bulaming qo‘shib olib borilishi iqtisodiy jihatdan oqlangan);


  • qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish;


  • mehnat resurslari va texnika vositalaridan samarali foydalanish;


  • ishlab chiqarishning mavsumiyligini yengillashtLrish va yil davomida pul mablag‘larining maqbul holda tushishini ta’minlash. (2.4- jadval)


Qishloq xo‘jaligi korxonasida tarmoqlar qo‘shilishining ilmiy asos- langanligi, o‘simlikchilik va chorvachilikning turlicha tarmoqlari orasida ishlab chiqarishning maqsadi, xo‘jalikning o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy-iqtisodiy sharoitlar hisobi, o‘mashgan joyi, qishloq xo‘jalik ekin yerlarining strukturasidan kelib chiqib optimal proportsiyani topish bilan bog‘liq. (2.5-jadval).


Korxona ixtisoslashuvining asosiy ko'rsatkichlari: uning darajasi va ixtisoslashuv koeffitsienti.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo'jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgan tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra, xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bolinadi:
  1. Tor ixtisosli xo'jalik;


  2. Ixtisoslashgan xo‘jalik;


  3. Ko‘p ixtisosli (tannoqli) xo‘jalik.


Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog'i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, pamik va teplitsa, meva ko‘chati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar).


  1. Tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib, uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chor- vachilik, parrandachilik xo‘jaliklari);


  2. Tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ulaming har biri tovar mahsulotidagi nisbati 20 % dan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotming yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-sutchilik, bog‘dorchi!ik- uzumchilik);


  3. Tarkibida uchta asosiy tarmoq boiib, ularga xo‘jalik tovar mahsulotining to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxta- chorvachilik, don-kartoshka-chorvachilik va hokazo).


Ixtisoslashtirishning rivojlanishi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi oshishining asosidir.


Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
  • 1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma vositalaming har bir so'mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati;


  • bir tsentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat);


  • bir tsentner mahsulot tannarxi, so‘m;


  • bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqh yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad miqdori, so‘m.


Korxonaning ixtisoslashuv darajasi tovar mahsulotlari strukturasidagi asosiy tarmoqning ulushi bilan aniqlanadi.


Stq

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling