Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti
Download 1.68 Mb.
|
R. X. Ergashev-fayllar.org
Yetkazib berish shartnomasL Ushbu shartnomaga muvofiq tadbirkorlik faohyati bilan shug‘ullanadigan sotuvchi - ta‘minotchi (yoki yetkazib beruvchi) kelishilgan muddatda yoki tovar ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan muddatda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun tovarlami yetkazib beradi.
Yetkazib berish shartnomasi - bu shartnomaning mustaqil turi emas, balki oldi-sotdi shartnomasining bir ko‘rinishi. Bunda oldi-sotdi shartnomasi singari mulkdorlik huquqi xaridorda bo‘ladi. Shartnomada tovaming miqdori, assortimenti, sifati, bahosi, to‘lov turi, qadoqlanishi va shu kabi sifatlari haqidagi kelishuvlar aks etmaydi. Biroq, ushbu shartnomaning o‘ziga xos belgilari mavjudki, ular oldi- sotdi shartnomasining boshqa ko‘rinishlarida uchramaydi. Bular: yetkazib berish shartnomasida sotuvchi - yetkazib beruvchi sifatida tadbirkor (tijorat tashkiloti yoki yakka tadbirkor) namoyon bo‘ladi, oldi-sotdi shartnomasida - har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ikkinchi muhim belgi - tovami sotib olish maqsadi. Yetkazib berish shartomasida tovar tadbirkorlik qilish maqsadida (Sanoatda qayta ishlash, keyingi sotuv va boshqalar) sotib olinadi. Ushbu maqsad shaxsiy, uy, oilaviy iste’mol bilan bog'liq emas. Aksincha, oldi-sotdi shartnomasida tovarlar oldi-sotdisi shaxsiy va oilaviy iste’mol uchun ham amalga oshiriladi. Shunday qilib, yetkazib berish shartnomasida ikkinchi tomon ham ko‘pincha tadbirkor hisoblanadi. Ijara shartnomasi ASM korxonasi xo‘jalik faoliyatida muhim o‘rin eg‘allaydi. Shartnoma bo‘yicha ijaraga beruvchi ijarachiga mol- mulkni to‘lov evaziga vaqtinchalik egalik qilish yoki foydalanishga berishi lozim. Ijarachi tomonidan olingan mahsulot va daromadlar shartnomada kelishilganidek uning mulki hisoblanadi. Ijaraga ishlab chiqarish jarayonida o‘zining tabiiy xusxisiyatini yo‘qotmaydigan narsalar beriladi. Bular: yer uchatskalari, korxonalar, bino-inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar. Shartnoma tomonlari - ijaraga beruvchi va ijarachi, ya’ni mol-mulkni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonlar. Mol-mulkni ijaraga berish huquqi uning mulkdoriga berilgan bo‘lib, bundan tashqari, ijaraga beruvchilar qonun tomonidan ijaraga berish huquqi berilgan shaxslar bolishi mumkin. Ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda shartnoma noma‘lum muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunday vaqtda har ikkala tomon istalgan paytida shartnomadan voz kechishi mumkin. Shartnomani bekor qilishdan bir oy oldin bir tomon ikkinchi tomonni ogohlantiradi, agar ko‘chmas mulk ijarasi bo'lsa uch oy oldin malum qilinadi. Mulkdan foydalangaiilik uchun ijara haqi belgilanadi. Shartnomada ijara haqining miqdori, to lash tartibi, muddati ko‘rsatiladi. ASM ning iqtisodiy mexanizmi tovar ishlab chiqaruvchilami o‘zida mujassam etadi. Asosiy maqsad, ulami ishlab chiqarish va investitsiya faoliyatiga bolgan motivatsiyasini kuchaytirish, mexanizm asosini esa narx va moliya kredit munosabatlarining o‘zaro bogliqligi tashkil etadi. Uning asosiy vositalari - baho, soliqlar, kredit, sug‘urta hisoblanadi. ASM iqtisodiy mexanizmi qishloq xo‘jaligi va sanoat o‘rtasidagi teng almashinuvni, mahalhy ishlab chiqarishni samarali rivojlantirish hisobiga mahsulot bozorlarini to ‘yintirishni ta‘minlab berishi kerak (3,2-rasm). Bozor sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori samaradorlikka faqatgina iqtisodiy jihatdan asoslangan narx siyosati orqali erishish mumkin (3.3-rasm). Chunki, narx nafaqat bozor muvo- zanati orqali, balki ishlab chiqarish xarajatlari va har bir tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy imkoniyatlari uyg‘unligidan tashkil topadi (3.4- rasm). Tovar ishlab chiqaruvchi uchun shu narsa muhimki, sotish baholari foyda olish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish imkonini berishi lozim (3.5-rasm). Biroq ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari hamma vaqt ham yetarlicha rentabellikka ega emas, ayniqsa, chorvachilikka sarflangan mehnat moddiy xarajatlami oqla- maydi (3.6-rasm). r 6000,00 5000,00
4000. 3000,
2000,00 1000,00
Bug'doy uni, 1 kg Guruch, 1 kg O'simlik yog'i, 11 Shakar, 1 kg Choy 1 kg Я 01.01.2008 yil 0 01.01.2009 yil И 01.01.2010 yil 0,00
7000,00
6646
Sut, 11 ■01.01.2009 yil Mol g'oshti, 1 kg 001.01.2008 yil Tuxum, lOdona 001.01.2010 yil Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling