Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Agrosanoat majmuasining tarmoqlari bo‘yicha mamlakat eksportidagi, ya’ni valyuta tushumidagi salohiyati, ya’ni ulushi


Download 1.68 Mb.
bet35/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Agrosanoat majmuasining tarmoqlari bo‘yicha mamlakat eksportidagi, ya’ni valyuta tushumidagi salohiyati, ya’ni ulushi. Buni bilish uchun agrosanoat majmuasi tarmoqlaridagi korxonalarning eksport qilgan mahsulotlariga, xizmatlariga olingan valyuta shaklidagi haq tushumlarining bir yillik yig‘indisini aniqlash zarur. Uni yagona valyuta birligida ko‘rsatish uchun AQSH dollarida davlat kursiga binoan aniqlash lozim, kelajakda o‘z mavqesini oshirib borayotgan evroda ham hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Agrosanoat majmuasi barcha valyuta tushumining respublika jami valyuta tushumiga nisbati bilan majmuaning salmog‘ini aniqlash mumkin. Hozirgi davrda bu ko‘rsatkiclmmg salmog‘i 60 foizga yaqinlashib qolgan. Shundan 24-26 foizini paxta tolasini sotishdan olinayotgan valyuta tashkil etmoqda.
Hozirgacha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 95,3 foizi chetga eksport qilinmoqda. Shuning natijasida sezilarli miqdordagi valyuta respublikaga olib kelinmoqda. Agarda 1992 yilda ishlab chiqarilgan 1250,8 ming tonna paxta tolasidan 1066,9 ming tonnasi chetga eksport qilinib, 890,4 mln AQSH dollari miqdoridagi chet el valyutasi olingan bo‘lsa, 2001 yih ishlab chiqarilgan 1250,8 ming tonna paxta tolasining 829,4 ming tonnasi chetga sotilib, 912,4 mln AQSH dollari miqdoridagi chet el valyutasi respublika g‘aznasiga tushgan. Har bir tonna paxta tolasi 1100 AQSH dollariga sotilgan. Shu bilan birga ma‘lum miqdordagi oziq- ovqat mahsulotlari ham chetga sotilmoqda. Ulami sotish natijasida olingan valyuta 2000 yilda 76,2 mln, 2001 yili 58,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan (3.1 -jadval).
Demak, mamlakat eksport salohiyatini belgilovchi muhim ko‘rsatkich bo‘yicha qishloq xo‘jaligi bilan <<0‘zpaxtasanoat» uyushmasining salmog‘i katta. Bu yaxshi, lekin kelajakda paxta tolasini chetga sotishning maqsadga muvofiq miqdorini saqlagan holda uni qayta ishlab, iste’mol uchun tayyor aholi iste’moli tovarlari eksportga chiqarilishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida sabzavot, poliz hamda bog‘dorchilik, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirib, olingan sifatli, ekologik jihatdan toza hisoblangan tayyor mahsulotlami ham xorijiy davlatilarga sotishni rivojlantirishga alohida e’tibor berish vaqti keldi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling