Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet34/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Qirg‘iziston Respublikasi qishloq xo‘jaligida soliq solish ob‘ektlari bo‘lib, ular yuridik va jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq, yer va qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida asosiy soliq turi yer solig‘i bo‘lib, uning qiymati ekin maydoni hajmi, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi korxonalari olingan foydadan 20 foiz va qo‘shilgan qiymat sohg‘i (20 foiz) to‘laydi.
Qozog‘iston qishloq xo‘jaligida soliq solish ob‘ekti yer hisoblanib, yer solig‘i ko‘rinishida to‘lanadi. Yer solig‘i ekin maydoni hajmi, unumdorligidan kelib chiqqan holda yer iqtisodiy qiymatining 20 foizi miqdorida belgilanadi. Mamlakatimizda esa bu ko‘rsatkich 5 foizni tashkil qiladi.
ASM tizimida kreditlash tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bu bir qancha omillar bilan bog‘liq. Biiinchidan, turli mulkchilikka ega korxonalar, byudjet tashkilotlari, aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan pul zahiralarining oborotda qolib ketayotganligi; ikkinchidan, uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash;
Uchinchidan, korxona va tashkilotlaming samarali boshqaruviga erishish.
Qishloq xo‘jaligi kredit tizimining rivojlanishiga ishlab chiqarishning mavsumiyligi va omillarga bog‘liqligi ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlash korxonalari uchun kreditlashning asosiy shaldi sifatida garov (yer, mol-mulk, tayyor mahsulot va boshqalar) evaziga kreditlash ham mavjud.


  1. Agrosanoat majmuasi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari

Respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlaming tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy o‘zaro bog‘lanishi, ya’ni integratsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimoti amalga oshirilmoqda. Bu hoi agrosanoat majmuasi ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu jumladan, cheklanganlaridan ham samarali foydalanilishni ta’minlashga, texnika va texnologiyalami rivojlantirishga, ishlab chiqarish jarayonlarini mexani- zatsiyalashtirishga, avtomatlashtirishga, elektrlashtirishga, kompyuter- lashtirishga hamda tarmoqlami boshqarishni takomillashtirishga qara- tilgan. Ulaming talab darajasida amalga oshirilishi natijasida xaridorgir, raqobatbardosh oziq-ovqat hamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Ular iste’molchilarga sifatli va qulay usullar bilan yetkazib borilishi natijasida aholining shu mahsulotlar bilan ta‘minlanish darajasi ortib, majmua tarkibidagi tarmoqlaming foydalari ko‘payadi. Natijada agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligi yuksaladi.


Agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorlik darajasini qator ко ‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin.
Jumladan, Respublika agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti. Bu majmua tarkibidagi tarmoqlar korxonalar bir yil mobaynida ishlab chiqargan tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar miqdoridan tashkil topadi. Yalpi mahsulotning miqdori har bir tarmoq bo‘yicha absolyut, ya’ni natural ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi (tonna, dona, banka, litr, shisha idishda, tonna.km, gektar.). Bu ko‘rsatkichlar yordamida agrosanoat majmuasidagi tarmoqlar yalpi mahsulotining miqdori alohida- alohida aniqlanib, awalgi yillardagi raqamlar bilan taqqoslanib, tarmoqlaming qanday holatdaligi aniqlanadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashinasozligi korxonalari 1997 yilda 2852 dona traktor, 1049 dona paxta terish mashinalari ishlab chiqargan bo'lsa, 2000 yilda 954 ta traktor va 337 dona terim mashinasi ishlab chiqargan. Bu raqamlar shu muddatda tarmoq mahsulotlarining kamayib borayotganhgini isbotlaydi. Shu yillarda qishloq xo‘jaligida g‘alla yetishtirish 2,1 mln. tonnadan 5,2 mln. tormaga yetgani uning hajmi 2,5 martaga oshganligini ko‘rsatadi. Natijada non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko‘paydi. Paxta xom-ashyosi yetishtirish hajmi 1991-2002 yillarda 4,1 mln. tonnadan 3,2 mln tonnaga tushgan, ya’ni 20 foizga kamaygan. Buning natijasida, paxta tolasining miqdori ham 1,2 mln tonnadan 1,05 mln tonnaga tushgan yoki 12,5 foizga kamaygan. Bunday hoi o‘simlik yog'i, sovun ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelgan. Shu yillarda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish nisbatan oshgan.
Lekin bu natural ko‘rsatkichlar agrosanoat majmuasining umumiy holatini ifodalay olmaydi. Buning uchun agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining qiymatini aniqlash lozhn. Yalpi mahsulot qiymati majmua tarkibidagi barcha korxonalar bir yilda ishlab chiqargan tayyor mahsulotlaming, ko‘rsatgan xizmatlaming bozor baholaridagi qiymatidan iborat. Ayrim korxonalarda ishlab chiqarilgan ba‘zi mahsulotlaming ma‘lum bir qismidan korxona ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun foydalaniladi, ma‘lum nriqdordagisi esa shu yilning o‘zida sotilmay qoladi.
Yalpi mahsulot qiymatini hisoblashda mahsulotlaming bir necha marta hisobga olinishini bartaraf etish maqsadida, agrosanoat majmuasining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymat summasini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Chunki, qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilar- dan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati (amortizatsiya summasidan tashqari) chiqarib tashlanganidan so‘ng qolgan qismining bozor baholaridagi qiymatidir. Majmua yalpi mahsulotining haqiqiy baholardagi qiymatini respublika yalpi milliy mahsuloti tarkibidagi salmog‘ini aniqlab, uning mamlakat iqtisodiyoti- dagi ulushi va o'zgarishini ham aniqlash mumkin. Agarda agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining respublika yalpi milliy mahsulotidagi salmog‘i o‘sayotgan bo‘lsa, yalpi milliy mahsulot oshgan holda majmuaning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘mi yuksalayotganligidan dalolat beradi. Agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining haqiqiy baholarda hisoblangan qiymatidan shu yildagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlami, jumladan, ishlab chiqarishning rentabellik darajasini, mehnat unumdorligini, fondlar qaytimini aniqlashda foydalanish mumkin. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining qator yillardagi o‘zgarishini aniqlash uchun uning yalpi mahsuloti qiymatini o‘zgarmas, ya’ni qiyosiy baholarda aniqlash maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda qiyosiy baho sifatida 1996 yildagi 0‘rtacha baholar olinmoqda. Shu tartibda yalpi mahsulotning qiymati aniqlanib, uni awalgi yillardagi raqamlar bilan taqqoslash orqali agrosanoat majmuasi yalpi mahsuloti qiymatining o‘zgarishini aniqlash mumkin. Shunday qilib, yalpi mahsulot qiymatiga va boshqa ko‘rsatkichlar darajasiga baholar o‘sishining ta’siri bartaraf etiladi. Agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining 1996 yil baholaridagi qiymati majmuaning real yalpi mahsuloti ekanligidan dalolat beradi. Shu real yalpi mahsulot qiymati ko‘rsatkichidan foydalangan holda agrosanoat majmuasida qator yillardagi mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar darajasini aniqlab, ulaming o‘zgarishini ham bilib olish, bu ko‘rsatkichlami majmua tarkibidagi tarmoqlar miqyosida aniqlab, ularning o‘zgarishini tahlil qilish mumkin.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling