Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


-jadvaI Ayrim agrosanoat mahsulotlari eksporti natijalari


Download 1.68 Mb.
bet36/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

3.1-jadvaI
Ayrim agrosanoat mahsulotlari eksporti natijalari




Yillar

Ko‘rsat-

0‘lch.



1993

















kiclilar


biri.

1
199:



OS
Os
1—1


OS
Os
1*4


OS
Os
i


Os
Os


OS
Os


Os
Os

2001



о
о
гч


Ishlab ehiqarilgan paxta tolasi


Ming
torma

1 •' 1250,8




1356,0


1253,2


1254,0


1175,0


1141,9


1147,1


1021,6


1025,2 1


Os


Shundan:
Eksport
qilingani


Ming
tonna


1066,9

«О
OO




1187,6


1025,3


1077,7


980,3


908,6


1118,7


778,3


829,4


Eksportdan
tushgan
valyuta


mln
AQSH
dollar


890,4


1211,6


1516,7


1798,9

m '
OO


g


1579,4


1361,0


906,2


897,1


912,4


Eksport
qilingan
























agro oziq-
ovqat mah-
sulotlari
evaziga
olingan
valyuta


mln
AQSH
doUari

I



*

1

1

OS
o'


О
о


4D

CO
rn


CN
ЧО


ЧО*4


Г-"

oo"



*Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotiari asosida tuzilgan.

Bu muammoni hal etish jarayonida respublikada qayta ishlash tarmoqlarining rivojlanishi, yangi ish joylarining tashkil etilishi, savdo sohalarining taraqqiyoti ta’minlanadi. Natijada nafaqat iqtisodiy, balki aholini ish bilan ta’minlashdek ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan muammo ham ma‘lum darajada hal etiladi.


Aholining oziq - ovqat va xalq iste’moli tovarlari bilan ta’minlan- ganlik darajasL Bu ko‘rsatkichning mutlaq darajasini aniqlash uchun agrosanoat majmuasida ishlab chiqarilib, iste’molchilarga sotilgan mah­sulotlar (turlari bo‘yicha) miqdorini respublika aholisining umumiy soni- ga taqsimlash lozim. Shunda jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miq­dori aniqlanadi. Agarda uning miqdori yil sayin ortib, tibbiyot me‘yor- lariga yaqinlashsa, bu, ahohning yashash sharoiti yuksalayotganligidan, xalqning farovon hayot kechirishi ta’minlanayotganidan dalolatdir.
Agrosanoat majmuasi, tarmoqlari va korxonalarda foydala- nilayotgan, sarflanayotgan ishlab chiqarish fondlarining, qilinayot- gan xarajatlarning samaradorligi Bu ko‘rsatkichlami aniqlash uchun agrosanoat majmuasining yalpi mahsulotini, milliy mahsulotini hamda sof foyda summasini ishlab chiqarish fondlariga, xarajatlar summasiga taqsimlash zarur. Shunda 1 so‘mlik ishlab chiqarish fondlari xarajatlari evaziga olingan yalpi mahsulot, milliy mahsulot hamda sof foyda summasi aniqlanadi. Agarda, bu ko‘rsatkichlaming mutlaq (absolyut) miqdori oshib borsa, u holda, bu fondlarning, xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi oshayotganligidan dalolat beradi.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, korxonalarining rentabel- lik darajasi. Uni aniqlash uchun tarmoqlaming, korxonalaming sof foydasini jami xarajatlar summasiga taqsimlab, natijani 100 ga ko‘payti- rish lozim. Chunki bu ko‘rsatkich foizda aniqlanadi. Shu bilan birgalikda agrosanoat majmuasining ijtimoiy samaradorligini aniqlashda bir qancha qo'shimcha ko‘rsatkichlardan, jumladan, tarmoqlar bo‘yicha bir kishining o‘rtacha oyligi, kadrlaming malakasi, aholi jon boshiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar miqdori va boshqalardan ham foydalanish mumkin.
Respublika hukumatining eng muhim vazifalaridan biri aholining iste’mol tovarlariga nisbatan o‘sib borayotgan talabini qondirishdir. Chunonchi, aholi oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta‘minlanishi natijasida ulaming farovon hayot kechirishlari uchun asos yaratiladi. Bu muammoni agrosanoat majmuasi hal etadi. Agro­sanoat majmuasida barcha tarmoqlar o‘zaro uyg‘unlashishi (integrat- siyalashuvi) hamda ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berilishi zarur.
Ulardan birinchisi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq- ovqat mahsulotlari majmuasiini tashkil etadi. Unga non va non mahsulotlari, qandolat, shakar, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, choy, uzum vinosi, konyak, aroq, turli xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun zarur moddalami berib, uning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, agrosanoat majmuasi aholi uchun hayot kechirish jarayonida foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqaradi. U aholi iste’moli mollari majmuasini tashkil etadi. Unda poyafzal, kiyim-bosh, gazlamalar, sanoat spirti, texnika yog‘lari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shu majmua rivojlansa, aholining yashash sharoiti ham yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bunda aholining zarur bo‘lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan ta‘minlanishi, unga turli xildagi xizmatlar ko‘rsatilishi va boshqalar ham e’tiborga olinishi kerak.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanishi davlatning oziq- ovqat xavfsizligiga ham bog‘liq. Chunki mamlakat miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan mamlakat ehtiyoji tashqi omillarga (chet davlatlariga) bog‘liq bo‘lib qolmaydi. Bu esa mamlakat miqyosida siyosiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. 0‘zbekiston Respublikasi sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan davrda uning un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabi asosan chetdan kelti- riladigan mahsulotlar evaziga qondirilardi. Bu holatni mustaqillikdan key in saqlab qolish mutlaqo maqsadga muvofiq emas edi. Shuning uchun ham respublika hukumati o‘tish davrining birinchi yillaridan boshlab g‘alla mustaqilligi siyosatini izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda. Bunga erishish uchun paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga harakat qilindi. Natijada «ikkinchi non» hisoblangan kartoshka yetishtirish ham rivojlantirildi. Hozirgi davrda mahsulotning bu turi chet eldan sotib olinayotgani yo‘q. Lekin hozirgi davrda respublika aholsining go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, yog‘ mahsulotlari bilan ta‘minlanish darajasi tibbiyot me’yorlaridan ancha past. Bu masalani hal etish maqsadida agrosanoat majmuasi markaziy bo‘g‘ini hisoblangan qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini intensiv rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda chorvachilik tarmoqlarini ustuvor sur‘atlarda rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Jumladan, parrandachilikni sanoat negizida rivojlantirishga alohida aha- miyat berilmoqda. Qoramolchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanadigan no- davlat korxona]ari uchun har tomonlama iqtisodiy imkoniyatlar yaratil- moqda. Ulami moliyaviy mablag‘lar bilan barqaror ravishda ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yilmoqda, soliq imtiyozlari berilmoqda, ulaming ishlab chiqarishlari uchun zarur bo‘lgan, chet ellar- dan keltirilayotgan vositalar bojxona tolovlaridan ozod etilmoqda. Bular- ning hammasi xalq iste’moli mollari miqdorini ko‘paytirishga yo‘nal- tirilgan tadbirlar hisoblanadi.
Aholining oziq-ovqat va xalq iste’moli tovarlari bilan ta’minlanishini yuksaltirish uchun eng awalo, agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlaming moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishini, fan-texnika yangiliklari hamda ilg‘or, samarali texnologiyalaming ishlab chiqarishga izchil joriy etilishini o‘zaro bog‘liq holda ta’minlash zarur. Shu bilan birga majmua tarkibidagi qayta ishlash tarmoqlari ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini ko‘paytirish, ulaming raqobatbardoshligini ta‘minlash, sifatini saqlab qolgan holda aholiga o‘z vaqtida yetkazib berilishiga erishish lozim.
Yuqorida ta‘kidlarigan muammolami hozirgi zamon talabi darajasida hal etish uchun:
  • agrosanoat majmuasi tarkibidagi mashinasozlik, neft, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari qishloq xo‘jaligini va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlami arzonroq, sifatli, unumdor ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlashlari zarur;


  • qishloq xo‘jaligi tarmoqlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalangan holda talabni qondiradigan miqdorda sifatli mahsulotlami ishlab chiqarishlari;


  • qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlash maqsadida ularga turli xildagi xizmatlami vaqtida, sifatli va arzon narxlarda amalga oshirish, jumladan, ekinlami suv bilan, texnikalar, kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, ozuqa-em, yoqilg‘i, yonilg‘ilar bilan ta’minlash, texnikalami ta‘mirlash va xizmatlar ko‘rsatish;


  • qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlami nobud etmasdan vaqtida, sifatli tayyorlab, qayta ishlab, tayyor holda iste’molchilarga yet­kazib berilishini ta’minlash lozim. Buning uchun mahsulotlami sotib olib qayta ishlaydigan korxonalar ko‘lamini rivojlantirishga alohida e’tibor berish, respublika Prezidenti LKarimov ta‘kidlaganlaridek, qishloqqa sanoatni olib kirish kerak. Shu bilan tarmoqdagi aholining ish bilan ta‘minlanishi va real daromad olishi uchun katta imkoniyat yaratiladi;


  • respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o‘rtasidagi barcha o‘zaro munosabatlami (baholar, soliqlar, to‘lovlar) takomil- lashtirishga va ulami erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlami hamma bo‘g‘inlarda ishlab chiqib, ulaming hayotga tadbiq etilishini ta’minlashga erishish kerak.


Bu tadbirlar tufayli aholining o2iq-ovqat hamda iste’mol tovarlari bilan tibbiyot me’yorlari darajasida ta‘minlanishiga erishiladi. Bu esa davlatning oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanganligidan dalolat beradi.


Agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorlik darajasini qator ko‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin.
  • Agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti;


  • Agrosanoat majmuasining tarmoqlari bo‘yicha mamlakat eksportidagi, ya’ni valyuta tushumidagi ulushi;


  • Aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlari bilan ta’minlanganlik darajasi.


  • Agrosanoat majmuasi, tarmoqlari va korxonada foydalanilayotgan, sarflanayotgan ishlab chiqarish fondlarining, qilinayotgan xarajatlaming samaradorligi.


  • Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, korxonalarining rentabellik darajasi.




  1. Oziq-ovqat va aholi iste’moli mollari majmuasi. Davlatning oziq-ovqat xavfsizligi

0‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastiabki yillardan boshlab hukumatimiz aholini muntazam ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’mmlashni ijtimoiy siyosatning ustivor vazifalaridan biri qilib belgiladi. Ushbu siyosat izchillik bilan amalga oshirilib va takomillashtirilib borilmoqda. Jumladan, mustaqillikning dastiabki yillarida aholining 8 turdagi zarur mahsulotlar bilan ta’minlanganligi va ushbu mahsulotlar narxlarini nazorat qilib turilganligini misol qihb keltirish mumkin. So‘ngra aholi tomorqa yerlari hajmining kengaytirilishi, chorvachilik komplekslarini xususiylashtirish, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklariga huquqiy maqom berilishi va shu asosda o‘zini-o‘zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ichki siyosatining qo‘llanilishi ham bu sohada amalga oshirilayotgan tadbirlaming nechog‘lik to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi (3.2 - jadval).



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling