Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Download 1.68 Mb.
bet37/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

3.2 - jadval
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi


Mahsulot
turi


O‘lchov
birligi


2000 у


2005 у


2006 у


2007y


2008 у


2009 у


2009
yilda
2000
yilga
nisbatan,
%


Don


kg


159,4


244,7


247,2


247,3


242,4


264,0


104,6


Kartosbka


kg


29,7


35,3


38,5


44,3


51,2


54,4


24,7


Sabzavot


kg


107,3


134,4


162,1


174,6


191,2


203,7


96,4


Mevava
rezavor


kg


32,1


36,3


44,6


47,3


51,4


55,1


23,0


Uzum


kg


25,3


24,5


30,3


32,7


29,0


32,1


6,8


Poliz


kg


18,3


23,5


28,1


31,3


35,9


38,2


19,9


Go‘sht
(tirik
vaznda)


kg


34,1


40,6


43,0


45,0


47,2


48.8


14,7


Sut


kg


147,4


174,1


183,3


189,7


198,7


206.4


59,0


Tuxum


Dona


50,9


75,2


80,3


82,6


88,9


97.0


46,1

Shu bilan bir qatorda milliy oziq-ovqat ta‘minotini belgilovchi kopmleks choralar ishlab chiqish respublika oziq-ovqat mahsulotlari ta‘minotidagi murakkablik va oziq-ovqat mahsulotlarini xorijdan xarid qilishga bog‘liq bo‘lib qolish mumkinligi kabi muammolarga echimlar topish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.


Ularga erishish uchun muhim yo‘nalishlar quyidagicha ifodalanadi:
  • mamlakat va hududiy oziq-ovqat mahsulotlari fondini oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyoning asosiy turlari bilan to‘liq hajmda (ta’minlashni) yo‘lga qo‘yish hamda agrosanoat majmuini eksportga yo'naltirish uchun ishlab chiqarishni yetarli darajada barqaror rivoj- anishini rag‘batlantirish;


  • oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish qobiliyatini oila byudjetidan sarf qilinadigan xarajatlar miqdorini 30-35 foizgacha qisqartirgan holda tibbiy me‘yorlar bo‘yicha (3500 kld/kun) iste’mol qilish darajasigacha ko‘tarish;


  • oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta-tola) eksporti hisobiga yetishmayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo importi uchun zarur valyuta resurslari zahirasini yaratish va uning tarkiblarini takomillashtirish;


  • oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasini barqaror oshirish, import hajmini qisqartirish va import о‘mini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta‘minlovchi tashkiliy- iqtisodiy chora-tadbirlar qabul qilish.


0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqarorligi va kelajakdagi o‘sishi ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jalik xom- ashyosiga talab va taklifiii barqarorlashtirish hamda jahon bozorida faol faoliyatini amalga oshirishga bog‘liq. Bunda davlatning agrar siyosati agrosanoat majmuini jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari quyi majmui tarmoqlarini va mahsulotlaming aniq turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy qo‘llab-quwatlashga qaratilgan choralar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lishi lozim.


Bu siyosatning ustivor vazifasi - mamlakatni ijtimoiy rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishi hamda importni ratsional darajaga qisqartirgan holda agrosanoat majmuini eksportga yo‘naltirish uchun mos ravishda zarur bo‘lgan hajmlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni xom-ashyo bilan ta’minlash bo‘yicha samarali agrosanoat ishlab chiqarishini yaratishdir.
Davlat oziq-ovqat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ustivor vazifasini amalga oshirishda quyidagi vazifalar hal qilinishi lozim:
  • agrosanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning dasturiy-me’yoriy hujjatlarini hamda aniq dasturlami davlat va hududlararo miqyosdagi qisqa va o‘rta muddatli tadbirlarga ajratgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish;


  • oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo resurslarini, tovar ishlab chiqaravchilami iqtisodiy rag‘batlantirish va bozor inirastrukturasini rivojlantirish asosida shakllantirishning samarali mexanizmini joriy qilish, jahon bozorida mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini jadallashtirishni ta’minlash maqsadida tashqi iqtisodiy siyosatni erkin- lashtirish;


  • narxlar va daromadlar mutanosibligi, takomillashgan soliq, kredit, sug‘urta va boshqa omillami ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari o‘rtasidagi nandash munosabatlarini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish, agrosanoat ishlab chiqarishini indiaktiv rejalashtirish va bashorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish;


  • yer-suv munosabatlarmi takomillashtirish, yerdan foydalanishda davlat nazoratini kuchaytirish; yirik tovar ishlab chiqarishning buzilgan quwatlarini tiklash, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarida huquqiy va iqtisodiy tenglikai ta’minlash;


  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishda, agroservis xizmatida, savdo va kreditlashda mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalarning kooperatsiya va integratsiyasini rivojlantirishni rag‘batlantirish;


  • qishloq xo‘jalik mahsulotlalarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlashning samarali, energiya quwatlari va resurslami tejaydigan texnologiyalami keng qo‘llash, agrosanoat majmuini davlat siyosatming yagona ob‘ekti sifatida tashkiliy-huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va ajratish, boshqaruv tizimini takomillashtirish;


  • agrosanoat ishlab chiqarish va ASMni yuritish tizimini rivojlanti- rishning hududiy dasturini ishlab cbiqish va tadbiq qilish asosida oziq- ovqat mahsulotlari muammolarini yechishda hududlarning ahamiyatini kuchaytirish va hokazo.


Islohotlaming navbatdagi bosqichida davlat boshqaruvi turli shakl- lardagi narxlanadigan va narxlanmaydigan usullardan bevosita va bil- vosita foydalangan holda bozor iqtisodiyotini barpo qihsh va rivojlantiiishga yordam ko‘rsatadi, tovar ishlab chiqaruvchilaming bozor sharoitiga ko‘nikishlari va o‘zini-o‘zi boshqarishlari uchun zamin yaratadi.


Mamlakat oziq-ovqat ta‘minotini yaxshilashda dastlabki qadamlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va davlat boshqaruvi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami faollashtirish hisoblanadi.
Bu jarayon bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqa- ruvchilariga bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim, biroq u davlat va mahalliy darajadagi qo‘llab-quwatlashni talab etadi. Birinchi navbatda davlatning ishtiroki ulguiji oziq-ovqat mahsulotlari bozori infratu- zilmalarining kapital sig‘imini yaratishda moliyalashtirish uchun juda zarur: mahsulotlami saqlash bazalari, unga ishlov berish, saralash va tashish, shuningdek, axborotlar bilan ta’minlash shular jumlasidandir.
Respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari darajasini pasaytirish uchun quyidagi choralar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur:
  • oziq-ovqat ta‘minoti Kontseptsiyasini, ichki bozomi mahalliy ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishning respublika va hududiy dasturini ishlab chiqish;


  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarimng o‘sishini ta’minlash va ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish uchun ishlab chiqarish omillaridan (texnologiya, xom-ashyo, materiallar, qishloq xo‘jaligi resurslari) dan foydalanish samaradorligini oshirish choralari;


  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan tarmoqlami ishlab chiqarish-texnologik jihatdan qurollantirishni tezlashtirish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha choralar;


  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarga egalik qilish uchun valyuta bozorlarini shakllantirish asosida mahalliy xom-ashyodan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo'yicha choralar;


  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmui tarmoqlarida bozor va tarkibiy islohotlami chuqurlashtirish bo‘yicha choralar;


  • oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy mahalliy qayta ishlovchi uskuna va texnologiyalami yaratish bo‘yicha choralar va boshqalar.


Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan keng miqyosli iqtisodiy islohotlar agrar sohada tub o‘zgarishlarga olib keldi. Eng awalo, paxta yakkahokimligi barham topdi, agrar ishlab chiqarishni tashkil etishning o‘zbek xalqining mentalitetiga mos va jahonning ilg‘or tajribasiga asoslangan shakllari - dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Mahkamaviy boshqaruv tizimi bartaraf etilib, o‘miga bozor usullari tadbiq etila boshlandi. Bu esa o‘z navbatida qayta ishlovchi tarmoqlami qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi bilan, aholini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la ta’minlashga asos yaratdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi eksport borasida ham yetakchi sohalardan biriga aylandi. Eng asosiysi, qisqa muddatda mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga erishildi,


Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tashkil qilish jarayonida qishloqda xususiy mulkchilik shakllandi. Bundan tashqari, sho'rolar davxida iste’molining 80 foizi import hisobidan ta‘minlab kelingan mamlakatimiz o‘ta qisqa fursat ichida g‘alla mustaqilligiga erisha oldi. Natijada, g‘alla yetishtiriladigan maydonlar salkam ikki baravar yoki 703,6 ming gektarga, sug‘oriladigan yerlarda esa bevosita 2,8 baravar yoki 875,6 ming gektarga oshdi. Paxta ekin maydonlari 268,1 ming gektarga qisqardi. Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarim yetishtirish ilmiy asoslangan parametrlarga yaqinlashtirildi: ekin maydonlari tarkibida g‘alla ekinining ulushi 40,6 foizga, paxta maydonining ulushi esa 43,6 foizga yetkazildi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazkur jarayonni yana davom ettirishni nazarda tutadi. Unga binoan, paxta yetishtiriladigan maydonlar qisqartirilib, boshoqli don ekinlari maydonini qariyb 50 ming gektarga, shuningdek, sabzavot, moyli o‘simliklar va boshqa oziq-ovqat ekinlari maydonini yanada kengaytirish ko‘zda tutiladi.
Demografik jarayonlar hamda yer-suv resurslari taqchilligi yanada murakkablashib borayotgan bir sharoitda, hosildor ekin maydonlari tarkibining bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib o‘zgartirilishi sabzavot, kartoshka mahsulotlari miqdorining ko‘payishi bilan bir qatorda, don va dukkakli o‘simliklar, sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlarining turlari hamda assortimenti kengayishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Mustaqillik sharofati bilan moyli ekinlarga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Ya’ni, paxta yakkahokimligi sharoitida ilgari mamlakatimizda yetishtirilmagan yoki yetarli e’tibor berilmagan kungaboqar, saflor, soya va qand lavlagi kabi moyli ekinlar maydonlari sezilarli darajada ko‘paydi. Ushbu ekinlami qayta ishlovchi maxsus ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.
Erishilgan natijalar raqamlarda ifoda etiladigan bo‘lsa, istiqlol yillarida don mahsulotlarini yetishtirish 5,3 baravar, kartoshka - 2,1 baravar, sabzavot, meva, uzum - 1,2 baravar, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish o‘rtacha 1,2 -1,3 baravarga ko‘paydi.
Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan siyosat natijasida don mahsulotlari importi 2,5 baravarga qisqardi, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish esa o‘rtacha 1,9 baravarga oshdi.
Yurtimiz asrlar davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan nainki o‘zini o‘zi to‘la boqib kelgan, balki qo‘shni davlatlarga eksport ham qilib kelgan. Lekin mustamlaka davrida 0‘zbekiston sobiq tuzum yengil va to‘qimachilik sanoatini arzon va sifatli paxta xom-ashyosi bilan
ta‘minlovchi bazaga aylantirildi. Shu bois, yurtimizga oziq-ovqat mahsulotlarining muayyan qismi boshqa respublikalardan olib kelina boshlandi. 2001 yilga kelib 0‘zbekiston yana don eksport qilish darajasiga yeta oldi.
0‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy eksporti hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 1997 yiida atigi 3,2 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2007 yilda u 8,5 foizga yetdi. Va aksincha, davlatning oziq- ovqat importiga qaramlilik darajasi qisqarishi kuzatilmoqda. Ya’ni 1997 yilda oziq-ovqat mahsulotlari importi 12,5 foizni tashkil etgan bo‘Isa, 2007 yilda mazkur ko‘rsatkich 7,9 foizga tushdi. Bunday natijaga nafaqat meva, sabzavot-poliz, konserva kabi mahsulotlami keng hajmda ishlab chiqarilishi, balki ш-non, go'sht va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga ham erishildi.
Mamlakat agrar sektori ertapishar va kechpishar meva hamda sabzavot, poliz, yong‘oq, pista-bodom kabi mahsulotlami ishlab chiqarishda katta salohiyatga ega. Takliflar ichki talabdan yuqori bo‘lib, eksport hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Shu bois, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish maqsadida dehqon va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olish, ichki va tashqi bozorga olib chiqish va qayta ishlashni qo‘llab quwatlash maqsadida fermerlaming agrofirma kabi ixtiyoriy uyushmalari yana qaytadan tashkil qilindi. Agrofirmalar xorijiy davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qihsh hajmlarining ko‘payishiga muayyan hissa qo‘shmoqda. Masalan, birgina 2007 yilning o‘zida mavjud 195 ta agroflrmanmg 64 tasi yil davomida 6 ming tonnaga yaqin mahsulot eksport qilishga erishdi.
Alohida ta‘kidlash lozimki, 0‘zbekiston nafaqat xo‘jaliklararo va agrosanoat kooperatsiyalari hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlamoqda, balki u hamdo'stlik davlatlari oziq-ovqat bozoriga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Hukumatimiz agrar sohaning barqaror rivojlanishi uchun katta ko‘mak berib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarinmg davlat tomonidan qo ‘ llab-quwatlanishi quyidagilardan iborat: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishcla yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchilar ahamiyatini kuchaytirish; ulaming huquq va majbu- riyatlarini himoya qilish; dehqon va fermer xo‘jaliklariga samarali faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam berish; kichik va xususiy biznesning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash borasida ko‘mak berish;
ulami aholi turmush tarzini oshirish va iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirish; iste’mol bozorlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish va ulguiji savdo tizimini yanada rivojlantirish; mamlakat hududlarida import o‘mini bosuvchi mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jahonda iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozlari tobora chuqurlashayotgan bir davrda mamlakatimizda oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday agrar siyosat mamlakatimiz aholisi turmush darajasining oshishiga xizmat qilyapti.
Kelgusida davlat o‘z aholisini ijtimoiy himoya qilish maqsadida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini nazorat qilishi lozim. Hozirgi vaqtda jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida 40-50 foiz oziq- ovqat mahsulotlarining narxi davlat tomonidan nazorat qilinadi. Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanish darajasi yuqori emasligini hisobga olib, ichki oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tadbirkorlik faoliyatini soliqning ortiqcha yukidan halos etish, imtiyozli kreditlar ajratish, zarur texnologik vositalami olishda yordam ko'rsatish yo‘llari bilan davlat tomonidan qo ‘ llab-quwatlash siyosatini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat va muhokama uchun savollar.
1.0‘zbekiston Respublikasining agrosanoat majmuasini barpo etishning zarurligi va mumkinligmi bayon eting?
  1. Respublika agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari, tarkibi hamda bo‘g‘inlari nimalardan iborat?


  2. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlaming maqsadi va vazifalariga nimalar kiradi?


  3. Respublika agrosanoat majmuasining holati, o‘zgarish va muammolari nimalardan iborat?


  4. Agrosanoat majmuasiga oid chet el tajribalari, ulami mam- lakatitimizda qo‘llash imkoniyatlarini bayon eting?


  5. Respublika agrosanoat majmuasining mamlakat oziq-ovqat va iste’mol majmuasi bilan bog‘liqligi nimalardan iborat?


  6. Oziq-ovqat xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?


  7. Mamlakat agrosanoat majmuasini istiqbolda bozor talablarini e’tiborga olgan holda rivojlantirish yo‘llarini bayon eting.





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling