Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Bob. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qishloq xo‘jaligida davlat rahbarligi va amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar


Download 1.68 Mb.
bet39/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Bob. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qishloq xo‘jaligida davlat rahbarligi va amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar

0‘quv maqsadi: Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot va erkin bozor iqtisodiyoti, uning mazmun-mohiyatini, davlatning agrar siyosat yo‘nalishlarini, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar tizimini va uning huquqiy asoslarini, tarmoqdagi agrar-iqtisodiy islohotlami amalga oshirishdagi asosiy tamoyillami, qishloq xo‘jaligida agrar islohotlaming mazmuni va ulaming natijalarini, islohotlar davrida tashkiliy va tarkibiy o‘zgarishlaming mazmunini, agrar-iqtisodiy islohotlami yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish hamda takomillashtirishmasalalarini o‘rgatishdan iborat.
Tayanch iboralar: Rejali iqtisodiyot, erkin bozor iqtisodiyoti, agrar siyosat, agrar-iqtisodiy islohotlar, yer, mulk, baho, soliq, moliya va kredit islohotlari, mulkdorlar sinfi, davlat buyurtmasi, dotatsiya va subsidiya.


  1. Qishloq xo‘jaligida davlat rahbarligi. Erkin bozor iqtisodiyotida, uning mazmun va mohiyati

Qishloq xo‘jaligi respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Chunki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarida istiqomat qiladi, yalpi ichki mahsulotning 19,4 foizi, valyuta tushumlarining yarmidan ko‘prog‘i ichki tovar aylanmasining asosiy qismi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.


Shu bilan birga, agrar sohani isloh qilish jarayonida yuzaga keladigan qator muammolar qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ко‘rsatadi. Yer, suv va mehnat resurslaridan unumli foydalanishda samaradorlikning pastligi, qishloqda tez sur‘atlarda o‘sib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashning talab darajasida emasligi, qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining bozor sharoitlariga moslashish jarayonlari sust kechayotganligi ana shunday muammolar jumlasidandir.
Agrar sohada ushbu muammolami muvafFaqiyatli hal etish ko‘p jihatdan mulkchilik munosabatlarini samarali boshqarish, ulami maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish bilan bog‘liq. Prezidentimiz I. A. Karimov ta‘kidlaganlaridek, "Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining

samarasini oshirish, mulkchilik munosabatlari va shakllarini tubdan isloh qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash, qishloq- larimizni obod etish asosida qishloq xo'jaligi aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalari doimiy e’tibor markazimizda turishi shart"3. Shu sababli, qishloqda mulkiy munosabatlarni takomillashtirish va hududiy mulkdorlar sinfini shakllantirish sohasidagi muammolar yuzasidan ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, amaliy takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish o‘ta muhimdir.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida qishloq xo‘jaligida haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaruriyati va agrar sohani isloh qilish bilan bog‘liq muammolami hal etish respublikamiz iqtisodiyoti uchun nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligida mulkiy munosabatlarni rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil etilgan bo‘lsa-da, lekin yangi iqtisodiy tizim sharoitida, iqtisodiyotni erkinlashtirish davrida mulkiy munosabatlarni tizimli o‘rganish, shakllanayotgan yangi mulk va xo‘jalik yuritish shakllarining mohiyati va mazmuni, ulaming xo‘jalik mexanizmini samarali boshqarish bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borilmagan. ,
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mulkiy munosabatlaming iqtisodiy mazmuni jamiyat iqtisodiy tizimida mulklami kim oshdi savdolariga qo‘yish kabi shakl va usullar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar tahlili ko‘rsatishicha, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida institutsional o‘zgarishlami amalga oshirish bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish birgalikda yuz beradi.
Mulkchilik munosabatlarini isloh qilish borasida barcha hamdo‘stlik mamlakatlarining iqtisodiyoti uchun quyidagi umumiy qonuniyatlar xosdir:
  • ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi o‘miga turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllarini vujudga keltirish;


  • iqtisodiyotni erkinlashtirish;


  • har bir mamlakat oldida turgan bozor iqtisodiyoti uchun xos bolgan vazifalar va ijtimoiy siyosatdan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotda


tuzilmaviy o'zgarishlar qilish;


  • ilg‘or texnika va texnologiyalami joriy etishni rag‘batlantirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;


  • makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;


  • bozor iqtisodiyoti talablariga mos tarzda moliya-kredit va byudjet tizimini isloh etish;


  • milliy valyuta qadrini mustahkamlash va lining erkin konver- tatsiyalanishini ta’minlash.


Yuqoridagi qonuniyatlar har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni isloh etish borasida har bir mamlakatning o‘ziga xos bolgan jihatlari mavjudligini e’tiborga olish lozim. Mazkur xususiyatlar aynan, islohot modellarida o‘z ifodasini topadi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiyotni isloh qilishning uch modeli xosdir. Qirg‘iziston Respublikasida iqtisodiyotni isloh etishning radikal (shok- falaj), Qozog‘iston Respublikasida mo‘tadil-radikal modeli qo‘lla- nilayotgan bo‘lsa, 0‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh etishning bosqichma- bosqich modelidan foydalanilgan holda, islohotlar amalga oshirilmoqda4.


0‘zbekistonda jahonning ilg‘or tajribasi va boshqa hamdo‘stlik mamlakatlari amaliyoti umumlashtirilib, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy rivojlanish xususiyatlari sohasida tubdan o‘zgarishlami amalga oshirish borasidagi o‘z modeli ishlab chiqildi. U haqli ravishda iqtisodiyotni isloh etishning "o‘zbek modeli" nomini oldi. Bu modelning o‘ziga xos tomoni shundaki, u bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlaydi. Iqtisodiyotni isloh etishning "o‘zbek modeli" mohiyati va rmzmuni 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon etilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyilida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Bugungi kunda ushbu tamoyillar asosida o‘tish davrida iqtisodiyotni isloh etish borasida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning bosqichma-bosqichlilik tamoyili - iqtisodiyotni isloh etishning "o‘zbek modeli" uchun xos bo‘lgan jihatlardan biridir. Bu haqda Prezident I.A. Karimovning "0‘zbekiston: iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yolida" asarida quyidagilar ta‘kidlanadi: "Bizning bozor islohotlarini amalga oshirish dasturimiz ustuvor vazifalami bosqichma-bosqich hal qilishga asoslanadi".5
Davlatimiz rahbarining yana bir boshqa asarida esa: "Biz iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning barcha inqilobiy usullaridan butunlay voz kechamiz. Biz iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning evolyutsion yo‘lidan boramiz"6, deya ta‘kidlanadi.
Iqtisodiyotni isloh etishda "o‘zbek modeli" ning boshqa muhim xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
  • xususiylashtirishning to‘lovli tavsifga egaekanligi;


  • xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar esa, tadbirkorlikni qollab- quwatlash, xususiylashtirilgan korxonalami rivojlantirish uchun sarflanadi;


  • xususiylashtirishning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi;


  • xususiylashtirish jarayonlarida aholini ijtimoiy himoyalash.


Hamdo‘stlik davlatlari orasida, faqatgina mamlakatimizda ishlab


chiqarish sur‘atlarining nisbatan past darajaga tushib ketganligi (1995 yilda YAIM 1990 yilga nisbatan 81,7 % ni tashkil etgan bir davrda, bu ko‘rsatkich hamdo‘stlik davlatlari bo‘yicha 57,4 % ni, Rossiyada esa, 63,1 % ni tashkil etdi), 2002 yilda hamdo‘stlik mamlakatlarida YAIM hajmi 1990 yilga nisbatan 69,1 foizni tashkil etgan bir chog‘da, bu davlatlar o‘rtasida 0‘zbekistonda birinchi bo‘lib, YAIM hajmining 1990 yilga nisbatan 6,8 foizga o‘sishi kuzatilganligi iqtisodiyotni isloh etishning o‘zbek modeli samaradorligini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
0‘zbekistonda nodavlat mulk shakllarini rivojlantirish quyidagi ikki usul orqali amalga oshirilmoqda:
  1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.


  2. Huquqiy va jismoniy shaxslar bilan nodavlat korxonalar tashkil etish.


Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish jarayonida birinchi usulga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Awal ta‘kidlab o‘tganimizdek, mamlakatimizda mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning muhim jihati uni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligidadir.


Qishloq xo‘jaligining tarmoq tuzilmasi va uning ekin maydonlarida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. 1998 yilda paxta ekin maydonlari 13 % ga, 2001 yilda 22 % ga qisqardi, boshoqli don ekin maydonlari esa, 70 % ga oshdi.(4.1 -jadval)
2006 yilda paxta ekinlari ekiladigan maydonlar 40,7 % ni tashkil etganligi, paxta yakka hokimhgidan voz keehishdagi ijobiy siljishdan dalolat beradi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling