Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


()‘zbekistonda yer islohoti natijasida quyidagOarga erishildi


Download 1.68 Mb.
bet41/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

()‘zbekistonda yer islohoti natijasida quyidagOarga erishildi:
  • 2004 yildan boshlab barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli joriy qilindi;


  • Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga yer uchastkalari faqat tuman hokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo'yildi;


  • Yer uchastkalari ijaraga 30 yildan 50 yil muddatgacha berilishi qonuniy belgilab qo‘yildi;


  • Yer uchastkalaridan foydalanish huquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi;


  • 0‘z mablag‘i hisobidan yer maydonlarini o‘zlashtirishni rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.


Yer islohotlarini bosqichma-bosqich olib borish, birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlarga tegishlidir. Shu sababli, yerdan foydalanuvchilami kerakli suv bilan ta’minlash, yerlami ajratish mexanizmini ishlab chiqish masalasi yuzaga keladi. Awal suv xo‘jaligi korxona byudjeti tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, endi bozor munosabatlari sharoitida suv uzatish va gidromeliorativ tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun pul to‘lash kerak bo‘ladi. Yer munosabatlarini isloh qihsh, o‘z navbatida, suv xo'jaligi tizimida ham islohotlar o‘tkazish zarurligini yuzaga keltirdi.


0‘zbekistonda suvdan foydalanish islohoti natijasida quyidagi chora- tadbirlar amalga oshirildi:
  • Irrigatsiya tizimlarini boshqarish ma‘muriy-hududiy printsipdan havzaprintsipiga o‘tkazildi;


  • Respublika bo‘yicha 10 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va bitta Farg‘ona vodiysi bo‘yicha birlashtirilgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan magistral kanallari tizimi boshqarmasi tashkil etildi;


  • Fenner xo‘jaliklariga suvdan foydalanishni samarali yo‘lga qo‘yish va bu borada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida suvdan foydalanuvchilar uyushmalari tashkil etildi;




  • Moliya vazirligi tasarrufida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatlarini yaxshilash bo‘yicha alohida maxsus jamg‘arma tashkil qilindi. (0‘zbekiston Respublikasi Prezidentinmg 2007 yil 31 oktyabrdagi 718- sonli qarori. 2008-2012 yillarda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturini amalga oshirish boshlandi. Dastur doirasida 2008yilga 75 mlrd. so‘m ajratilgan bo ‘Isa, 2012yilgacha 604 mlrd. 663 mln. so ‘m ajratilishi ко ‘zda tutilgan).
  • Moliya vazirligi qoshida “0‘zmeliomashlizing” davlat lizing kom- paniyasi tashkil qilindi (0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining 2007yil 21 dekabrdagi 266-sonli qarori).


Bizning fikrimizcha, bu jarayon quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi kerak:


  • suvdan pulli tartibda foydalanishni joriy qilish;


  • bozor munosabatlari asosida suv xo‘jaligini boshqarish va gidromeliorativ tizimlar faoliyatini takomillashtirish;


  • yer-suv resurslaridan foydalanishni optimallashtirish bo‘yicha tashkiliy-xo‘jalik tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida rivojlanayotgan xo‘jalik yuritish va mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, qishloq xo‘jaligidagi tovar ishlab chiqa- ruvchilami suv bilan ta’minlash va meliorativ xizmat ko‘rsatadigan yangi tashkiliy tuzilmalami tashkil qilishni talab qiladi.


0‘zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘ri- sidagi" qonuniga asosan, suv davlat mulki, umummilliy boylikdir. Undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan himoya qilinadi.


Suv jamlanmasiga tegishli yerlar, xo‘jaliklararo inshootlar va kanallar, yer osti suvlarini chiqaruvchi qurilmalar mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, yagona suv xo‘jaligi tizimi sifatida ishlatiladi va ular xususiylashtirilmaydi.
Suv resurslarini himoya qilish, ulardan oqilona foydalanishning yagona siyosatini olib borish 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradi. U vazirliklar, muassasalar va huquqiy shaxslaming faoliyatini muvofiqlashtiradi, suv majmuasini tashkil qilish va undan foydalanish tartibini belgilaydi, suvdan foydalanish me’yorlarini va limitlarini tasdiqlaydi.
0‘zbekiston sharoitida yer munosabatlarini takomillashtirishda yer umummilliy boylik ekanligini e’tiborga olish lozim. Yer munosabatlari doirasida belgilanadigan va joriy etiladigan me’yoriy hujjatlar bozor iqtisodiyotiga bosqichraa-bosqich o‘tish jarayonida yerdan foyda- lanuvchilaming mustaqil va erkin xo‘jalik yuritishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilishi yo‘nalishiga mos ravishda takomillashtirilib borilishi kerak. Qabul qilingan shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi qonunlar va "Yer kodeksi" da yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan shartlar to‘liq hisobga olingan.
Fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi jarayonini tahlil qilar ekanmiz, shuni ta‘kidlash lozimki, 1992-1998 yillar mobaynida fermer xo‘jaliklari ikki toifaga: mustaqil va ichki dehqon va fermer xo‘jaliklariga bo‘lingan holda o‘rganib kelindi.
Faqat 1998 yil 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiya- sida "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi va "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunlaming qabul qilinishi bu masalaga aniqlik kiritdi. Bugungi kunda xo‘jalik yuritishning har ikkala shakli ham huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, to‘laqonli bozor sub‘ekti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida" gi Farmoniga muvofiq, fermer xo‘jaliklari tuzish vaular faoliyatini tashkil etishning chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Agrar sohada istiqbolda belgilangan vazifalami amalga oshirish uchun 0‘zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Qishloq xo‘jaligini 2007-2011 yillarda hududiy rivojlan- tirishning kompleks strategiyasini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturi" ni qabul qildi. Bu qabul qilingan davlat dasturida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Dasturda qishloq xo‘jaligini 2007-2011 yillarda barqaror rivojlanishi uchun quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni izchil amalga oshirish rejalashtirilgan.
  • agrar sohada mulk va xo'jalik yuritish shakllarini yana- da rivojlantirish;


  • yer resurslaridan samarali foydalanish;


  • suv ta‘minoti tizimlarini takomillashtirish va suv resurslaridan samarali foydalanish;


  • dehqonchilik ekinlari tarkibini takomillashtirish, uning hosil- dorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;


  • chorvachilikni kompleks rivojlantirish.





Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling